|
Weather Project
|
bet | 2/7 | Sana | 13.05.2024 | Hajmi | 0,96 Mb. | | #228848 |
Bog'liq Xurmat Individual loyiha KIRISH
Hozirgi kunda internet, juda katta tezlikda rivojlanib ketmoqda. Shu bilan birga internetga oid har xil terminlar ko‘paymoqda. Misol uchun, sayt, portal, web sahifa, web server va hokazo. Bu terminlarni o‘rganish, hozirgi zamon uchun muhim hisoblanmoqda. Biror inson bilan internet haqida gaplashilsa, bu terminlarni bilmaslik, boshqa tildagi inson bilan gaplashganday bo‘ladi va uni tushunmaydi. Biror bir internet saytga kirish uchun, brauzerga manzil yozilsa, brauzer shu sayt joylashgan kompyuterga, saytdagi ma’lumotlarni ko‘rsatish haqida so‘rov jo‘natadi, kompyuter oddiy temir bo‘lgani uchun bu so‘rovni tushunmaydi. Shuning uchun, ya’ni bu so‘rovni tushunishi uchun, kompyuterga dastur o‘rnatiladi. Mana shu dastur web dastur deyiladi. Bu kompyuter esa, web serverga aylanadi. Hozirda web dastur deyilmasdan, umumiy holda web-server deyilmoqda. Demak, web-server—foydalanuvchidan kelayotgan so‘rovlarni qabul qilib, tegishli javobni jo‘natadigan dasturdir. Foydalanuvchi sifatida web-brauzer (http, https protokoli orqali), mobil telefon(wap protokoli orqali), ba’zi dasturlar(antiviruslar) bo‘lishi mumkin. Web server orqali butun sayt boshqariladi, ya’ni sayt kataloglariga ruxsatlarni beradi, xavfsizlik jihatidan IP manzillarni blokka oladi, foydalanuvchilarni ro‘yxatdan o‘tkazish va boshqa ko‘plab ishlarni amalga oshiradi. Web serverni har kim o‘z uyida yaratishi mumkin. Buning uchun bitta kompyuter ajratib, unga biror web dastur o‘rnatiladi va bu dasturni yaxshilab sozlash kerak bo‘ladi. So‘ng saytini shu serverga joylashtiriladi va biror domen sotib olinadi. Bundan kelib chiqadiki, sayting ishlashi uchun ajratgan kompyuter doim yoqilgan holatda bo‘lishi kerak va statik IP (Internet Protokol) manzilga ega bo‘lishi lozim. Web serverga o‘rnatiladigan web dastur turlari ko‘pdir. Eng zamonaviy va eng ommabop dastur bu–albatta "Apache" dir. Apache Software Foundation korxonasi tomonidan ishlab chiqarilgan. Quyida ba’zi bir web serverlarni nomlari keltiriladi: Apache–Apache Software Foundation. IIS–Microsoft mahsuloti hisoblanadi. Server operatsion tizimlariga o‘rnatilgan (Windows Server 2003, Windows Server 2008). Nginx–ochiq web server. Katta hajmdagi saytlar uchun.
Lighttpd–ochiq web server.
Google Web Server–Google tomonidan ishlab chiqilgan web server.
Cherokee–web interfeys orqali boshqariladi.
Rootage–Java tilida yozilgan web server.
THTTPD–oddiy, kichik hajmdagi, tez va xavfsiz web server.
|
| |