|
Proksi xizmati, anonim proksilar va ularning vazifalari, ijobiy va salbiy tomonlari
|
bet | 16/23 | Sana | 08.01.2024 | Hajmi | 1,14 Mb. | | #132021 |
Bog'liq 1507561542 69163Proksi xizmati, anonim proksilar va ularning vazifalari, ijobiy va salbiy tomonlari. Proksi – kompyuter tarmog‘i xizmatidir. Bunda proksi xizmati orqali kompyuter tarmoqlari mijozlariga boshqa tarmoq xizmatlaridan bevosita foydalanish imkoni beriladi. Mijoz avval proksi serverga ulanadi va u orqali boshqa serverda joylashgan biron-bir resursga murojaat qiladi. Bunga misol tariqasida shuni keltirish mumkinki, ko‘pgina hollarda kompyuter tarmoqlaridagi bir guruh foydalanuvchilar yagona Internetga ulangan kompyuter orqali kompyuter xizmatlaridan foydalanishadi.
Ba’zi hollarda mijoz so‘rovi yoki server javobi proksi server tomonidan muayyan maqsadlarda o‘zgartirilishi yoki to‘xtatilishi mumkin. Proksi server, shuningdek, mijoz kompyuterini ba’zi tarmoq hujumlaridan himoyalashga imkon beradi.
Anonim proksi serverlar (Anonymous Proxy Servers).
Anonim proksi serverlar ba’zi manzillarni berkitish yoki biror hujjatlarni olishda o‘zini oshkor qilmaslik imkonini beradi.
Yuklash va ko‘chirib olish (upload, download) tushunchalari. Internet tarmog‘ida ma’lumotlar bilan ishlash vaqtida «upload» va «download» tushunchalariga juda ko‘p duch kelinadi.
Ushbu atamalarga quyidagi tushunchalarni keltirish mumkin:
upload – yuklab qo‘yish. Ma’lumotlarni (fayllarni) kompyuterdan tarmoqdagi yoki Internetdagi boshqa kompyuterga yoki
serverga yuklab qo‘yish;
download – yuklab olish. Ma’lumotlarni (odatda, faylni) tarmoqdagi yoki Internetdagi boshqa kompyuterlar va serverlardan o‘z kompyuteriga yuklab olish.
Internet konferensiyalar. Internet konferensiyalar – bu muayyan muammoni hal qilayotgan guruh ishtirokchilarining Internet tarmog‘i orqali konferens aloqasi yordamida o‘zaro axborot almashinish jarayonidir. Tabiiyki, bu texnologiyadan foydalanish huquqiga ega bo‘lgan shaxslar doirasi cheklangan bo‘ladi. Kompyuter konferensiyasi ishtirokchilari soni audio- va videokonferensiyalar ishtirokchilari sonidan ancha ko‘p bo‘lishi mumkin. Adabiyotlarda telekonferensiya atamasini ko‘p uchratish mumkin. Telekonferensiya o‘z ichiga konferensiyalarning uch turini: audio-, video- va kompyuter konferensiyalarni oladi.
|
| |