• WWW tushunchasi.
  • Internet provayderlari va ularning vazifalari.
  • Axborot qidiruv tizimlari fanidan 1-amaliy topshiriq




    Download 1,14 Mb.
    bet8/23
    Sana08.01.2024
    Hajmi1,14 Mb.
    #132021
    1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   23
    Bog'liq
    1507561542 69163

    Internet servislari. Internet servesi yoki xizmatlari deganda tarmoqdagi serverlar tushuniladi. Bu quyidagi servislardir:

    • telnet – kompyuterga uzoqdan bog‘lanish;

    • ftp – fayllarni uzatish;

    • e-mail – xabarlarni uzatish;

    • Usenet – elektron e’lonlar taxtasi;

    • telekonferensiyalar;

    • gopher – matnli hujjatlarni ko‘rish va topish; WWW – grafik, audio va video materiallarni o‘z ichiga olgan gipermatnli hujjatlarni ko‘rish va topish.

    WWW tushunchasi. WWW (World Wide Web) – «butun jahon o‘rgamchak to‘ri» deb nomlanuvchi tarmoq. WWW – bu Internetga ulangan turli kompyuterlarda joylashgan o‘zaro bog‘langan hujjatlarga murojaat qilishni ta’minlab beruvchi tarqoq tizimdir. Aynan mana shu xizmat Internetdan foydalanishni soddalashtirdi va ommaviylashtirdi. WWW asosida to‘rtta poydevor mavjud:

    1. barcha hujjatlarning yagona formati (shakli);

    2. gipermatn;

    3. hujjatlarni ko‘rish uchun maxsus dasturlar (brouzer);

    4. yagona manzilni ko‘rsatish tizimi (domen);

    Internet provayderlari va ularning vazifalari. Internet provayder – Internet tarmog‘i xizmatlarini taqdim etuvchi tashkilotdir. Hozirgi kunda Internet provayderlarining ikki turi mavjud: Internetga ulanish va ulanish kanallarini taqdim etuvchi provayder hamda Internet xizmatlarini taqdim etuvchi provayder.
    Internet xizmatlarini taqdim etuvchi provayderlar tomonidan www, elektron pochta, hosting (veb resurslarni joylashtirish) kabi Internet xizmatlari ko‘rsatilmoqda. Internetga ulangan tarmoqlarni qurishda undagi kompyuterlarga beriladigan manzillar (IP manzil) provayder tomonidan taqdim etilgan oraliqdan tanlab olinadi.
    Provayder tomonidan berilgan manzillarga ega bo‘lmagan kompyuterlar mahalliy tarmoqlar uchun zaxiralangan oraliqdagi manzillarga ega bo‘lishi va mahalliy tarmoq kompyuterlar bilan ishlashi mumkin:
    192. 16 0. 1–192. 16 255. 255 172. 16. 0. 1–172. 16. 255. 255 10. 0. 0. 1–10. 255. 255. 255
    Hozirgi kunda O‘zbekiston Respublikasida bir qancha Internet provayderlari xizmat ko‘rsatmoqda, bular: UzNet, Sarkor Telecom, Sharq Telecom, TPS, ARS Inform, Cron Telecom va boshqalar.
    Internetning ishlash sifati uni sizga o‘rnatuvchi provayderga bog‘liq. Shuning uchun provayderni tanlashda quyidagilarni hisobga olish maqsadga muvofiq:

    • provayder qanday tarmoqdan foydalanadi, qanday tarmoqlar bilan ma’lumot almashadi, tarmoqning ma’lumotni o‘tkaza olish qobiliyati qanday?

    • aloqa sifati, provayder modemiga telefon qila olish qobiliyati, provayder modemi turi (bir xil korxona modemlari muntazam aloqani o‘rnatadi);

    • bog‘lanish va ma’lumotlarni uzatish tezligi; – texnik xizmat ko‘rsatilishi; – xizmatlar ro‘yxati va ularning bahosi.

    1997- yildan boshlab O‘zbekistonda Internet provayderlar xizmat ko‘rsata boshladi. Quyida ularning ba’zilari nomini va sahifasi manzilini keltiramiz.

    ZiyoNET

    http://www. Ziyonet. uz

    UZPAK

    http://www. uz/

    Globalnet

    http://www. glb. net/

    Uzbekistan FreeNET

    http://www. freenet. uz /

    Ishonch

    http://www. ishonch. uz/

    Naytov

    http://www. naytov. com/

    Perdca

    http: //www. silk. org/

    UZNET

    http ://www. uznet, net/

    TV Inform

    http://www. eanetways. com


    Download 1,14 Mb.
    1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   23




    Download 1,14 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Axborot qidiruv tizimlari fanidan 1-amaliy topshiriq

    Download 1,14 Mb.