ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES
VOLUME 2 | ISSUE 9 | 2021
ISSN: 2181-1385
Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723
Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89
DOI: 10.24412/2181-1385-2021-9-596-612
Academic Research, Uzbekistan 596 www.ares.uz
3D MODELLASHTIRISH FANIDA MONITOR QURILMASINI AUTODESK
3DS MAX 2009 DASTURI YORDAMIDA TAYYORLASHNING AMALIY
BOSQICHLARI
X. D. Yuldashev
Andijon davlat universiteti tayanch doktoranti
O. M. Raxmonov
Kompyuter injiniringi kafedrasi o„qituvchisi
ANNOTATSIYA
Ushbu maqolada 3d modellashtirish va kompyuter
grafikasi fanlarida
o„tiladigan 3ds max dasturida oddiy primitiv ya‟ni Box (Parallelepiped) primitivi
yordamida monitor qurilmasini tayyorlash bosqichini amaliy mashg„ulot-lar bo„yicha
ko„rsatma va tavsiyalar kelririlgan.
Kalit so‘zlar: Autodesk 3ds Max 2009 dasturi,
primitivlar,
Editable Poly,
Vertex - nuqtalar, Edge - qovurg„alar, Border - qirg„og„i, Polygon - yuzasi, Element -
qismi, uskunalar paneli (Main Toolbar), Renderlash.
KIRISH
3D-modellashtirish o„zida maxsuslashtirilgan dasturiy ta‟minotdan foyda-lanib,
3D-model (yoki uch o„lchovli obyekt ko„rinishidagi karkas model)
ishlab chiqish
tartibini ifodalaydi. Uch o„lchovli model chiziqlar va egri sirtlar bilan o„zaro
bog„langan ko„pgina nuqtalar yordamida yaratiladi. Uch o„lchovli
modellashtirish
qo„llaniladigan sohalar doimo kengayib bormoqda.
ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA
Shu sababli ham foydalanuvchilarni ushbu dastur qiziqtirb keladi.
Ushbu
maqolada Autodesk 3ds Max 2009 deb ataladigan mashhur 3D
muharriri yordamida
monitor qurilmasini tayyorlashning amaliy bosqichlari keltirilgan.
Dastlab Autodesk 3ds Max 2009
dasturini ishga tushiramiz, so„ng Top
(Yuqori) proyeksiya oynasidan rasmda ko„rsatilgandek
parametrlarga ega Box
(Parallelepiped) obyektini hosil qilamiz.