“PEDAGOGS”
international research journal ISSN:
2181-4027
_SJIF:
4.995
www.pedagoglar.uz
Volume-25, Issue-2, January - 2023
104
MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTLARIDA RIVOJLANISH
MARKAZLARI
Xoʻjayeva Nozima Qadamboyevna
Urganch Davlat Universiteti. Pedagogika fakulteti
Maktabgacha taʼlim yoʻnalishi talabasi.
Annotatsiya:
Ushbu maqolada, maktabgacha ta’lim
tashkilotlarida rivojlanish
markazlarining rivojlanishi, qanchalik e’tiborga molik
va muhim ahamiyatga ega
ekanligi haqida ma’lumotlar berib o’tilgan.
Kalit so’zlar:
tematik vazifa, reja, didaktik material, o’yin uskuna,
qurilish,
syujetli o’yinlar, til, nutq, san’at.
Annotation:
In this article, the development of development centers in pre-school
educational organizations is given information about how significant and important it
is.
Keywords:
thematic task, plan, didactic material, game equipment, construction,
plot games, language, speech, art.
Аннотация:
В данной статье развитию центров развития в дошкольных
образовательных организациях дана информация о том, насколько оно значимо
и важно.
Ключевые слова:
тематическое задание, план,
дидактический материал,
игровой инвентарь, построение, сюжетные игры, язык, речь, искусство.
O‘zbekiston
Respublikasi
Prezidenti
Sh.M.Mirziyoyev
“Zamonaviy
maktabgacha ta’lim sog‘lom va barkamol avlodni voyaga yetkazishda muhim
o‘rin tutadi”
deya ta’kidlaydi.
Respublika Prezidentining 2017-yil 30-sentabrdagi PQ-3305-son «O’zbekiston
Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi faoliyatini tashkil etish to’g’risida-
gi qarori hamda,
2016-yil
29-dekabrdagi
PQ-2707-son
«2017-2021-yillarda
maktabgacha ta’lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida-
gi qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 21-noyabrdagi 929-son
«O’zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi to’g’risidagi
nizomi
maktabgacha ta’limga bolalarni sifatli tayyorlash, maktabgacha ta’lim tashkilotlarida
moddiy texnika bazasini mustahkamlash, maktabgacha ta’lim tashkilotlarining davlat
va nodavlat tarmog’ini kengaytirish va shu orqali maktabgacha ta’limga bola
qamrovini oshirish va sohaga ilg’or xorij tajribalarini tadbiq qilish imkononi
beradi. Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ta’lim-tarbiya jarayoni ilk va maktabgacha