Xakimov jamshid oktyamovich kompyuterli loyihalash




Download 6,54 Mb.
Pdf ko'rish
bet18/206
Sana19.02.2024
Hajmi6,54 Mb.
#158935
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   206
Bog'liq
Kompyuterli Loyihalash

Garvard arxitekturasi 
deb 
ataladi 
(shunday 
arxitekturani 
yaratish 
taklifini 
kiritgan 
Garvard 
Universiteti 
laboratoriyasining nomi berilgan). Ushbu arxitektura nisbatan murakkab 
bo’lib, qo’shimcha boshqaruv signallarini talab qiladi. Biroq, u axborot 
bilan ancha uddaburon harakatlar bajarish, ixcham kodlashtiriladigan 
mashina komandalari 
to’plamini joriy etish va qator hollarda 
mikroprotsessor ishini jadallashtirish imkonini beradi. Intel firmasining 
MCS-51 oilasiga mansub mikrokontrollerlar mulohaza yuritilayotgan 
arxitekturalaming bir vakili sanaladi.
Bugungi kunda aralash arxitekturali mikroprotsessorlar ishlab 
chiqarilib, ularda CSEG va DSEG yagona manzilli bo’shliqqa joylangan, 
ammo ular turli murojaat mexanizmlariga ega. Bunga aniq misol tariqasida 
Intel firmasining80x86 oilasiga mansub mikroprotsessorlarni keltirish 
mumkin.
Jismonan mikroprotsessor xotira qurilmasi hamda kiritish- chiqarish 
tizimi bilan tizim shinalarining yagona to plami - tizim ichidagi magistral 
orqali hamkorlik qiladi. Ushbu magistral aksariyat hollarda quyidagilardan 
tashkil topadi:
- DB (ingl. Data Bus) rusumli ma’lumotlat shinalaridan (ushbu
33


shinalar orqali MP, xotira va kiritish-chiqarish tizimi o’rtasida ma’lumotlar 
almashinuvi amalga oshadi);
- AB (ingl. Address Bus) rusumli manzillar shinalaridan (murojaat 
qilinayotgan xotira va kiritish-chiqarish portlari uyalarining manzillarini 
uzatish uchun qo’llaniladi);
- CB (ingl. Control Bus) rusumli boshqaruv shinalaridan (axborot 
almashinuvi sikllarini amalga oshirib, tizim ishini boshqaradigan signallar 
ayni shu shinalar orqali uzatiladi).
- Shinalaming ayni shunday to’plami XTTK kanalini tashkil 
toptirish uchun ham qo’llaniladi. Bunday turdagi magistral demultipleks 
magistrali yoki ayiruvchi manzil va ma’lumotlar shinalariga ega uch 
shinali magistral deb ataladi (3.1-rasm).
3.1-rasm. Demultipleks magistrali
Ma’lumotlaming magistral orqali tabiiy almashinishi kanalga so’zlar 
yoki baytlar vositasida bir-biridan keyin amalga oshiriladigan murojaatlar 
ko’rinishida kechadi. Magistralga murojaatlaming bitta sikli davomida 
MP, xotira qurilmasi va kiritish-chiqarish tizimi o’rtasida bitta so’z yoki 
bayt uzatiladi.
Almashinishning bir nechta sikllari mavjud. Ular jumlasiga xotirani 
o’qish va xotiraga yozish sikllari kiradi.
Kiritish-chiqarish makoni izolyatsiya bo’lganida kiritish-chiqarish 
portini o ’qish va kiritish-chiqarish portiga yozish sikllari qo’shiladi.
Magistralda, ishlash tezligi MPning ishlash tezligidan past bo’lgan 
qurilmalar ishlab turgan ayrim holatlarda RD, WR va shu kabi boshqa 
stroblar davomiyligi chetdagi modul tomonidan almashinish operatsiyasi 
to’g’ri bajarilishi uchun etarli bo’lmay qolishi mumkin. Magistral 
operatsiya muvaffaqiyatli yakun topishini tashkillashtirish uchungina CV
34


tarkibiga maxsus READY signali kiritiladi. Kanalga murojaatlaming har 
bir siklida RD yoki WR strobasi yakimiga etishdan oldin MP READY 
signalining holatini tekshiradi. Agar READY ushbu fursatda hali uloqtirib 
yuborilmagan bo’lsa, MP tegishli stroba muddatini unga WS (ingl. Wait 
State) deb nomlanadigan kutish taktlarini o’rnatib, uzaytiradi.
Mikroprotsessoming ma’lum modeli va ish rejimiga bog’liq holda 
WS ning maksimal miqdori cheklangan yoki cheklanmagan bo’lishi 
mumkin. Magistralda amalga oshadigan ishning oddiy rejimida faqat bitta 
faol qurilma ishlaydi, u ham bo’lsa, MP bo’lib, magistralda kechadigan 
ma’lumotlar almashinuvining barcha sikllarini qo’zg’atadi.
Biroq, shunday holatlar ham joizki, bunda ayni bitta magistralda bir 
nechta faol qurilma bo’lib, ular ayni bir xotira va kiritish- chiqarish 
bloklari bilan ishlashi darkor bo’ladi. Boshqa faol qurilma ma’lumotlami 
magistral bo’ylab uzata olishi uchun MPni vaqtincha dezaktivatsiya qilish 
zarur bo’ladi. Bu maqsadda aksariyat zamonaviy mikroprotsessorlar 

Download 6,54 Mb.
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   206




Download 6,54 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Xakimov jamshid oktyamovich kompyuterli loyihalash

Download 6,54 Mb.
Pdf ko'rish