|
Axborotlarni ko‘rsatkichlari bo‘yicha qidirish
|
bet | 10/23 | Sana | 08.01.2024 | Hajmi | 1,14 Mb. | | #132021 |
Bog'liq 1507561542 69163Axborotlarni ko‘rsatkichlari bo‘yicha qidirish. Ko‘rib o‘tilganidek, har bir foydalanuvchi Internet tarmog‘i orqali o‘ziga kerakli bo‘lgan ma’lumotlarni uning mavzusi hamda tarkibidagi so‘z yoki jumla bo‘yicha qidirib topishi mumkin. Lekin Internet tarmog‘ida ma’lumotlar shunchalik ko‘pki, ba’zida ta’kidlab o‘tilgan usul samara bermasligi mumkin. Bunday hollarda Internet qidiruv tizimlari qidiruvning bir qancha qo‘shimcha usullari bo‘yicha qidiruvni taqdim etadi, bular:
ma’lumotlarni uning tili bo‘yicha qidiruv;
ma’lumotlarni uning turi (matn, rasm, musiqa, video) bo‘yicha qidiruv;
ma’lumotlarni uning joylashgan mintaqasi bo‘yicha qidiruv;
ma’lumotlarni uning joylashtirilgan sanasi bo‘yicha qidiruv;
ma’lumotlarni uning joylashgan Internet zonasi bo‘yicha qidiruv;
ma’lumotlarni xavfsiz qidiruv.
Mashhur Internet qidiruv tizimlari. Internet tarmog‘i yir ik ma’lumotlar ombori hisoblanadi. Undan kerakli ma’lumotlarni qidirib topish foydalanuvchining oldiga qo‘yilgan eng asosiy masalalardan biridir. Bunday hollarda yirik ma’lumotlar omboridan kerakli ma’lumotlarni qidirib topishda axborot qidiruv tizimlari muhim ahamiyatga ega. Internet tarmog‘ida bunday tizimlarning ko‘plab turlarini uchratish mumkin. Bulardan Google, Rambler, Yandex, Yahoo tizimlari o‘zbek, rus va ingliz tillarida qidiruvni olib boradigan eng mashhurlari hisoblanadi. Bular: http://www. google. ru, http://www. rambler. ru; http://www. yahoo. com; http://www. yahoo. com.
Ushbu mashhur qidiruv tizimlarining har biri oddiy va batafsil kengaytrilgan qidiruv hamda matnli, rasm, musiqa, video va boshqa turli shakldagi axborotlarni qidirish imkoniyatini taqdim etadi. Bu turdagi axborot qidiruv tizimlaridan foydalanib, ixtiyoriy foydalanuvchi o‘ziga kerakli bo‘lgan ixtiyoriy turdagi ma’lumotni qidirib topishi va undan foydalanishi mumkin. Agar sizga biror ma’lumot kerak bo‘lib qolsa-yu, lekin uning qayerda va qanday ko‘rinishda joylashganligini bilmasangiz, u holda shu kabi axborot qidiruv tizimlaridan foydalaning.
|
| |