|
Axborot qidiruv tizimlari fanidan 1-amaliy topshiriq
|
bet | 5/23 | Sana | 08.01.2024 | Hajmi | 1,14 Mb. | | #132021 |
Bog'liq 1507561542 69163Internetga ulanish. Internet tarmog‘iga ulanish ajratilgan aloqa kanali (optik tola, sun’iy yo‘ldosh aloqasi, radiokanal, ajratilgan kommutatsiyalanmaydigan telefon liniyasi) bo‘yicha doimiy ulanish, shuningdek, kommutatsiyalanadigan, ya’ni uzib-ulanadigan ulanish (Dial-ur access, Dial-ur) ko‘rinishida amalga oshiriladi.
Internetga bog‘lanishning bir necha usuli bor. Ularning ko‘pgina imkoniyatlari va tezligi oshishi bilan, narxi ham oshadi. Ularni narxi kamayishi tartibida keltiramiz:
to‘g‘ridan to‘g‘ri kirish (выделенная линия);
SLIP va RRR yordamida;
«Chaqiruv» yordamida bog‘lanish (Dial-up Access, Dial-up);
UUCP yordamida;
boshqa tarmoqlar orqali kirish.
Telefon liniyasi orqali Internetga ulanish. Internet tarmog‘iga oddiy telefon tarmoqlari orqali standart modem qurilmalari yordamida ulanish mumkin. Telefon liniyasi orqali Internetga ulanishda modem qurilmasidan tashqari maxsus dastur (protokol)dan ham foydalaniladi. Bunda ushbu dastur yordamida Internetga ulanganda telefon liniyasi band qilinadi, seans tugaganidan so‘ng telefon tarmog‘i bo‘shatiladi va undan boshqa foydalanuvchi foydalanishi mumkin. Internetga ulanishni amalga oshiruvchi dasturning yutug‘i shundaki, ular Internetga to‘g‘ridan to‘g‘ri ulanishga imkon beradi.
Telefon liniyasi orqali «Chaqiruv» bo‘yicha Internetga bog‘lanish Internet xizmatlarini taqdim etuvchi provayder bilan mijoz o‘rtasida amalga oshiriladi. Bunda foydalanuvchi mantiqiy nom (login) va maxfiy belgi (parol) yordamida Internetga to‘g‘ridan to‘g‘ri ulanadi.
Bu bog‘lanishning eng sifatli usuli bo‘lib juda qimmat baholanadi. Siz server yordamida boshqa mahalliy kompyuterlarni Internetga bog‘lashingiz mumkin. Har bir kompyuter Internetning barcha imkoniyatlaridan to‘la foydalanishi mumkin.
Kompyuterlarning telefon liniyasi orqali Internetga ulanishi.
SLIP va PPP orqali ulanish. Oddiy telefon tarmoqlarida standart modem yordamida ishlovchi Internet dastur ta’minotlarining turlaridir. SLIP va PPPda siz ish seansini tugatganingizdan so‘ng liniyani bo‘shatasiz va unda boshqa foydalanuvchilar ishlashi mumkin. SLIP va PPPning yutug‘i shundaki, ular Internetga to‘g‘ridan to‘g‘ri kirishga imkon beradi.
SLIP bu oddiy telefon tarmog‘i va modemdan foydalanadigan Internet protokoldir.
PPP – bu SLIPga o‘xshash va undan keyinroq chiqqan protokol.
|
| |