|
Elektron ommetrlar. Elektron voltmetrlar
|
bet | 1/3 | Sana | 11.09.2024 | Hajmi | 311 Kb. | | #270865 |
Bog'liq Reja 8-ma’ruza - Elektron ommetrlar. Elektron voltmetrlar.
- Elektron o‘lchash asboblarining umumiy xususiyatlari va qismlari.
- Elektron ommetrlar va elektron voltmetrlar.
- Mikroprotsessor bilan boshqariladigan o‘ziyozar asboblar.
- O‘lchash texnikasini mukammallashtirish istiqboli – asboblarni hozirgi zamon elektronikasi va mikroprotsessorlar asosida yaratilishidir. Elektron o‘zgartkichlar asosida tuzilgan o‘lchash asboblari elektron o‘lchash asboblari (EO‘A) deb ataladi. Chiqish o‘zgartkichi sifatida ko‘pincha magnitoelektrik asboblar, ossillograflarda elektron nurli trubkalar ishlatiladi. EO‘A elektromexanik asboblar singari analog asboblar turkumiga kiradi. Ular tezkorligi, o‘lchash doirasining kengligi, aniqligining yuqoriligi bilan elektromexanik asboblardan ustun turadi.
- EO‘A elektrik kattaliklar (voltmetrlar, chastota o‘lchagichlar va boshqalar) ni o‘lchovchi; elektr zanjir parametrlari (qarshilik, sig‘im, induktivlik va boshqalar) ni o‘lchovchi; shuningdek, har xil elektr signallar manbalarini o‘lchovchi (o‘lchash generatori) guruhlarga bo‘linadi.
- O‘lchanayotgan kattalik turiga qarab EO‘A asbobning nom belgisidagi harflariga ko‘ra turlarga bo‘linadi: B – kuchlanishni o‘lchovchi EO‘A; G – o‘lchash generatorlari va kuchaytirgichlari; E – elektr zanjirining taqsimlangan parametrlarini o‘lchovchi EO‘A; S – signallar shaklini kuzatuvchi va tadqiq etuvchi EO‘A; Ch – chastota o‘lchagichlar va hokazo.
- Qarshiliklarni bevosita o‘lchashda qo‘llaniladigan elektron asboblar elektron ommetrlar deyiladi.
- Elektron ommetrlarning ishlashi mo‘tadil (stabillashtirilgan) kuchlanish manbaining namunaviy va o‘lchanayotgan qarshiliklarda hosil qilingan kuchlanish pasayishlarini taqqoslashga asoslangan (1 - rasm). Kuchlanish manbaiga Rn va Rx qarshiliklardan iborat bo‘lgan kuchlanish bo‘lgich ulangan.
|
| |