|
Internet Explorer dasturidan chiqish
|
bet | 14/23 | Sana | 08.01.2024 | Hajmi | 1,14 Mb. | | #132021 |
Bog'liq 1507561542 69163Internet Explorer dasturidan chiqish. Dastur ishini to‘xtatish uchun dastur darchasidagi Закрыт tugmachasini bosish yetarli.
Internetda axborotni internet orqali qidirish
Hozirgi vaqtda Internet millionlab kompyuter va tasavvur qilib bo‘lmaydigan son-sanoqsiz axborotni o‘z ichiga olgan, shu bilan birga, har soatda kompyuterlar va axborot hajmi ko‘paymoqda. Tabiiyki, bu dengizda adashmaslik kerak. Buning uchun Internet da maxsus qidiruv bilan shug‘ullanadigan serverlar mavjud. Ular ko‘p emas, lekin juda ommabop. Ular katta xotira va tezlikka ega. Shuning uchun birdaniga bir necha so‘rovlarga javob bera oladi. Ko‘p hollarda bitta server bir necha (o‘nlab) kompyuterlardan tuziladi.
Har bir qidiruv serveri tarmoq sahifalari bo‘yicha ma’lumotlar omborini tashkil qiladi. Omborda axborotning turgan joyi, qisqacha izohi, annotatsiya va boshqalar joylanadi. Ombor millionlab sahifalar to‘g‘risida ma’lumotga ega va u, haqiqatan, juda kattadir. Qidiruv serverlarining omborlari foydalanuvchilar haqidagi ma’lumot bilan ham to‘ldirib turiladi. Bu – foydalanuvchi manzili, ochilgan sahifalar nomi, foydalanilgan qidiruv sistemalari nomi. Agar bizga biror ma’lumot zarur bo‘lsa, uni topish uchun ma’lumot joylashgan sahifa manzilini bilsak, bu muammo bir pasda hal bo‘ladi.
Sahifa to‘liq manzilini Адрес maydonida kiritamiz, qidirilayotgan ma’lumot ekranda namoyon bo‘ladi. Bu maydon asboblar panelidan pastda joylashadi. Manzilni kiritib Enter tugmachasini bosish zarur. Bir necha daqiqadan so‘ng so‘ralgan ma’lumot ekranda paydo bo‘ladi.
Masalan, www. cnn. com sahifasini ochish zarur. U holda Адрес maydonida shu nomni yozasiz va Enterni bosasiz. Natijada ekranda sahifa keltiriladi.
Ba’zi hollarda ma’lumotning topilmaganligi sabablari keltiriladi. Masalan, manzil topilmaganligi yoki hozircha unga ulanish mumkinmasligi haqida ma’lumot chiqadi.
Sahifa nomi noma’lum bo‘lsa-chi? Lekin siz qanday ma’lumot zarurligini, uning mavzusini bilasiz. U holda Internetning maxsus qidirish sistemasidan foydalanish mumkin. WWW da bir necha qidirish sistemalari mavjud. Asboblar panelidagi Поиск tugmachasini bosing. Ekranda maxsus qidiruv sahifasi hosil bo‘ladi. U sizga ma’lumotni topish uchun mavzu nomini maxsus maydonga kiritishingizni so‘raydi va mavzuni server obmoridan qidiradi. Qidir ish natijasi ekranda hosil bo‘ladi. Ro‘yxatdan keraklisini tanlashingiz mumkin.
Masalan, agar jurnalistikaga oid ma’lumotlar zarur bo‘lsa, jurnalistika so‘zini qidirish maydoniga yozasiz. Natija hosil bo‘ladi. Mavzu aniq bo‘lsa, javob tezda va aniq bo‘ladi.
Masalan, jurnalistika bo‘yicha konferensiya materiallari kerak bo‘lsa, u holda javob tezroq topiladi.
Yana bir usul – bu manzillar maydonida kerakli mavzuni kiritish mumkin.
Yana bir usul – SIMPLE QUERY so‘rovi. SIMPLE QUERY so‘zlardan va atamalardan tashkil topgan. Bunda mavzuni topish uchun so‘zni kiritish yetarli. So‘zdan oldin «+» belgisi bo‘lsa, bu qidirilayotgan so‘z shu hujjatda borligini, «–» belgisi esa shu so‘zning yo‘qligini bildiradi. Topilishi zarur bo‘lgan jumla qo‘shtirnoq ichiga olinadi. Agar so‘rov kichik harfda berilsa, natija kichik va bosh harfli so‘zlarni o‘z ichiga oladi. Ya’ni abc so‘rovi natijasi – abc, Abs, ABC, ammo ABC so‘rovi abc ni topib bermaydi.
Masalan, quyidagi so‘rov:
abc + ABCD – mm + «Sahifa»
abc, Abc, ABC (shunga o‘xshash) va ABCD so‘zlari bo‘lgan. mm, MM (va shunga o‘xshash) so‘zlari bo‘lmagan hamda «sahifa» jumlasi bo‘lgan barcha sahifalarni topish, yoki qidiruv sistemalar idan foydalanish mumkin. Masalan, juda qulay va taniqli Yahoo sistemasidan foyd alanishingiz mumkin. Buning uchun manzillar maydoniga www. yahoo. com manzilini kiritib Enterni bosish kerak.
So‘rov natijalari ro‘yxat shaklidagi ilovalar va ularning kichikroq tavsifi bo‘ladi. Unda ma’lumotlar bo‘limlarga, bo‘limlar esa bo‘linmalarga bo‘lingan bo‘ladi.
Masalan, yangi kitoblar bilan tanishmoqchi bo‘lsangiz, kerakli satrga sichqoncha tugmachasini bosishingiz yetarli. Ekranda kitoblar ro‘yxatining qisqacha tavsifi bilan keltiriladi.
Sahifaning o‘rtasida bo‘sh yo‘l joylashgan bo‘lib, bu Search tugmachasi maydonidir. Unda mavzu nomini kiritish va qidiruv natijasini olish mumkin. Pastda esa shu informatsion ombori bo‘limlari nomlari keltiriladi.
Masalan, Arts Architecture and Photography bo‘ linmalaridan iborat. Bu bo‘linmalarda qidiruv sahifasi, tematik qidiruv sistemasi, Yahoo ilovalari, sport, ob-havo va boshqalar bor.
|
| |