8.1. MathCAD haqida umumiy ma’lumot. MathCAD bilan
tanishuv
MathCAD
matematik redaktor boiib, u elementar matematikadan
boshlab, to murakkab sonli-raqamli metodlargacha bo‘lgan turli ilmiy va
muhandislik hisoblarini bajarish imkonini beradi. Dasturiy ta’minot tasnifi
nuqtayi-nazaridan MathCAD paketi - bu PSE-ilovalar sinfming
namunaviy vakilidir. MathCADdan foydalanuvchilar - talabalar, olimlar,
muhandislar, har xil sohalardagi texnikaviy mutaxassislar va matematik
hisoblarni bajaruvchilardir. Qo‘llash osonligi, matematik amallaming
ko'rgazmaliligi hamda natijalami tadqiq etishning ajoyib apparati (har xil
turdagi grafiklar, chop qilinadigan hujjatlami tayyorlovchi keng
imkoniyatli vositalar va Web-sahifalar) tufayli MathCAD eng keng
tarqalgan matematik ilova boiib qoldi.