Kompyuterli loyihalashning dasturiy ta’minoti (DT)




Download 6,54 Mb.
Pdf ko'rish
bet10/206
Sana19.02.2024
Hajmi6,54 Mb.
#158935
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   206
Bog'liq
Kompyuterli Loyihalash

2.2. Kompyuterli loyihalashning dasturiy ta’minoti (DT)
Kompyuterli loyihalashning dasturiy ta’minoti avtomatlashtirilgan 
loyihalashni bajarish uchun zarur bo‘lgan hamma dasturlar va 
ekspluatatsion hujjatlaridan iborat. Dasturiy ta’minot umumtizimiy va 
maxsus (amaliy)larga bo‘linadi.
Umumtizimiy D T texnikaviy vositalar funksiyalarini tashkil qilish 
uchun, ya’ni hisoblash jarayonini rejalashtirish va boshqarish, mavjud 
resurslarni taqsimlash uchun moijallangan va kompyuter hamda hisoblash 
komplekslari (HK)ning operatsion tizimlari ko‘rinishida namoyon bo'ladi. 
Umumtizimiy DT odatda ko‘p ilovalar uchun yaratiladi va kompyuterli 
loyihalash spetsifikasini aks ettirmaydi.
16


Maxsus (amaliy) D T da loyihalash protseduralarini bevosita 
bajaradigan matematik ta'minot realizatsiya qilinadi. Maxsus DT odatda 
amaliy dasturlar paketi (ADP) ko'rinishida bo‘ladi; ulardan har biri 
loyihalash jarayonining ma’lum bosqichini yoxud turli bosqichlar ichidagi 
bir turdagi masalalar guruhini boshqaradi.
Kompyuterli loyihalashni tashkil qilish hamda uni yaratish va undan 
foydalanish 
samaradorligiga 
ta’sir 
qiluvchi 
DTning 
prinsipial 
xususiyatlari. 
Kompyuter 
rivojlanishi 
va 
takomillashgani 
sari 
umumtizimiy DTning operatsion tizim (ОТ) kabi komponentining 
ahamiyati tobora ortib bormoqda. Zamonaviy hisoblash tizimi (HT)ning 
foydalanuvchilar ixtiyoriga berayotgan imkoniyati texnikaviy qurilmalarga 
nisbatan ko‘proq operatsion tizimlar bilan aniqlanmoqda. ОТ kompyuterda 
turli masalalar yechilishini, ma’lumotlami uzatish kanallarini va tashqi 
qurilmalami masalalar orasida dinamik taqsimlashni, masalalar oqimini 
rejalashtirishni va ularni belgilangan mezonlami hisobga olgan holda 
yechilishining ketma-ketligini, hisoblash kompleksi xotirasini dinamik 
taqsimlashni bir vaqtning o‘zida tashkil qiladi. Lekin ОТ o‘z faoliyati 
uchun ma’lum resurslarni: protsessor, tashqi va asosiy xotiralami talab 
qiladi. OTning imkoniyati qanchalik ko‘p bo‘lsa, unga shunchalik ko‘p 
resurslar talab qilinadi.
Bazaviy D T umumtizimiy DT ning ahamiyatli komponentidir.
Kompyuterli loyihalashning dasturiy ta’minoti yaratilayotganda 
bazaviy DT ishlab ishlab chiqiladigan obyektlar qatoriga kirmaydi. 
Geometrik va grafik informatsiyalarga ishlov berish, ma’liunotlar bazasini 
shakllantirish va undan foydalanish uchun mo ljallangan bazaviy DT 
bunga misol bo‘la oladi. Quruvchining avtomatlashtirilgan ishchi joyi 
(QAIJ) mashina grafikasining bazaviy DT yaratildi va tasdiqlandi. Uning 
asosini grafik kiritish-chiqarish amaliy dasturlar paketi tashkil qiladi; bu 
paket amaliy dastur bilan va grafikaviy qurilmalar to‘plami orasida 
funksional interfeysni* qurilmalar drayveri va grafikaviy drayverlar 
yordamida ta’minlaydi. Uning asosida ishlab chiqilgan grafikaviy 
hujjatlashtirishning amaliy dasturlar paketi esa maxsuslashgan dasturiy 
ta’minot tarkibiga kiradi. Grafikaviy hujjatlashtirishning amaliy dasturlar 
paketi translyatsiya qilish, 
vizuallashtirish, 
chizmalar namunaviy 
elementlari (ChNE) bayonini saqlash uchun alohida masalalar to‘plami 
hamda amaliy dasturlar paketi (ADP)ni yaratish uchun modullar 
kutubxonasi, kutubxonadan (ChNE) bayonlarini tanlab olish va ulaming 
tasvirini olish to‘plamlaridan iborat.
17


Standartlashtuilgan loyihalash protseduralarini amalga oshiradigan, 
tarkibiga shunday bazaviy DT kiritilgan APJlaridan foydalanish 
kompyuterli loyihalashning dasturiy ta’minotini yaratish mehnatini 
sezilarli darajada yengillatadi. Lekin hamma hollarda ham kompyuterli 
loyihalashni yaratuvchilar amaliy DTni ishlab chiqishlari lozim bo'ladi. 
Hisoblash texnikasi qo‘llaniladigan soha kengayib borishi va loyihalash 
jarayonlarini avtomatlashtirish masalalari murakkablashib borishi bilan 
dasturlashning murakkabligi mehnati ortib boradi.

Download 6,54 Mb.
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   206




Download 6,54 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



 Kompyuterli loyihalashning dasturiy ta’minoti (DT)

Download 6,54 Mb.
Pdf ko'rish