|
Veb sayt tushunchasi va shakli
|
bet | 18/23 | Sana | 08.01.2024 | Hajmi | 1,14 Mb. | | #132021 |
Bog'liq 1507561542 69163Veb sayt tushunchasi va shakli. Sayt inglizcha site ( «joy», «joylashish») so‘zining o‘zbekcha talaffuzi. Umumjaxon o‘rgimchak to‘ri – ma’lum axborotni topish mumkin bo‘lgan va noyob URL manzillar bilan belgilangan virtual joy. Mazkur manzil veb saytning bosh sahifasi manzilini ko‘rsatadi. O‘z navbatida, bosh sahifada veb saytning boshqa sahifalari yoki boshqa saytlarga murojaatlari mavjud bo‘ladi. Veb sayt sahifalari HTML, ASP, PHP, JSP, texnologiyalari yordamida yaratilib, matn, grafikka, dastur kodi va boshqa ma’lumotlardan tashkil topgan bo‘lishi mumkin. Veb saytni ochish uchun brouzer dasturidan foydalanib, uning manzil may-
doniga kerakli veb saytning manzili kiritiladi. Veb sayt shaxsiy, tijorat, axborot va boshqa ko‘rinishlarda bo‘lishi mumkin.
Veb portal tushunchasi
Veb portal (inglizcha portal – «darvoza» so‘zidan olingan) – bu Internet foydalanuvchisiga turli interaktiv xizmatlarni (pochta, qidiruv, yangiliklar, forumlar va h. k.) ko‘rsatuvchi yirik veb sayt. Portallar gorizontal (ko‘p rejani qamrovchi) va vertikal (ma’lum mavzuga bag‘ishlangan, masalan, avtomobil portali, yangiliklar portali), xalqaro va mintaqaviy (masalan, Uznet yoki Runetga tegishli bo‘lgan), shuningdek, ommaviy va korporativ bo‘lishi
mumkin.
Veb saytlarning toifalari va vazifalari. Veb saytlarning asosiy vazifasi shundan iboratki, ular biror faoliyat, voqea va hodisa yoki biror shaxsning Internetdagi imijini yaratadi. Internet tarmog‘ida mavjud bo‘lgan saytlarni bir necha xil toifalarga ajratish mumkin:
Ta’lim saytlari. Bu turdagi saytlarga ta’lim muassasalari, ilmiy-tadqiqot muassasalari va masofaviy ta’lim saytlari kiradi, masalan, edu. uz, eduportal. uz.
Reklama saytlari. Bu turdagi saytlarga, asosan, reklama agentliklari va reklamalarni joriy qilish saytlari kiradi.
Tijorat saytlari. Bu turdagi saytlarga Internet do‘konlari, Internet to‘lov tizimlari va Internet konvertatsiya tizimlari saytlari kiradi, masalan, websum. uz, webmoney. ru, egold. com
Ko‘ngilochar saytlar. Bu turdagi saytlarga kompyuter o‘yinlariga, fotogalereyalarga, sayohat va turizmga, musiqa va kino namoyishlarga bag‘ishlangan saytlarni kiritish mumkin, masalan, mp3. uz, melody. uz, cinema. uz
Ijtimoiy tarmoqlar saytlari. Bu turdagi saytlarga tanishish, do‘stlarni qidirish, anketalarni joylashtirish va o‘zaro muloqot o‘rnatishga bag‘ishlangan saytlarni kiritish mumkin, masalan, sinfdosh. uz, id. uz, odnoklassniki. ru
Korxona va tashkilotlar saytlari. Bu turdagi saytlarga davlat korxonalari, xo‘jalik va boshqaruv organlari saytlari kiritiladi.
|
| |