|
Elektron ommetrlar. Elektron voltmetrlar
|
bet | 2/3 | Sana | 11.09.2024 | Hajmi | 311 Kb. | | #270865 |
Bog'liq Reja 8-ma’ruza+ - Qarshilikdagi kuchlanish pasayishi voltmetr bilan o‘lchanadi. Rx dagi kuchlanish pasayishi Rn ga to‘g‘ri proporsional bo‘lganligi uchun voltmetrning shkalasi Om larda darajalanadi.
- Elektron ommetrning xatoligi namuna qarshiligining metrologik xarakteristikalariga, manba kuchlanishining mo‘tadilligiga va elektron voltmetr xatoligiga bog‘liq bo‘ladi. Elektron ommetrlar 10–4 dan 1012 Om gacha bo‘lgan qarshiliklarni o‘lchash uchun mo‘ljallangan. Keltirilgan xatoligi 1,5 foizdan oshmaydi. Ishlab chiqarishda elektron ommetrlar, asosan, elektr qurilmalar izolyatsiya qarshiliklarini o‘lchashda va liniyadagi shikastlangan joylarni aniqlashda ishlatiladi.
- Keng qo‘llaniladigan M 419 rusumli elektron ommetrda manba kuchlanishi 220 V, chastotasi 45...500 Gs, doirasi 0...5 MOm, aniqlik klassi 2,5, tashqi o’lcham(gabarit)lari 80×80×100 mm, og‘irligi 0,2 kg.
- Elektron voltmetrlar (EV) o‘zgaruvchan va o‘zgarmas tok zanjirlarida keng qo‘llaniladigan EO‘A bo‘lib, vazifasiga ko‘ra o‘zgarmas, o‘zgaruvchan va universal voltmetrlarga bo‘linadi. O‘lchanayotgan kuchlanishni o‘zgartirish usuliga ko‘ra EV to‘g‘ridan-to‘g‘ri, muvozanatlanuvchi va aralash o‘zgartiruvchilarga bo‘linadi (2– rasm, a, b, d).
- Тo‘g‘ridan-to‘g‘ri (bevosita) o‘zgartirishga asoslangan voltmetrlarda o‘lchanayotgan kuchlanish (Ux) bir yo‘nalishda, kirishdan chiqishga tomon, o‘zgartkichlar yordamida o‘zgartiriladi (2- a rasm).
- Bu struktura bo‘yicha qurilma voltmetrning asosiy qismi kirish uskunasi (KU), o‘zgarmas tok kuchaytirgichi (O‘ТK) va magnitoelektrik tizimli o‘lchash asbobidan (O‘A) iboratdir. Muvozanatlanuvchi usuliga asoslangan EV ikkita – to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘zgartirish va teskari bog‘lanuvchi zanjirlardan iborat bo‘ladi.
- 2-rasm. Elektron voltmetrlarning tuzilish sxemalari
- Agar teskari bog‘lanuvchi zanjir to‘g‘ri zanjirning bir qismini o‘rab olsa, u holda aralash o‘zgartirishga asoslangan voltmetr hosil bo‘ladi (2- d rasm).
- Umumiy holda EV ning struktura sxemasi ketma-ket ulangan masshtab o‘zgartkichi yoki kuchlanish bo‘lgichi, kuchaytirgich va ko‘rsatish asbobi qurilmalaridan tashkil topgan.
- Masshtab o‘zgartkichlari o‘lchanayotgan kuchlanish kattaligini o‘zgartirish uchun xizmat qiladi va aktiv (kuchaytirgich) hamda passiv (bo‘lgich) turlariga bo‘linadi.
- EV da kuchaytirgichlar kuchlanishni oshirish va voltmetr kirish qismini uning boshqa qismlari bilan moslash uchun xizmat qiladi.
- O‘zgaruvchan tok EV da o‘lchanayotgan kuchlanish passiv masshtab o‘zgartkichi orqali o‘zgaruvchan tok kuchaytirgichiga beriladi va undan kuchlanishning o‘rtacha ta’sir etuvchi yoki amplituda, qiymat o‘zgartkichiga uzatiladi. Bunday EV da kuchlanish bo‘lgichlari sifatida ketma-ket ulangan bir necha R va C dan iborat zanjir xizmat qiladi.
- EV da o‘rtacha qiymatni o‘zgartkich vazifasini ikki yarim davrli to‘g‘rilagich sxemasi bajaradi (3 - rasm).
- 3 - rasm. O‘rtacha qiymatni
| - Amplituda qiymat o‘zgartkichlar diod va kondensatordan iborat bo‘lib, u EV o‘lchash qurilmasining kirish qismasiga ulanadi.
- Umuman olganda, EV yuqori aniqlikka ega, kam quvvat iste’mol qiladi, chastota doirasi juda keng – o‘zgarmas tokdan to 1 GGs gacha. EV o‘zgarmas va o‘zgaruvchan tok zanjirlarida qo‘llanilishi mumkin.
|
| |