Qidiruv tizimlaridan to‘g‘ri maqsadda foydalanish




Download 1,14 Mb.
bet12/23
Sana08.01.2024
Hajmi1,14 Mb.
#132021
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   23
Bog'liq
1507561542 69163

Qidiruv tizimlaridan to‘g‘ri maqsadda foydalanish. Ha, afsuski, bugungi kunda kompyuterga va Internetga yoshlar tomonidan, birinchi navbatda, ko‘ngilochar vosita deb qaralmoqda. Ayniqsa, bolalar kompyuterga ko‘zi tushgan zahoti, darrov o‘yinlarni so‘rashadi, ko‘pchillik yoshlar esa Internetga ulangani zahoti esa rasmlar tomosha qilishni so‘rashadi.
Internet resurslari xilma-xildir. Ularning ichida foydali bo‘lgan ma’lumotlar ham, zararli bo‘lgan ma’lumotlar ham uchraydi. Internet tarmog‘idagi axborot qidiruv tizimlari esa Internet resurslari ichidan so‘ralgan ixtiyoriy ma’lumotlarni qidirib topib berish imkoniyatiga ega. Chunki bunday qidiruv tizimlari kalit so‘zlar bo‘yicha qidirishni amalga oshiradi. Foydalanuvchi tomonidan qan day so‘rov kiritilsa, xuddi shu so‘rovga mos ma’lumotlarni qidirib topadi. Shu narsani eslatib o‘tish kerakki, har qanday axborot ham foydali va to‘g‘ri, rost hisoblanavermaydi. Axborot qidiruv tizimlaridan faqatgina to‘g‘ri va foydali maqsadda foydalanish maqsadga muvofiqdir. Turli nojo‘ya ma’lumotlardan foydalanishdan va tarqatishdan saqlanish kerak.
Faraz qilaylik, siz Internetda biror sahifani ochib ko‘rmoqchisiz. Manzilni kiritdingiz va sahifani ochdingiz. Qanday qilib bir necha daqiqada sahifa sizning ekraningizda paydo bo‘ladi? Bu sahifalarni topish uchun sizning WWW ko‘rish dasturingiz URLdan qanday foydalandi? Sahifani topish uchun dastur provayderda joylashgan domen nomlari xizmati dasturlar majmuyidan foydalanadi. U DNS (Domain Name Service) deb ataladi va u kompyuteringizga Internet o‘rnatilganda kiritiladi. Bizning misolimizda domen nomi citu-net. com. Netscape Windows bilan birgalikda ishlayotganda, sizning TCP/IP protokolingizni bu domen nomi DNS servsrinigizga uzatadi.
E’tibor bergan bo‘lsangiz, domenlar nomi ko‘pchilik holda com, edu yoki org bilan tugaydi. Quyida eng ko‘p uchraydigan identifikatorlar, ularning ishlatish misollari bilan keltirilgan.
*. sot tijorat tashkilotlari uchun ishlatiladi, masalan, microsoft. com, ibm. com, fedex. com;
*. edu o‘quv muassasalari uchun ishlatiladi, masalan, psu. edu (Pansilvaniya shtati universiteti), cmu. edu (Kornegi-Mellon universiteti), rpi. edu (Renseller politexnika instituti);

Download 1,14 Mb.
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   23




Download 1,14 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Qidiruv tizimlaridan to‘g‘ri maqsadda foydalanish

Download 1,14 Mb.