Xakimov jamshid oktyamovich kompyuterli loyihalash




Download 6,54 Mb.
Pdf ko'rish
bet19/206
Sana19.02.2024
Hajmi6,54 Mb.
#158935
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   206
Bog'liq
Kompyuterli Loyihalash

“bevosita xotiraga kirish” (BXK) deb nom berilgan rejimda ishlay oladi. 
Ushbu rejim amalga oshishi uchun CB ga qo'shimcha HOLD va HLDA 
signallari kiritiladi. CB boshqaruv shinasining kirish qismiga HOLD ning 
faol sathi etib kelganida mikroprotsessor o’z dasturi ishining ijrosini 
to’xtatadi, shinalarining chiqish qismlarini yuqori impedan holatga 
o’tkazib, chiqish qismidagi faol satlmi HLDA ga havola etadi. Bu esa, o’z 
navbatida, magistral bo’ylab almashinish siklini boshlash mumkinligi 
haqida boshqa faol qurilma uchun signal xizmatini o’taydi. Ushbu qurilma 
o’z almashinish sikllarini nihoyasiga etkazgach, HOLD signalini uloqtirib 
yuboradi. Shundan so’ng MP o’zining odatiy holatiga o’tib, dastur ishini 
davom ettiradi.
MPdan dastur ishining me’yoriy kechishini o’zgartirish talab 
etiladigan boshqa ish rejimi ham mavjud bo’lib, unga “uzilish” deb nom 
berilgan. Zamonaviy mikroprotsessorlaming deyarli hammasi bitta yoki 
bir nechta INTO, INTI va h. k. nomlanadigan tashqaridan uzib qo’yadigan 
kirish qismlariga ega. Ushbu kirish qismlariga tizimda muayyan hodisalar 
ro’y berayotganligi haqida dalolat beravchi signallar yetib keladi. MP esa, 
o’z navbatida, kelgan signallarga muayyan tarzda munosabat bildirishi 
lozim. Bunday kirish qismlaridan biriga faol sathli signal etib kelganida, 
mikroprotsessor, me’yoriy tarzda kechayotgan dastur ishi uzilib, ishni 
to’xtatishga sabab bo’lgan komanda manzilini xotiraga saqlaydi va 
muayyan manzil bo’ylab CSEGga yozilib qolgan “uzilishga ishlov berish 
kichik dasturi”ni (TQIKD) bajarishga kirishadi. Bimday kichik dastur 
manzili “uzilish vektori” deb nomlanadigan maxsus xotira uyasiga
35


yozilgan. Dastur ishini uzgan har bir alohida manba o’z uzilish vektoriga 
ega. TQIKDni bajarib bo’lgach, protsessor, xotirada saqlangan manzil 
bo’yicha TQIKD ijrosi yakunlanadigan maxsus komandaga binoan ishi 
uzilgan dastur ijrosiga qaytadi. Dastur ishi uzilishiga sababchi bo’lgan 
manbalar jumlasiga ichki manbalar ham (ya’ni, mikrosxemaning “uzilish 
so’raladigan kirish qismlari” deb nomlanadigan kirish qismlaridan biriga 
kelishi), tashqi manbalar ham (ya’ni, muayyan sharoitlarga ko’ra 
protsessor ichida generatsiyalanishi) kirishi mumkin. Bir vaqtning o’zida 
bir nechta turlicha uzilish so’rovlari kelishi mumkinligi bois, bunday 
so’rovlarning 
har 
biriga 
alohida 
xizmat 
ko’rsatish 
izchilligini 
belgilaydigan muayyan tartib mavjud. Uning ishini MP ichida yoki maxsus 
kontoller vositasida joriy etilgan “uzilishlarning ustuvor arbilraf tizimi 
ta’minlaydi. Mulohaza yuritilayotgan tizimga muvofiq dastur ishi 
uzilishiga sababchi bo’lgan har bir manba, unga xizmat ko’rsatilish 
navbatini belgilab beradigan o ’z ustimligiga (doimiy yoki o’zgaruvchan 
ustunlikka) ega. Bir vaqtning o’zida bir nechta uzilish so’rovlari kelgan 
paytda dastavval ustunlik darajasi yuqori, shundan so’ng past darajali 
uzilish so’rovlariga xizmat ko’rsatiladi. Ustunlik darajasi yuqori so’rov 
asosiy dastur ishini qanday to’xtatib qo’ysa, ishi boshlangan past darajali 
uzilishga ishlov berish kichik dasturining ishini ham xuddi shu tariqa 
to’xtatib qo’yishi mumkin. Ayni paytda “kiritilgan uzilish” deb ataladigan 
uzihsh vujudga keladi.
Mikroprotsessor registrlari funktsional jihatdan bir xil bo'lmaydi, 
xususan: ulaming bir turi maTiunotlarni yoki manzilga oid axborotni 
saqlash uchun xizmat qilsa, boshqa turi - MP ishini boshqarish uchun 
xizmat qiladi. Shunga muvofiq barcha registrlami та 'lumotlar registrlari, 
k o ’rsatkichlar va maxsus vazifalar bajaruvchi registrlarga farq qilish 
mumkin. Ma’lumotlar registrlari operandlar manbalari va natija qabul 
qilgichlar sifatida arifinetik va mantiqiy operatsiyalarda ishtirok etadi, 
manzil registrlari yoki ko’rsatkichlar esa asosiy xotira qurilmasidagi 
ma’lumotlar va komandalaming manzillarini hisoblab chiqarishda 
qo’llaniladi. Maxsus registrlar MPning joriy holatiga indeks berish va 
tarkibiy qismlarining ishini boshqarish uchun xizmat qiladi. Shunday 
arxitektura ham bo’lishi joizki, ayni bir registrlar ma’lumotlami ham, 
manzillarga oid axborotni ham saqlash uchun qo’llaniladi. Bunday 
registrlar umummaqsadli registrlar (UMR) deb ataladi. Registrlaming u 
yoki bu turidan foydalanish usullari MP arxitekturasining muayyan 
xususiyatlarini belgilab beradi.
36



Download 6,54 Mb.
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   206




Download 6,54 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Xakimov jamshid oktyamovich kompyuterli loyihalash

Download 6,54 Mb.
Pdf ko'rish