Darsning texnologik modeli
Ishning nomi
|
Bajariladigan ishning mazmuni
|
Dars metodi
|
Vaqt
|
I.Tashkiliy qism
|
Salomlashish.
Davomatni aniqlash.
Kun yangiliklarini aytish.
|
Savol-javob,
Suhbat
|
3 daqiqa
|
II. O’tilgan mavzuni mustahkamlash
|
Uyga vazifa tekshiriladi. Aylanma daftarlar tarqatiladi.
|
“Blits so’rov”,
“Quvnoq kubikchalar”
|
5 daqiqa
|
III.Yangi mavzu bayoni
|
Yangi mavzu korgazmali qurollar orqali tushuntirib beriladi. Dam olish daqiqasi o’tkaziladi.
|
|
18 daqiqa
|
IV.Yangi mavzuni mustahkamlash
|
Guruhlarga bo’linib ish olib boriladi.
O’quvchilar mustaqil ravishda ishlaydi.
|
“Kichik guruhlarda ishlash”,
“Sinkveyn”
|
10 daqiqa
|
V. Darsni yakunlash va o’quvchilar bilimini baholash
|
Darsda faol o’quvchilar rag’batlantiriladi va baholanadi.
|
Savol-javob,
Munozara
|
6 daqiqa
|
VI. Uyga vazifa
|
Misol va masalani bajarish tartibi haqida tushuncha beriladi.
|
Tushuntirish
|
3 daqiqa
|
Jami:
|
45 daqiqa
|
Darsning borishi:
Tashkiliy qism.
Salomlashish, davomatni aniqlash, tozalikni tekshirish, kun yangiliklarini aytish, darsning shiorini aytish.
O’tilgan mavzuni mustahkamlash.
204-betdagi 5-misol va 6-masala
5-misol
152 472 : 6 + 105 • 23 = 25 412 + 2 415 = 27 827
1-usul: 152 472 : 6 = 25 412
2-usul: 105 • 23 = 2 415
3-usul: 25 412 + 2 415 = 27 827
297 773 : 7 – 321 • 6 = 42 579 – 1 926 = 40 613
1-usul: 297 773 : 7 = 42 539
2-usul: 321 • 6 = 1 926
3-usul: 42 539 – 1 926 = 40 613
6-masala
Har bir shakldagi kvadrat santimetrlarni sanang. Har bir shaklning yuzi necha kvadrat santimetrga teng?
1 cm • 5 cm = 5 cm2 1 cm • 11 cm = 11 cm2
S1 = 5 cm2 S 2 = 11 cm2
Yangi mavzu bayoni.
1-misol.
1) Uzunlik va yuz o‘lchov birliklarini eslang va misollar keltiring. Ulardan nima uchun foydalaniladi?
2) Hayotimizda uchraydigan buyumlarning hajmini aniqlash muhim. Shuning uchun hajm o‘lchov birliklari o‘rganiladi. Qirrasi uzunligi 1 cm kubning hajmi kub santimetrga teng va u 1 cm3 deb yoziladi.
Xuddi shunday, qirrasi 1 mm bo‘lgan kubning hajmi kub millimetrga teng va 1 mm3 deb yoziladi. Qirrasi 1 dm bo‘lgan kubning hajmi kub detsimetrga teng va 1 dm3 deb yoziladi.
Qirrasi 1 m bo‘lgan kubning hajmi kub metrga teng va 1 m3 deb yoziladi.
2-misol.
Har bir kubchaning hajmi 1 cm3 ga teng. Berilgan shakllarning hajmi nimaga teng?
|