Zamonaviy informatsion texnologiyalar




Download 1,14 Mb.
bet2/23
Sana08.01.2024
Hajmi1,14 Mb.
#132021
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23
Bog'liq
1507561542 69163
мустақил иш, МУСТАҚИЛ ИШ КЎРСАТМА, ААМ ва Х сиртқи услубий кўрсатма (1), ААМ ва Х сиртқи услубий кўрсатма (5), ААМ ва Х сиртқи услубий кўрсатма, Kitobxonlarda o‘qish madaniyatini tarbiyalashning maqsad va vazi, SKA 060-19 guruh talabasi Djiyanova Zulfiya Ravshan qizi, Kutubxona qo\'llanmasi, Nomli toshkent davlat pedagogika universiteti, Axborot – kutubxona muassasalarida o’tkaziladigan ommaviy tadbir-fayllar.org, SKA 062-19 guruh talabasi XODJAKULOVA RUSHANA NABIJONOVNA, Mavzu Rahbar faoliyatining, Aliqulova Marjona Ravshanbek qizi 060-19, 060-19 Qodirov Tajimurod Xudoyberdiyevich
Zamonaviy informatsion texnologiyalar
«Ogoh bo‘lsang, olam senniki», – degan edilar g‘azal mulkining sultoni Mir Alisher Navoiy. Haqiqatan, bilim – bu axborotlar majmuyi. Axborot esa bu tushuntirish, izohdir. Bilgan doimo botir, bilmagan johil bo‘lgan. Inson doimo bilimga intilgan. Bu borada barcha vosita va bilimlarini qo‘llagan, yangi vositalarni kashf etgan. Shu tariqa u qalam, yozuv mashinkasini, telegraf, telefon, radio, televideniye, sputnik va, nihoyat, kompyuter va Internetni kashf etdi. Insonning yetukligi uning bilimlari bilan aniqlanadi. Jamiyatning boyligi insonlarning bilimdonligi bilan belgilanadi. Oxirgi yillarda siyosiy va iqtisodiy sohalarda yuz bergan o‘zgarishlar barcha sohalarga o‘z ta’sirini ko‘rsatdi. XXI asr axborot texnologiyalari asriga aylandi. Yangi axborot texnologiyalari vositalari – bu kompyuterlar, modemlar, telefon tarmoqlari, audio va video studiyalardir. Jurnalistlar ham bu inqilobdan istisno emas, holbuki, gazetalar, radio va televideniyada materiallarni tayyorlashda, tipografiya maketlarini va grafik tasvirlarni yasashda kompyuterlardan foydalanilmoqda. Shuning uchun axborotlarni yig‘ishda yoki kitobxonlarga yetkazishda butun dunyoda kompyuterlardan foydalanilmoqda.
Zamonaviy informatsion texnologiyalar o‘zi nima? Texnologiya bu mahsulotni qayta ishlash, yaratish usullari majmuyidir. Informatsion texnologiyalar bu axborot ustida bajarish mumkin bo‘lgan amallardir. Bular – axborotni saqlash, yig‘ish, ishlash, saralash, uzatish va hokazo.
Zamonaviy informatsion texnologiyalar bu axborot ustida bajarish mumkin bo‘lgan zamonaviy texnologiyalardir. Zamonaviy informatsion texnologiyalar: kompyuter texnologiyalari, tarmoqlar, Internet, multimedia.
Hozirgi kunda zamonaviy informatsion texnologiyalarning quyidagi guruhlari mavjud:

  • nashriyotda zamonaviy informatsion texnologiyalar;

  • radioda zamonaviy informatsion texnologiyalar;

  • televideniyada zamonaviy informatsion texnologiyalar;

  • axborot-kutubxona muassasalarida va boshqa sohalarda informatsion texnologiyalar.

  • Zamonaviy informatsion texnologiyalardan foydalanish axborot-kutubxona faoliyatida aholiga xizmat ko‘rsatishda, axborot so‘roqlarini qondirishda, axborotni qabul qilish va tahlil qilish, axborotni yetkazish, axborot oqimiga bo‘lgan ish sifatini davr talabi darajasida olib borishga imkon beradi, mehnat unumdorligini oshiradi. Hozirgi kunning asosiy talabi axborot-kutubxona mutaxassislarining yuqoridagi texnika vositalaridan erkin foydalanish va axborot oluvchilarga keng imkoniyat yaratib berishdir.


Download 1,14 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23




Download 1,14 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Zamonaviy informatsion texnologiyalar

Download 1,14 Mb.