• Global tarmoq tushunchasi.
  • Kompyuterlarning global tarmoqqa ulanishi. Internet tarmog‘ining tuzilishi.
  • Axborot qidiruv tizimlari fanidan 1-amaliy topshiriq




    Download 1,14 Mb.
    bet4/23
    Sana08.01.2024
    Hajmi1,14 Mb.
    #132021
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23
    Bog'liq
    1507561542 69163
    мустақил иш, МУСТАҚИЛ ИШ КЎРСАТМА, ААМ ва Х сиртқи услубий кўрсатма (1), ААМ ва Х сиртқи услубий кўрсатма (5), ААМ ва Х сиртқи услубий кўрсатма, Kitobxonlarda o‘qish madaniyatini tarbiyalashning maqsad va vazi, SKA 060-19 guruh talabasi Djiyanova Zulfiya Ravshan qizi, Kutubxona qo\'llanmasi, Nomli toshkent davlat pedagogika universiteti, Axborot – kutubxona muassasalarida o’tkaziladigan ommaviy tadbir-fayllar.org, SKA 062-19 guruh talabasi XODJAKULOVA RUSHANA NABIJONOVNA, Mavzu Rahbar faoliyatining, Aliqulova Marjona Ravshanbek qizi 060-19, 060-19 Qodirov Tajimurod Xudoyberdiyevich
    Internet tushunchasi. Internet bu yagona standart asosida faoliyat ko‘rsatuvchi jahon global kompyuter tarmog‘idir. Uning nomi ikki xil talqin qilinadi, ya’ni «International Network» – «Xalqaro tarmoq» va «Interconnected networks» «Tarmoqlararo» degan ma’noni anglatadi. U mahalliy (lokal) kompyuter tarmoqlarni birlashtiruvchi axborot tizimi bo‘lib, o‘zining alohida axborot maydoniga ega bo‘lgan virtual to‘plamdan tashkil topadi.
    Internet tarmog‘i unga ulangan barcha kompyuterlarning o‘zaro ma’lumotlar almashish imkoniyatini yaratib beradi. Internet tarmog‘ining har bir mijozi o‘zining shaxsiy kompyuteri orqali boshqa shahar yoki mamlakatga axborot uzatishi mumkin. Masalan, Vashingtondagi Kongress kutubxonasi katalogini ko‘rib chiqis h, Nyu-Yorkdagi Metropoliten muzeyining oxirgi ko‘rgazmasiga qo‘yilgan suratlar bilan tanishish, xalqaro anjumanlarda ishtirok etish, bank muomalalarini amalga oshirishi va hatto boshqa mamlakatlarda istiqomat qiluvchi Internet tarmog‘i mijozlari bilan shaxmat o‘ynash mumkin.
    Global tarmoq tushunchasi. Internet tarmog‘ining asosiy yacheykalari (qismlari) bu shaxsiy kompyuterlar va ularni o‘zaro bog‘lovchi lokal tarmoqlardir. Internet tarmog‘i bu global tarmoq vakili hisoblanadi.
    Internet alohida kompyuterlar o‘rtasida aloqa o‘rnatibgina qolmay, balki kompyuterlar guruhini o‘zaro birlashtirish imkonini ham beradi. Agar biron-bir mahalliy tarmoq bevosita Internetga ulangan bo‘lsa, u holda mazkur tarmoqning har bir ishchi stansiyasi (kompyuteri) Internet xizmatlaridan foydalanishi mumkin. Shuningdek, Internet tarmog‘iga mustaqil ravishda ulangan kompyuterlar ham mavjud bo‘lib, ularni host kompyuterlar (host – asosiy hisoblash mashinasi) deb atashadi. Tarmoqqa ulangan har bir kompyuter o‘z manziliga ega va u yordamida dunyoning istalgan nuqtasidagi istalgan foydalanuvchi bilan muloqot qila olishi mumkin.

    . Kompyuterlarning global tarmoqqa ulanishi.
    Internet tarmog‘ining tuzilishi. Internet o‘z-o‘zini shakllantiruvchi va boshqaruvchi murakkab tizim bo‘lib, asosan, uchta tarkibiy qismdan tashkil topgan:
    – texnik; – dasturiy; – axborot.
    Internet tarmog‘ining texnik ta’minoti har xil turdagi kompyuterlar, aloqa kanallari (telefon, sun’iy yo‘ldosh, shisha tolali va boshqa turdagi tarmoq kanallari) hamda tarmoqning texnik vositalari majmuyidan tashkil topgan.
    Internet tarmog‘ining dasturiy ta’minoti (tarkibiy qismi) – tarmoqqa ulangan xilma-xil kompyuterlar va tarmoq vositalarini yagona standart asosida (yagona tilda) ishlashni ta’minlovchi dasturlar. Internet tarmog‘ining axborot ta’minoti Internet tarmog‘ida mavjud bo‘lgan turli elektron hujjatlar, grafik rasm, audioyozuv, videotasvir, veb sayt va hokazo ko‘rinishdagi axborotlar majmuasidan tashkil topgan.
    Internetning ikkita asosiy vazifasi bo‘lib, buning birinchisi axborot makoni bo‘lsa, ikkinchisi esa kommunikatsion vositasidir.
    Internetning keskin rivojlanishi va WWW bo‘ylab sayohatlarning ommaviylashishi shunga olib keldiki, ularni bir xil deb tushuna boshlashdi. Kelinglar, avvalo, shuni hal qilib olaylik. Internet va butun dunyo tarmog‘i bir xil emas. Internet butun dunyo kompyu terlar tarmoqlarining to‘plamini belgilaydi. Internet turli xil kompyuter xizmatlarini ko‘rsatadi. Bu – elektron pochta, Usenet telekonferensiyalari, FTP ma’lumot fayllarini uzatish sistemasi, Telnet uzoqdan terminalga kirish sistemasi, Gopher sistemasi va Butun Dunyo tapmog‘i – WWW. Demak, WWW Internetning faqatgina bir qismidir. Lekin u juda tez rivojlanmoqda.
    Vebning asosiy rivojlanish pog‘onalaridan biri 1993- yilda chiqarilgan Mosaic for Windows brauzer dasturiga to‘g‘ri keladi. 2- avlod dasturi Netscape brauzeri bozorda Mosaic for Windowsdan keyin darhol paydo bo‘ldi. Mosaic for Windows World Wide Web dunyosi eshigini foydalanuvchilarga biroz ochib bergan bo‘lsa, Netscape o‘zining funksional imkoniyatlari bilan bu eshikni millionlab foydalanuvchilarga keng ochib yubordi.
    WWW – Internetning eng ommabop xizmat turidir. Unga ulanish uchun kompyuter bilan modem yetarlidir. Shuning uchun Butun dunyo tarmog‘i butun olam axborotlar ombori – kutubxonaga aylanib qoldi va u dunyoga yoyildi. WWWda ma’lumotlar sahifalarda joylanadi. WWW sahifalari soni oxirgi 3- yilda yuz milliondan oshib ketdi. Bu sahifalarning egasi kim? Ular yirik korporatsiyalar yoki kichik korxonalar, universitet va maktablar, tashkilotlar, jurnal va ro‘znomalar yoki oddiy kishilardir. Bu sahifalarda turli-tuman ma’lumotlar joylanadi. Hozirgi kunda WWW axborot olishning va tarqatishning eng qulay vositasidir.
    Demak, Internet bu kompyuter tarmoqlari majmuyi bo‘lib, un ing ko‘plab imkoniyatlari mavjud.

    Download 1,14 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23




    Download 1,14 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Axborot qidiruv tizimlari fanidan 1-amaliy topshiriq

    Download 1,14 Mb.