• ZiyoNET ta’lim tarmog‘i va undan foydalanish.
  • Axborot qidiruv tizimlari fanidan 1-amaliy topshiriq




    Download 1,14 Mb.
    bet20/23
    Sana08.01.2024
    Hajmi1,14 Mb.
    #132021
    1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   23
    Bog'liq
    1507561542 69163

    Asosiy maqsadlari:

    1. Respublika aholisi hamda xalqaro jamoatchilikning O‘zbekiston Respublikasi Hukumati faoliyati to‘g‘risida, respublikaning ijtimoiy-siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy hayotida amalga oshirilayotgan islohotlardan xabardorligini ta’minlash.

    2. Tashkilotlarning yuridik va jismoniy shaxslar bilan o‘zaro hamkorligi samaradorligini oshirishga ko‘maklashish.

    3. Axborotlarni ayirboshlash va tarqatish tezligi darajasi, tashkilotlarning xabardorligi darajasi o‘sishi hisobiga tashkilotlar faoliyatining sifati va samaradorligini oshirishga ko‘maklashish.

    4. Axborotlarni idoralararo elektron ayirboshlashni bir xillashtirish.

    O‘tgan vaqt mobaynida portal yangi ma’lumotlar bilan to‘ldirilib, kengaytirib borildi. Portalning funksional imkoniyatlarini mukammallashtirish, foydalanuvchilar qulayligi uchun do‘stona interfeys yaratish hamda davlat hokimiyati va boshqaruv organlari faoliyati to‘g‘risida dolzarb va tezkor ma’lumotlarni joylashtirish bo‘yicha ishlar olib borildi.
    O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2009- yil 20- yanvarda qabul qilingan «Ishlab chiqarish va ijtimoiy infratuzilmani yanada rivojlantirish yuzasidan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida» PQ № 1041- sonli Qaroriga asosan, «Qo‘shimcha modullar (G to V va G to S) kiritilgan yangi platformadagi yangi Hukumat portalini ishga tushirish» loyihasini amalga oshirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Hukumat portalining yangi versiyasi ishlab chiqildi va 2009- yil 1- oktabrdagi Internet tarmog‘ida asosiy domen www. gov. uz manzili bo‘yicha joylashtirildi.
    ZiyoNET ta’lim tarmog‘i va undan foydalanish. ZiyoNET jamoat axborot ta’lim tarmog‘i 2005- yil 28- sentabrda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I. A. Karimovning «O‘zbekiston Respublikasining jamoat ta’lim axborot tarmog‘ini tashkil etish to‘g‘risida»gi Qaroriga muvofiq tashkil topgan.
    ZiyoNET tarmog‘ining asosiy maqsadi ta’lim tizimida respublika yoshlari hamda ta’lim oluvchilarga ularning bilim olish jarayonida axborot-kommunikatsiya xizmatlarini ko‘rsatishdan iborat.
    ZiyoNET portali. ZiyoNET axborot ta’lim tarmog‘i yoshlarni, murabbiylarni, shuningdek, aholining turli qatlamini kerakli axborot bilan ta’minlash, AT sohasida kerakli ma’lumotlarni berish, muloqot qilish va tajriba almashishlari uchun zarur imkoniyatlarni yaratib berishni o‘z zimmasiga oladi.

    Download 1,14 Mb.
    1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   23




    Download 1,14 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Axborot qidiruv tizimlari fanidan 1-amaliy topshiriq

    Download 1,14 Mb.