• Internetda manzil tushunchasi va Internet resurslari manzili
  • O‘zbekiston Respublikasi Hukumat portali.
  • Internetga resurslarni joylashtirish va ko‘chirib olish




    Download 1,14 Mb.
    bet19/23
    Sana08.01.2024
    Hajmi1,14 Mb.
    #132021
    1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   23
    Bog'liq
    1507561542 69163

    Internetga resurslarni joylashtirish va ko‘chirib olish. Axborotni serverga joylashtirish bir necha usullarda amalga oshiriladi. Masalan, Plesk tizimi, FTP mijoz dasturlari yoki veb interfeys orqali resurslarni internetga joylashtirish mumkin. Bunda barcha yuklanayotgan ma’lumotlar server kompyuter xotirasidagi ajratilgan joyga joylashtiriladi. Biror ma’lumotni Internetdagi biror kompyuterga joylashtirish uchun foydalanuvchi, albatta, shu tizimda qayd qilingan bo‘lishi shart, aks holda, yuklashga ruxsat berilmaydi.
    Ma’lumotlarni yuklab olish veb interfeys orqali yoki maxsus dasturlar orqali amalga oshiriladi. Bunda ko‘rilgan veb saytdagi ma’lumotlarni Internet brouzerning saqlash amali yordamida yuklab olish mumkin. Agar fayl ko‘rinishidagi ma’lumotlarni yuklab olish kerak bo‘lsa, u holda fayllarni yuklab olishga mo‘ljallangan maxsus dasturlardan foydalaniladi.
    Internetda manzil tushunchasi va Internet resurslari manzili. Sahifa, fayl yoki boshqa resursning Internetda joylashishini aniqlovchi noyob manzil URL deb ataladi. Internetdagi manzil, odatda, quyidagi elementlardan tarkib topadi: resursdan foydalanish protokoli (masalan, http://, ftp://) va domen nomi (masalan, domain. uz). Internetdagi manzil, shuningdek, URL manzil deb ham ataladi.
    Kompyuter domen manzilining namunaviy ko‘rinishi quyidagicha: http://www. tuit. uz, http://www. aci. uz. Odatda, hujjatlarda manzilni anglatuvchi ma’lumotlarning tagiga chiziladi.
    Namunadan ko‘rinib turibdiki, kompyuter manzili bir necha qismlardan iborat. O‘ng tomondan manzilning birinchi qismi (namunada uz) domenning birinchi sathi deb qabul qilinadi, keyingisi (namunada tuit) – domenning ikkinchi sathi va hokazo. Internetda manzillar ko‘p qavatli domen tizimida qurilgan. Birinchi sath domenlar umumjahon reja yoki geografik joylar bo‘yicha nomlanadi.
    Saytlar nomlari quyidagicha umumiy ko‘rinishda ifodalanadi: http://www. sayt nomi. sayt sohasi. davlat kodi.
    O‘zbekiston Respublikasi Hukumat portali. O‘zbekiston Re-
    spublikasi Vazirlar Mahkamasining «Internet tarmog‘ida O‘zbekiston Respublikasining Hukumat portalini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida» 2007- yil 17- dekabrdagi 259- sonli Qaroriga asosan, Hukumat portali Internet tarmog‘ida O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining rasmiy davlat axborot resursi hisoblanadi. Bu bilan Hukumat portalida chop etilgan axborot ommaviy axborot vositalarida chop etilgan axborot bilan teng kuchga ega ekanligi belgilab berilgan.

    Download 1,14 Mb.
    1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   23




    Download 1,14 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Internetga resurslarni joylashtirish va ko‘chirib olish

    Download 1,14 Mb.