Kompyuterli
loyihalashda
texnikaviy
vositalar funksiyalarini
bajarishini boshqaruvchi monitor tizimlari. Monitor tizimlarining asosiy
funksiyalari:
- talab qilinadigan va mavjud resurslar masalalari paketini nazorat
qiluvchi topshiriqiar ustuvorligi va navbat nomeri o‘matilgan holda
ma’lumotlar bazasiga kirish huquqini shakllantirish;
- topshiriqiar va masalalami boshqarish tillarming yo'riqlariga
ishlov berish hamda uzilishlarga boshqarishni ilib olib, uzilish sababini
tahlil qilish va uni loyihalovchiga tushunarli atamalarda izohlab reaksiya
(sezib ta’sir) qilish;
- nimtizimlar parallel ishlagan sharoitlarda dialogli va interaktiv-
grafik hamrohligini tashkil qiluvchi masalalar oqimiga xizmat ko‘rsatish;
- avtomatik rejimlarda loyihalash operatsiyalarining bajarilishi
sifatini tahlil qilgan, bosqich yoki marshrutning davom etishi mezonlari
tekshirilgan, marshrutning alternativ qaytarilishi variantlarini tanlagan
holda loyihalashni boshqarish;
- tizimni ekspluatatsiya qilish statistikasini olib borish va
optimallashtirish;
- topshiriqiar, masalalar va nimtizimlar, rejali topshiriqiar va joriy
ko'rsatmalar va so'rovlar ustuvorligini hisobga olgan holda kompyuterli
loyihalash resurslarini taqsimlash;
- resurslar va ma’lumotlami ruxsat etilmagan kirishdan va nazarda
tutilmagan ta’sirlardan himoya qilish.