|
Salbiy va ijobiy resurslarga ega bo‘lgan veb saytlar va ularning ahamiyati
|
bet | 22/23 | Sana | 08.01.2024 | Hajmi | 1,14 Mb. | | #132021 |
Bog'liq 1507561542 69163Salbiy va ijobiy resurslarga ega bo‘lgan veb saytlar va ularning ahamiyati. Internetning ichki tahdidlari tarmoq axborot makonining ahvoli va rivojlanishi uchun salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan tahdidlardir. Bular: tarmoqning ortiqcha yuklanganligi tufayli axborot kollapsi (qulashi); xakerlarning ma’lumotlarni yo‘q qilishi yoki o‘zgartirishi, bog‘lamalar va trafikni «chetlab o‘tish» yo‘nalishlarini blokirovkalash maqsadida uyushtirgan hujumlari; kommunikatsiya kanallarining tasodifiy yoki uyushtirilgan avariyalari; axborot qidiruv tizimlarining mukammal emasligi; protokollarning «ma’naviy» eskirib qolishi va boshqalar.
Internetning tashqi tahdidlari foydalanuvchilar uchun salbiy oqibatlarga ega bo‘lishi mumkin bo‘lgan tahdidlardir. Tashqi tahdidlar texnologik va ijtimoiy bo‘lishi mumkin:
texnologik: tezligi sekin kanallar; tarmoqqa ulanishning unumsiz uslublari; olib keltirilgan viruslar; axborot «toshqini» va h. k.;
ijtimoiy: foydalanuvchilarning jismoniy va ruhiy sog‘lig‘iga bo‘lgan ta’sir; insonlarning shaxsiy ongiga bo‘lgan ta’sir; axborot terrori, jinoyati va boshqalar.
Forum tushunchasi. Internet tarmog‘ida forumlar veb sayt ko‘rinishida bo‘ladi va veb forum deb ataladi. Veb forum – veb sayt tashrif buyuruvchilarining o‘zaro muloqotini tashkil etish uchun mo‘ljallangan veb sayt sahifalari va uskunalari majmuyi. Qisqacha aytganda, forum – bu veb saytning tashrif buyuruvchilari muloqot o‘rnatadigan maydonchasi. Bunda ixtiyoriy foydalanuvchi forum veb saytiga tashrif buyurib, o‘zini qiziqtirgan mavzuni o‘rtaga tashlashi va veb saytning boshqa tashrif buyuruvchilari bilan muhokama qilishi mumkin.
Forum muloqotning yana bir oddiy turi bo‘lib, bu muloqotda ixtiyoriy vaqtda ixtiyoriy joydan qatnashish ham mumkin. Bunda biror-bir mavzu tanlanadi va u muhokamaga qo‘yiladi. Qatnashuvchilar muzokara bilan tanishib, o‘z fikrlarini jo‘natishlarimumkin. Bu usulda siz muhokamada qatnashayotganlarni ko‘rmaysiz, faqatgina ularning fikrlari bilan tanishib chiqishingiz mumkin. Forumda turli-tuman reja muhokama qilinadi. Bunda siz biror mavzuni tanlab, ularning muhokamasida ishtirok etishingiz mumkin.
|
| |