Ushbu individual loyiha JavaScriptda ob-havo ilovasini ishlab chiqishga qaratilgan
Ushbu masalani hal qilishda quyidagi vazifalarni hal qilish kerak bo’ladi:
Mavzuga oid adabiyotlarni to‘plash va tahlil qilish;
Frontend va backend texnologiyalar;
JavaScript haqida ma’lumot;
API haqida ma’lumot
Ob-havo ni aniqlab beruvchi web sayt yaratish dasturlarini o‘rganish;
Frontend va backend texnologiyalar FrontEnd texnologiyalariga HTML, CSS, JavaScript va uning frameworklari JQuery, Nodejs, angularJs va boshqalar kiradi. Frontend dasturlash mijoz tomonidan dasturlash hisoblanadi. Barcha jarayonlar mijozning qurilmasida kechadi. Backend texnologiyalariga PHP, Python, Go, Java, Scala, C#, JavScript, Ruby va boshqalar kiradi. Bu texnologiyalar yordamida Server tomonidan dasturlashni amalga oshirish mumkin. Bunda mijoz so‘rovlariga javob berish, ma’lumotlarni qayta ishlash, saralash, yozish, yangilash va o‘chirish kabi amallarni bajarish mumkin bo‘ladi. Backend dasturlash tillarini o‘rganish uchun matematika, fizika va logikani bilish talab etiladi.
1980-yilda fizik olim Tim Berners Li CERN tadqiqotchilari uchun hujjatlarni ishlatish va almashish uchun mo‘ljallangan INQUIRE tizimini taklif qildi va prototipini yaratdi. Shundan so‘ng, u 1989-yilda internetga asoslangan gipermatnli tizimni taklif qildi. HTML tili internetda birinchi bo‘lib 1991-yilda Tim Berners Li tomonidan tilga olingan. Bu til HTMLning soda, boshlang‘ich dizayni bo‘lib 18 ta tegni o‘z ichiga olgan. Ushbu teglarning 11 tasi HTML-4 da haligacha ishlatiladi. HTML 2 1995-yil 24-noyabrda yaratilgan. HTML2 ga qo‘shimcha imkoniyatlar qo‘shilgan. HTML 3 1997-yil 14-yanvarda W3C tomonidan ishlab chiqilgan va standartlashtirilgan birinchi versiya edi. HTML 4 1997-yil 18-dekabrda W3C tomonidan yaratilgan. Dastlab HTML 4.0 brauzerga xos ko‘plab teglar va atributlarini qabul qilish bilan bir qatorda, eskirgan teglarni bosqichma-bosqich bekor qilishga intildi. HTML 4 2000-yil mayda ISO / IEC 15445: 2000 xalqaro standarti sifatida nashr etilgan. ISO da ushbu standart hujjatlarni tavsiflash va qayta ishlash tillari sifatida kiritildi. HTML 4.01-dan so‘ng, ko‘p yillar davomida HTML-ning yangi versiyasi yaratilmadi. HTML 5. 2014-yil 28-oktabrda W3C tavsiyasi sifatida HTML 4 ga qo‘shimcha o‘zgarishlar kiritilgan va HTML 5 sifatida yaratilgan. Unga ko‘ra, multimedia va grafik teglar