• Hosting xizmati va axborotlarni joylashtirish.
  • Brouzer tushunchasi va ularning vazifasi




    Download 1,14 Mb.
    bet15/23
    Sana08.01.2024
    Hajmi1,14 Mb.
    #132021
    1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   23
    Bog'liq
    1507561542 69163

    Brouzer tushunchasi va ularning vazifasi. Internet tarmog‘idan foydalanuvchilarga tarmoq resurslaridan erkin foydalanish imkoniyatini berish uchun Veb serverlar quriladi. Bunday serverlarda Internetda taqdim etilgan axborotning katta qismi jamlanadi. Foydalanuvchining ixtiyoriy axborotni olish tezligi bunday serverlarni qanday qurishga bog‘liq.
    Veb-texnologiyasining hozirgi kunda brouzerlar deb ataladigan axborotni ko‘rish uchun mo‘ljallangan o‘ndan ortiq turli vositalar mavjud. Brouzer veb-sahifalarni ko‘rish dasturi hisoblanadi. Bunda brouzerga yuklangan veb sahifadagi giperbog‘lanishga sichqoncha ko‘rsatkichi bosilsa, avtomatik ravishga ushbu bog‘lanishda ko‘rsatilagan sahifa brouzerga yuklanadi. Bunday hollarda hech qanday
    sahifaning manzilini kiritish shart emas, chunki giperbog‘lanish barcha kerakli ma’lumotga ega hisoblanadi. Brouzer veb sahifada HTML teglarini topib, ular talabi bo‘yicha ma’lumotni ekranga chiqaradi. Teglarning o‘zi esa ekranda aks ettirilmaydi.
    Bugungi kunda brouzerlarning juda ko‘plab turlari mavjud. Eng mashhurlari: Internet Explorer (Windows operatsion tizimi tarkibidagi dastur), Opera, FireFox.

    Internet Explorer Opera Firefox
    Hosting xizmati va axborotlarni joylashtirish. Foydalanuvchi veb sahifalarini Internet provayderi (hosting provayderi) serverida joylashtirish va joriy qilish amali hosting deb ataladi. Hosting so‘zi to‘laqonli ikki tomonlama aloqa bilan ta’minlangan tarmoqdagi kompyuterni bildiruvchi host so‘zidan olingan. Hosting xizmati pulli va tekin hamda oddiy va mukammallashgan bo‘lishi mumkin.
    Hosting xizmati quyidagi imkoniyatlarni taqdim etishi zarur:
    1) axborot makoni;

    1. Internet kanalining o‘tkazish qobiliyati (kengligi);

    2. fayllarni boshqarish usullari;

    3. standart skriptlar to‘plami;

    4. server tomonidan dasturlash mumkinligi;

    5. serverda ma’lumotlar bazalaridan foydalanish;

    6. bir yoki bir necha pochta qutilarini tashkil etish;8) uzluksiz elektr energiyasi bilan ta’minlash.


    Download 1,14 Mb.
    1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   23




    Download 1,14 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Brouzer tushunchasi va ularning vazifasi

    Download 1,14 Mb.