olinishi kerak bo‘lgan obyekt qismining yagona informatsion modeli
mavjudligi bilan ta’minlanadi.
Amaliy
masalalarda
loyihalanadigan
obyekt
modellarini
shakllantirish va ulardan foydalanish kompyuterli loyihalash vositalari
kompleksi (KLVK) bilan amalga oshiriladi.
KLVK tizimining strukturaviy qismlari bo‘lib turli vositalar
komplekslari hamda tashkiliy ta’minlash komponentlari xizmat qiladi.
Vositalar kompleksi - kompyuterli loyihalashning mos loyihalovchi va
(yoki) xizmat ko‘rsatuvchi nimtizimlaridan foydalaniladigan, tirajlash
uchun mo'ljallangan va ma’lum klass (tur, turkum) obyektlarini
loyihalashga yo‘nalgan va (yoki) unifikatsiyalashgan protseduralami
bajarishga mo‘ljallangan komponentlar va (yoki) vositalar kompleksi
majmuidir.
Vositalar kompleksi tayyorlanadigan, tirajlanadigan va kompyuterli
loyihalash tarkibida qo‘llaniladigan sanoat buyumlariga kiradi va
spetsifikatsiyalanadigan buyumlar kabi hujjatlantiriladi.