• Salbiy auditorlik xulosasi
  • Auditorlik xulosasini tuzishdan bosh tortish
  • Ijobiy auditorlik xulosasi




    Download 444,17 Kb.
    bet43/55
    Sana15.02.2024
    Hajmi444,17 Kb.
    #157237
    1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   55
    Bog'liq
    «xalqaro audit» fanining predmeti, ob’ekti va metodi-fayllar.org

    Ijobiy auditorlik xulosasi. Auditorlik tashkiloti xo’jalik yurituvchi sub’ektning moliyaviy hisoboti uning moliyaviy ahvolini haqqoniy yoritadi va xo’jalik yurituvchi sub’ekt amalga oshirgan moliyaviy va xo’jalik operatsiyalari mamlakat qonunchiligi talablariga muvofiq degan fikrga kelganda ijobiy auditorlik xulosasi tuzilishi kerak.

    Salbiy auditorlik xulosasi. Auditorlik tashkiloti xo’jalik yurituvchi sub’ektning moliyaviy hisobotida, agar xo’jalik yurituvchi sub’ekt tomonidan bartaraf etilmasa, moliyaviy hisobotdan foydalanuvchilarni chalg’itishi mumkin bo’lgan buzilishlar mavjud degan fikrga kelsa, salbiy auditorlik xulosasi tuzilishi kerak.
    Xo’jalik yurituvchi sub’ekt amalga oshirgan moliyaviy va xo’jalik operatsiyalari moliyaviy hisobotda haqqoniy aks ettirilgan, lekin qonunchilik talablariga muvofiq kelmaydigan hollarda ham salbiy auditorlik xulosasi tuziladi.
    Odatda xo’jalik yurituvchi sub’ekt rahbariyatining auditorlik tashkilotining aniqlangan buzilishlarni bartaraf etish maqsadida moliyaviy hisobotga tuzatishlar kiritish to’g’risidagi fikriga qo’shilmasligi salbiy auditorlik xulosasini tuzishga sabab bo’ladi.
    Xo’jalik yurituvchi sub’ekt auditorlik tekshiruvi davomida aniqlangan buzilishlarni bartaraf etgan holda salbiy auditorlik xulosasi tuzilmaydi.


    Auditorlik xulosasini tuzishdan bosh tortish. Auditorlik tekshiruvi hajmining cheklanganligi tufayli auditorlik tashkiloti moliyaviy hisobot to’g’risidagi
    fikrni ifodalash uchun etarlicha auditorlik dalillarini olishi mumkin bo’lmasa, auditorlik tashkiloti auditorlik xulosasini tuzishdan bosh tortishi mumkin.
    Auditorlik tekshiruvi hajmini cheklash - xo’jalik yurituvchi sub’ekt vakillari yoki uchinchi shaxslarning boshlab yuborilgan auditorlik tekshiruvini auditor auditorlik xulosasini tayyorlash uchun zarur deb hisoblagan hajmda o’tkazishga to’sqinlik qilishga yo’naltirilgan ochiqdan-ochiq harakatlari yoki harakatsizliklaridir.
    Auditorlik xulosasini tuzishdan bosh tortish ariza shaklida bo’lishi va "Auditorlik tashkilotining auditorlik xulosasini tuzishdan bosh tortishi to’g’risidagi ariza" deb nomlanishi kerak.
    Auditorlik xulosasi kamida uch nusxada tuziladi, shundan ikki nusxa auditorlik tekshiruvi buyurtmachisiga taqdim etiladi.
    Auditorlik xulosasi moliyaviy hisobotdan foydalanuvchilarga tushunarli bo’lishi, auditorning ishonchi komil emasligi va (yoki) rozi emasligi yuzaga keltirgan cheklashlarga doir ko’rsatmalarni o’z ichiga olishi kerak.
    Auditorlik xulosasi ochiq axborot hisoblanadi, undan moliyaviy hisobotdan foydalanuvchilarning hammasi foydalana olsin.
    Auditorlik xulosasi tegishli moliyaviy hisobotlar bilan birgalikda xo’jalik yurituvchi sub’ekt tomonidan e’lon qilinishi mumkin.
    Auditorlik tekshiruvini o’tkazmasdan tuzilgan yoki auditorlik tekshiruvi natijalari bo’yicha tuzilgan, lekin auditorlik tekshiruvi davomida auditor (auditorlar) olgan xo’jalik yurituvchi sub’ektning hujjatlari mazmuniga muvofiq kelmaydigan auditorlik hisoboti va auditorlik xulosasi qasddan yolg’on hisobot va xulosa deb hisoblanadi.
    Qasddan yolg’on auditorlik hisoboti va auditorlik xulosasini tuzish qonun hujjatlarida belgilangan javobgarlikni keltirib chiqaradi.
    Xo’jalik yurituvchi sub’ekt bilan auditorlik tashkiloti o’rtasida yuzaga kelgan nizolar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda hal etiladi.
    O’zbekiston Respublikasida mazkur holatga qisqacha to’xtalib o’tsak. Mavjud auditorlik xulosalarini umumlashtirish natijalari bo’yicha yig’ma axborot soliq organlari tomonidan belgilangan tartibda xo’jalik yurituvchi sub’ektlarni nazorat
    organlari tomonidan tekshirishning kelgusi yildagi reja-jadvalini tuzish uchun Nazorat organlari faoliyatini muvofiqlashtiruvchi Respublika kengashiga joriy yilning 1 oktyabrigacha taqdim etiladi.
    Quyidagilar oxirgi tekshirish o’tkazilgandan keyin kamida 24 oydan oldin soliq organlari va boshqa nazorat organlari tomonidan moliya-xo’jalik faoliyati tekshirilmaydigan xo’jalik yurituvchi sub’ektlar ro’yxatga kiritishning shartlari hisoblanadi:
    xo’jalik yurituvchi sub’ektda oldingi ikki yil uchun har yilgi ijobiy auditorlik xulosalarining mavjudligi;
    oxirgi ikki yil mobaynida byudjetga to’lovlar bo’yicha muddati o’tkazib yuborilgan qarzlarning yo’qligi;
    xo’jalik yurituvchi sub’ekt tomonidan moliya-xo’jalik faoliyati soliq organlari va boshqa nazorat organlari tomonidan tekshirishdan ozod etilgan davrga ijobiy auditorlik xulosalarining taqdim etilishi.
    Salbiy auditorlik xulosasiga ega bo’lgan xo’jalik yurituvchi sub’ekt nazorat organlari tomonidan xo’jalik yurituvchi sub’ektlarni tekshirish reja-jadvaliga belgilangan tartibda kiritilishi kerak.
    Mazkur Nizom qoidalarining buzilishi uchun soliq organlari va boshqa nazorat organlari qonun hujjatlariga muvofiq javob beradilar.
    Soliq organlari va boshqa nazorat organlari tomonidan belgilangan tartibda o’tkazilgan tekshirishda auditorlik xulosasining xo’jalik yurituvchi sub’ekt moliya- xo’jalik faoliyatining natijalariga muvofiq emasligi aniqlangan taqdirda, ushbu auditorlik xulosasi oldindan noto’g’ri deb hisoblanadi, auditorlik tashkiloti, shuningdek, bunda aybdor bo’lgan shaxslar qonunda nazarda tutilgan javobgarlikka tortiladi. Bunda soliq organlari tegishli auditorlik tashkilotlari tomonidan amaldagi qonun hujjatlari qoidalarining buzilishi holatlari aniqlanganligi to’g’risida qn kun muddatda O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligini xabardor qilishlari shart.
    Noto’g’ri auditorlik xulosasini tuzganlikda aybdor bo’lgan auditorlik tashkiloti va shaxslarning javobgarlikka tortilganligi xo’jalik yurituvchi sub’ektni soliqlar va
    boshqa majburiy to’lovlarni to’lashning belgilangan tartibini buzganlik uchun qonun hujjatlarida nazarda tutilgan jarimalardan ozod etmaydi.


      1. Download 444,17 Kb.
    1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   55




    Download 444,17 Kb.