Internet tarmog‘i va undan foydalanish




Download 1,14 Mb.
bet3/23
Sana08.01.2024
Hajmi1,14 Mb.
#132021
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23
Bog'liq
1507561542 69163

Internet tarmog‘i va undan foydalanish

  • Internet o‘zi nima? Internet – bu jahon kompyuter tarmoqlari majmuyidir. Internet ko‘pgina imkoniyatlarga ega. Internet imkoniyatlari bilan to‘laroq tanishish maqsadida uning tarixiga sayohat qilamiz.

  • 1960- yillardagi G‘arb mojarosidan so‘ng, AQShning ilmiy markazlaridan biri bo‘lgan «Rand Corporation» korxonasi, birinchi marta butun mamlakatni qamrab oladigan, markazlashmagan kompyuter tarmog‘ini yaratishni taklif qildi. Bu loyihani amalga oshirishdan maqsad harbiy muassasalar, ilmiy va o‘quv markazlari kompyuterlarini bir tarmoqqa birlashtirib, boshqarishni markazlashtirish edi. Maqsad yadro quroli hujumida ham, tarmoqning bir necha qismi ishdan chiqqan holda ham ishlash faoliyatini saqlab qoladigan sistemani yaratish edi. Bunday sistemani tarmoqlar soni ko‘p bo‘lgandagina amalga oshirsa bo‘lar edi. Shunday qilib, Internetga asos solindi.

1964- yili 4 tarmoqdan iborat AQShning eng nufuzli tekshirish institutlarida joylashgan Arpanet tarmog‘i yaratildi. Boshida olimlarning tadqiqot ishlarida foydalanilgan tarmoq keyinchalik ularning safsata sotishning kompyuterlashgan zanjiriga aylandi. Ammo shunday tarmoq yaratishning o‘zi katta muvaffaqiyat edi. 70- yillarda tarmoq ancha o‘sdi. Endi tarmoqning tuzilishi unga xohlagan kompyuterni ulash imkoniyatini berdi. Keyinchalik 1974- yilda tarmoqlarni birlashitiruvchi TCP/IP protokoli tuzildi va tarmoqning rivojlanishiga turtki bo‘ldi. Chunki tarmoqda ixtiyoriy kompyuterni ulash imkoniyati paydo bo‘ldi. 1983- yilda «Arpanet» «Internet» deb atala boshlandi va u juda kuchli, bir-biri bilan bog‘langan kompyuterlar va tarmoqlar to‘plamidan iborat sistemaga aylandi. 1980-yillar Internetning keskin o‘sish davri bo‘ldi. Kompyuterlarning markazlashmagan boshqarish tarmog‘i bilan bog‘lanish sxemasi butun dunyoga tarqaldi va chet el tarmoqlari tashkilotchilari AQSh tarmog‘iga ulanishga rozi bo‘lishdi. Internetning butun dunyoni qamrab olishi quyidagi tarmoqlarning qo‘shilishi hisobiga bo‘ldi:

  • EUNet – Yevropadagi UNIX mashinalari tarmog‘i (1982- yil);

  • EARN – Yevropa O‘quv va ilmiy tekshirish muassasalarining tarmog‘i (1983- yil);

  • JUNet – Yaponiyadagi UNIX mashinalarining tarmog‘i (1984- yil);

  • JANet – Buyuk Britaniyaning birlashgan akademik tarmog‘i (1984- yil).

1980- yillar davomida AQShning eng tanilgan korxonalari NS FNET Prinston, Pitteburg, Kaliforniyaning Santa-Barbara universiteti va Kornell universitetida beshta superkompyuter markazlarini tashkil etishdi. Bu besh markazni AQShda «Internet Backbone» (Internet asosi) deb atashadi. NSFNET 56 kbit/s tezlikda axborot uzata olish qobiliyatiga ega edi.
Ikki yil ichida Internetning kengayishi va unga bo‘lgan talabning o‘sishi 1988- yili NSFNET tarmog‘ining yangilanishiga va uzatish tezligining 1,544 Mbit/s gacha oshishiga sababchi bo‘ldi. 1987- yili Internetra ulangan kompyuterlar soni 10 000 ta bo‘lgan bo‘lsa, 1989-yili 100 000 taga yetdi.
90- yillar Internetda xizmat tarmoqlari tashkil qilingan davr bo‘ldi. 1990- yili Bill Xilan, Elan Emtij va Piter Deych Archie dasturini ishlab chiqishdi. 1991- yili NSFNET tarmog‘i takomillashtirildi va uzatish tezligi 44 736 mbit/s ga yetdi. Shu yili Bryust er Kaale WAIS dasturini tuzdi, Minnesota universitetida Pol Lindner va Mark Mak-Kayl tomonidan Gopher dasturi tuzildi. Bu voqealardan keyin, 1992- yili Nevada shtati universitetida yaratilgan Veronica sistemasi ishga tushirildi. Shu sababli 1992- yili tarmoqdagi kompyuterlar soni milliondan oshib ketdi.
Internetning 1990- yillardagi rivojlanishiga asosiy sabab World Wide WebHHHr (Butun dunyo tarmog‘i) tuzilishi bo‘ldi. 1990- yilning noyabrida Yevropa atomni tekshirish markazi (CERN) xodimi Tim Berne-Li WWW tarmog‘ining birinchi nusxasini yaratdi, lekin u 1992- yilgacha ishga tushirilmadi. 1993- yilning fevralida NCSA (National Center for Supercomputer Applications, Superkompyuterli hisoblash Milliy Markazi) Mosaic dasturining alfa-versiyasini tuzdi. 1993- yilning sentabrida birinchi ishlovchi Mosaic versiyasi ishlab chiqarildi va axborot oqimi WWW bo‘yicha 1 % ni tashkil qildi. 1993- yilning oktabrida 200 ta WWW server ishga tushirildi.
Keyingi yillarda Internet va WWW ning rivojlanishi yanada tezroq sur’atda kechadi. WWW serveri va tarmoqdagi kompyuterlarning aniq sonini aytish qiyin, chunki u har kuni o‘zgarib turadi. O‘rtacha Internet dagi kompyuterlar soni 1995- yilning iyunida 6,5 million deb hisoblangan va kompyuterl arning aksariyati AQShda joylashgan.

Download 1,14 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23




Download 1,14 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Internet tarmog‘i va undan foydalanish

Download 1,14 Mb.