X. K. Aripov, A. M. Abdullaev, N. B. Alimova




Download 0,93 Mb.
bet17/58
Sana17.05.2024
Hajmi0,93 Mb.
#239775
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   58
Bog'liq
X. K. Aripov, A. M. Abdullaev, N. B. Alimova

3.2. Stabilitronlar


Stabilitron - yarim o‘tkazgichli diod bo‘lib, uning ishlash prinsipi r-n o‘tishga teskari kuchlanish berilganda elektr teshilish sohasida tokning keskin ortishi kuchlanishning uncha katta bo‘lmagan o‘zgarishiga olib kelishiga asoslangan. Stabilitronning shartli belgisi 3.1.b –rasmda keltirilgan. Stabilitron sxemalarda kuchlanishni barqarorlash uchun ishlatiladi.
Stabilitronning asosiy parametri bo‘lib, tokning IST.min dan IST.max gacha keng o‘zgarish oralig‘ida barqarorlash kuchlanishi UST hisoblanadi (3.1 a- rasm).
Stabilitron VAX sidagi ishchi soha elektr teshilish sohasida joylashadi. Barqarorlash kuchlanishi diod bazasidagi kiritma konsentratsiyasi bilan aniqlanadigan r-n o‘tishga bog‘liq. Agar yuqori konsentratsiyaga ega bo‘lgan yarim o‘tkazgich qo‘llanilsa, u holda r-n o‘tish tor bo‘ladi va tunnel teshilish kuzatiladi. UST ishchi kuchlanishi 3-4 V dan oshmaydi.
Yuqori voltli stabilitronlar keng r-n o‘tishga ega bo‘lishi kerak, shuning uchun ular kuchsiz legirlangan kremniy asosida yasaladilar. Ularda ko‘chkisimon teshilish sodir bo‘ladi, barqarorlash kuchlanishi esa 7 V dan ortmaydi. UST 3 dan 7 V gacha bo‘lgan oraliqda teshilishning ikkala mexanizmi ishlaydi. Sanoatda barqarorlash kuchlanishi 3 dan 400 V gacha bo‘lgan stabilitronlar ishlab chiqariladi.



3.1 - rasm


Stabilitronning elektr teshilish sohasidagi differensial qarshiligi rD barqarorlash darajasini xarakterlaydi. Bu qarshilik qiymati dioddagi kichik kuchlanish o‘zgarishi qiymatining diod toki o‘zgarishiga nisbati bilan aniqlanadi (3.1 a- rasm). rD qiymati qancha kichik bo‘lsa, barqarorlash shuncha yaxshi bo‘ladi.



Stabilitronning asosiy parametri bo‘lib barqarorlash kuchlanishining temperatura koeffitsienti (KTK) hisoblanadi. KTK – bu temperatura bir gradusga o‘zgarganda barqarorlash kuchlanishining nisbiy o‘zgarishi. Ko‘chkisimon teshilish kuzatiladigan kichik voltli stabilitronlar odatda musbat KTKga ega. KTK qiymati odatda 0,2 -0,4 % /grad dan oshmaydi.



Download 0,93 Mb.
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   58




Download 0,93 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



X. K. Aripov, A. M. Abdullaev, N. B. Alimova

Download 0,93 Mb.