|
Axborot qidiruv tizimlari fanidan 1-amaliy topshiriq
|
bet | 1/23 | Sana | 08.01.2024 | Hajmi | 1,14 Mb. | | #132021 |
Bog'liq 1507561542 69163
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI
MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI
TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI
“Axborot kutubxona tizimlari” kafedrasi
Axborot qidiruv tizimlari fanidan
1-amaliy topshiriq
Mavzu: Zamonaviy kutubxonada axborot qidiruvini tashkil etish.
Bajardi:060-19 guruh talabasi Axrorova Gulnora Fayziqulovna
Qabul qildi: Raxmatullayev M. A
Toshkent – 2024
Mavzu: Zamonaviy kutubxonada axborot qidiruvini tashkil etish.
Reja:
1. Axborot-kutubxona muassasalarida zamonaviy informatsion texnologiyalarning ahamiyati.
2. Zamonaviy informatsion texnologiyalar.
3. Internet tarmog‘i va ulardan foydalanish.
4. Axborotni Internet orqali qidirish.
Axborot-kutubxona muassasalarida zamonaviy informatsion
texnologiyalarning ahamiyati
Bugungi kunda «axborot olami» degan yangi dunyo paydo bo‘ldi. Zamonaviy texnologiyaga asoslangan olamshumul elektron axborot tarmoqlaridan borgan sari muvaffaqiyat bilan foydalanilmoqda va uning qudrati ortib boryapti. Har birimizning hayotimizda Axborot olamining ahamiyati tobora kuchaymoqda. U olis manzillarni yaqinlashtirib, oraliqdagi masofalarni qisqartirmoqda. Axborot kiber olami deb ataluvchi bu soha rivoj topib borayotgani tufayli dunyoning turli millatlari bir-birlari bilan qadrdonlashmoqda. Chunki mazkur kiber olamda insoniyat tarixida erishilgan barcha bilimlar jamlangan. Tarix, siyosat, madaniyat, san’at, ilm-fan, ta’lim va hokazo sohalarga doir ma’lumotlar dunyoning barcha kishilari uchun qiziqarlidir. Kiber olam ma’lumotlaridan kompyuter va Internet vositasida dunyoning barcha burchaklaridagi kishilar bemalol foydalanishi mumkin. Kompyuter va Internet imkoniyatlaridan foydalana bilish axborot kiber olami bilan kengroq tanishish, bahramand bo‘lishga muyassar etadi. Dunyoning istalgan nuqtasi bilan bir zumda bog‘lanish, muloqot qilish imkonini yaratadi.
Faraz qilaylik, sizga biror ma’lumot zarur bo‘lib qoldi. Bu ma’lumot sizning ishingiz uchun juda zarur. Uni topish katta muam mo tug‘diradi. Avval hamkasblaringizdan so‘rab ko‘rasiz, keyin axborot-kutubxonalarga borasiz yoki kitob do‘konlaridan kitob qidirasiz. Holbuki, kitob sizning shahringizda yoki mamlakatingizda bo‘lmasligi mumkin. Nima qilasiz? Maxsus markazlarga xat jo‘natishingiz mumkin. Bu markaz sizga kerak bo‘lgan ma’lumotni topib, sizga jo‘natadi. Bu ma’lumotni topish uchun markaz ham anchagina vaqt va xarajatni sarf qiladi. Nihoyat, siz ma’lumotga ega bo‘lasiz. Holbuki, ma’lumotni olish uchun siz ko‘p vaqt va xarajat sarf qildingiz. Eng ayanchlisi shundaki, ma’lumotni olganingizda, u sizga kerak bo‘lmay qoladi. Chunki ma’lumotning bahosi hozirgi kunda vaqt bilan o‘lchanadi. Vaqt o‘tishi bilan ma’lumot ma’naviy eskiradi.
Yoki sizga tanish bo‘lmagan mamlakatga safarga otlandingiz. U holda sizda ob-havo qanaqa, u yerga qanday boriladi kabi savollar tug‘ilishi tabiiy. Bu ma’lumotlarni qayerdan olasiz? Bir necha yil avval bu muammoni hal etish mumkin emas edi. Afsuski, u paytda kompyuter yo‘q edi.
Muammolar ma’lumotning yo‘qligidan yuzaga keladi. Hozir bunday muammolar tug‘ilishi mumkin emas. Chunki yordamga kompyuterlar keldi. Kompyuter haqida ko‘p gapirsa bo‘ladi. Bugun kompyuterlar haqida jajjigina do‘stlarimiz ham bog‘chada o‘zaro gaplashishadi.
Kompyuter yordamida siz ma’lumotni bir necha daqiqada topishingiz mumkin. U ma’lumotni dunyoning ixtiyoriy nuqtasidan bir pasda ekraningizda namoyon qiladi. Kompyuter ekranidan dunyo axborot olamiga olib kiradi. Istalgan dunyo kutubxonalarining axborot bazasiga kirish va foydalanish mumkin.
Dunyoning eng oxirgi yangiliklari bilan tanishish, tarix sahifalariga sayohat qilish yoki boshqa ma’lumotlarni qisqa vaqt ichida olish imkoniyati muvjud.
Buning uchun siz kompyuterning tugmachasini bosishingiz va sizni qiziqtirayotgan mavzuni tanlashingiz yetarlidir. Bir necha daqiqada ma’lumot ko‘z oldingizda namoyon bo‘ladi. Bu mo‘jizani eslatadi. Mana shu mo‘jiza virtuallik deb ataladi. Bu mo‘jizaga faqatgina kompyuter va maxsus tarmoq orqali erishishingiz mumkin.
|
| |