Xakimov jamshid oktyamovich kompyuterli loyihalash




Download 6,54 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/206
Sana19.02.2024
Hajmi6,54 Mb.
#158935
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   206
Bog'liq
Kompyuterli Loyihalash

Kompyuterli loyihalashda informatsion-qidiruv tizimlar (IQT) 
quyidagi funksiyalami bajaradi:
- informatsion fond (infoteka)ni ma’lumotlar bilan to‘ldirish;
- raqamli ma’lumotlarga ariftnetik ishlov berish va matnlarga leksik 
ishlov berish;
- informatsion so‘rovlarga zarur bo‘lgan ma’lumotlami qidirish 
maqsadida ishlov berish;
- chiquvchi ma’lumotlarga ishlov berish va chiquvchi hujjatlami 
shakllantirish. IQTning xususiyati shundaki, ularga kelgan so‘rovlar 
dasturiy yo‘l bilan emas, balki bevosita foydalanuvchi tomonidan 
shakllantiriladi va monitorga tushunarli bo‘lgan formallashgan tilda emas
balki tayanch so'zlar ketma-ketligi ko'rinishida « d e s k r i p t o r » l a r deb 
nomlanuvchi tabiiy tilda shakllanadi. Saqlash uchun qabul qilingan hamma 
bayonlarda bo'lgan deskriptorlar ro‘yxati deskriptorlar lug‘atini tashkil 
qiladi va qidiruvchi yo'riqlami shakllantirishga mo‘ljallangan.
Deskriptorliga nisbatan ancha murakkab bo‘lgan IQTlar ham 
mavjud. Ularda informatsion-qidiruv till katta ahamiyatga ega; bu tilda 
informatsion obyektlar orasidagi semantik munosabatlar hisobga olinadi.
11


Bu esa noto‘g‘ri tanlanadigan til qurilmalari sonini kamaytirish imkonini 
beradi, so‘rovlarga ishlov berish esa ma’no mos kelishi mezonlari asosida 
bajariladi.
Ma’lumotlar banki katta kompyuterli loyihalashlarda informatsiyani 
tashkil qilishning yuqori shakli hisoblanadi. Ular - muammoli-yo‘ nalgan 
informatsion-ma’lumotaomalar tizimlaridir. Bu tizimlar kiritishning 
muayyan vazifalariga bog‘liq bo'lmagan zarur informatsiyalarni kiritishni, 
informatsion massivlar saqlanishi hamda foydalanuvchilar yoki dasturlar 
so‘rovi bo'yicha zarur bo‘lgan informatsiyani chiqarishni ta’minlaydi. 
M a’lumotlar 
bankida 
faktografik 
ko'rinishdagi 
informatsiyadan 
foydalaniladi.
Ma'lumotlar bazasini boshqarish tizimi (MBBT) - ma'lumotlar 
strukturasi ko'rimshida tashkil qilingan informatsion baza bilan ishlashni 
ta'minlaydigan dasturiy-metodik kompleksdir.
MBBT quyidagi asosiy funksiyalami bajaradi:
- ma’lumotlar bazasini aniqlab olish, ya’ni sxemalaming konseptual 
tashqi va ichki darajalarini bayon qilish;
- ma’lumotlarni bazaga yozish;
- ma’lumotlarga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish, ulami qayta 
tashkil qilishni bajargan holda ularning saqlanishini tashkil qilish;
- ma’lumotlarga kira olishni ta’minlash (qidirish va chiqarib olish).
Ma’lumotlami tanib olish va ularga kirish uchun MBBTda til
vositalari mavjud. Masalan, ma'lumotlar strukturasi bayonidan tashkil 
topgan ma'lumotlami tanib olish tili yordamida ta’minlanadi.
Mashina grafikasining dasturiy-metodik komplekslari (DMK) 
foydalanuvchining kompyuter bilan muloqotida grafik informatsiya 
almashinuvi, geometrik masalalami yechish, tasvirlami shakllantirish va 
grafik informatsiyani avtomatik ravishda tayyorlashni ta’minlaydi. 
Foydalanuvchining kompyuter bilan grafik muloqoti («kirishning grafik 
metodi») kirish-chiqish nimdasturlariga asoslanadi; bu nimdasturlar 
kiritish-chiqarish 
qurilmalaridan 
olinadigan 
komandalaming 
qabul 
qilinishini va ularga ishlov berilishini hamda ushbu qurilmalarga 
boshqaruv ta’sirlarining chiqarilishini ta’minlaydi. Geometrik masalalar 
yechimi (grafik modellash) grafik informatsiyani qayta o'zgartirishga 
keltiradi; bu o‘zgartirish surish, burash, masshtablash va sh.k. turlardagi 
elementar grafik operatsiyalarni u yoki bu ketma-ketlikda bajarilishida 
ifodalanadi. Grafik modellash uchun DMKlardan foydalaniladi; ularda 
alohida elementar grafik operatsiyalardan tashqari uch olchamli 
tasvirlami grafik qayta o'zgartirishlar, proyeksiya, kesim va h.k.lami 
qurish protseduralari amalga oshirilishi mumkin. Grafik o‘zgartirishlar 
DMKsida ba’zi tez-tez foydalaniladigan tasvirlami shakllantirish, grafik
12


ma’lumotlar bazasini boshqarish, grafikaviy nimdasturlami sozlash uchun 
vositalar odatda nazarda tutiladi.
Dialogli rejim grafik va (yoki) belgi (simvol)li informatsiyalami 
kiritish, nazorat, tahrirlash, qayta o‘zgartirish va chiqarishni amalga 
oshiradigan dasturiy-metodik komplekslar yordamida amalga oshiriladi. 
Topshiriqiar bajarilishini paket rejimida va uzoqdagi terminallarga 
natijalami chiqarishni aloqa kanallari orqali ta’minlaydi. Kompyuterli 
loyihalashda vazifasi umumiy bo‘lgan dialogli DMKlar bilan bir qatorda 
ixtisoslashgan DMKlardan ham foydalanish mumkin. Vazifasi umumiy 
boigan DMKlami kompyuterli loyihalashni yaratish va ekspluatatsiya 
qilishning boshlang‘ich bosqichlarida qoilash maqsadga muvofiq; bu 
DMKdan loyihalash metodologiyasini, ma’lumotlar va amaliy dasturlarga 
ishlov berish texnologiyasini ishlab chiqish va tekshirish uchun 
foydalaniladi. Keyinchalik kompyuterli loyihalashda dialogni tashkil qilish 
bo‘yicha 
maxsus 
talablarni 
hisobga 
olgan 
holda 
DMKlami 
modifikatsiyalash mumkin. Bunda so‘rovlarga dialogli yoki paketli 
rejimda ishlov berilishini; tizimning dasturchi bo'lmagan foydalanuvchiga 
yo‘nalishini; yuqori daraja tillardagi dialogli amaliy dasturlar kiritilishi 
(qo‘shilishi) yo‘li bilan tizim kengaytirilishi mumkinligini; «меню» va 
direktivalar yordamida dialogni boshqarish imkonini hisobga olish zarur. 
AIJ ruknlari uchun umumtizimiy DMKlarning tavsiya qilinadigan to'plami
1.1-jadvalda keltirilgan.
1.1-jadval

Download 6,54 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   206




Download 6,54 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Xakimov jamshid oktyamovich kompyuterli loyihalash

Download 6,54 Mb.
Pdf ko'rish