KIRISH
Darslikda “Kompyuterli loyihalash” fani bo‘yicha loyihalash
jarayonlarining
obyektlari, bosqichlari va strukturasini; loyihalash
jarayonlarini avtomatlashtirish metodlarini hamda kompyuterli loyihalash
strukturasi
va
ta’minoti;
kompyuterli
loyihalashni
texnikaviy,
umumtizimli, dasturiy va lingvistik ta’minlashni tanlash; loyihalash metodi
va kompyuterli loyihalashni zaruriy, amaliy, dasturiy,
informatsion va
dialogli ta’minlash masalalari ko‘rib chiqilgan.
Xalqaro raqobat, tajribali mutaxassislar sonining tobora ortib borislii
va sifatga qo‘yiladigan talablaming ortishi korxonalar rahbarlarini
loyihalash va ishlab chiqarishni avtomatlashtirishga majbur qilmoqda.
Buning natijasida texnikaviy oliy ta’lim muassasalarining professor-
o ‘qituvchilari loyihalashga taalluqli bo‘lgan o‘quv fanlari dasturlarining
mazmimini zamonaviylashtirishga bo‘lgan ehtiyojni sezishmoqda. Bimdan
maqsad - talabalami kompyuterli loyihalashdan
samarali foydalanishga
o‘rgatish va ularda bu tizimlar asosida yotgan asosiy prinsiplar haqida
tasaw ur hosil qilish, natijada kompyuterli loyihalashdan samarali
foydalanish
bo‘yicha
ularda
amaliy
malaka
va
ko‘nikmalami
shakllantirishdir.
Mavjud darslik va o'quv qo‘llanmalarda kompyuter dasturlari va
vositalaridan foydalanish alohida-alohida bayon qilingan,
masalalarning
hammasi bir butunlikda qamrab olinmagan. Ushbu darslikda loyihalashda
kompyuter imkoniyatlaridan tizimiy foydalanish masalalari: kompyuterli
loyihalashning material va dasturaviy ta’minoti, kompyuterli loyihalash
ta’minoti turlarining komponentlari, kompyuterli loyihalashning texnik
vositalari, kompyuterli loyihalashning dasturiy ta’minoti, kompyuterli
loyihalash (AutoCAD/Kompas), uch oichamli modellash, MathCAD
haqida umumiy ma’lumotlar, MathCADda algebraik hisoblashlar,
MathCADda
differensiallash,
MathCADda
integrallash
-
uzviy
bog'lanishda bir butunlikda ко‘rib chiqilgan; “Kompyuterli loyihalash”
fanidan o‘zbek tilida (lotin imlosida) darsliklar yozilmagan, mavjud o‘quv
qo‘llanmalar faqat ushbu darslik mualliflari tomonidan yozilgan.
4