• Ta‘lim qoidalari
  • Ta‘lim usuli
  • Tanbeh berish
  • Tarbiya qoidasi
  • Tarbiya usullari
  • Tashqi nazorat
  • «Texnologiya»
  • Xalqaro innovatsion universitet pedagopgika fanlari kafedrasi pedagogika nazariyasi va tarixi




    Download 5,55 Mb.
    bet103/150
    Sana27.05.2024
    Hajmi5,55 Mb.
    #255011
    1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   150
    Bog'liq
    Xalqaro innovatsion universitet pedagopgika fanlari kafedrasi pe

    Ta‘lim qonuniyatlari - o‘qitish jarayoniga qo‘yiladigan talablar yig‘indisidir. Ta‘lim printsip (qonuniyat) lari deb, ta‘limning barcha bosqichlari va hamma predmetlarini o‘qitish uchun asos bo‘ladigan qonuniyatlar, qoidalarga aytamiz. Ta‘lim qonuniyatlari o‘quvchi va o‘qituvchi orasidagi eng muhim ichki ahamiyatni aks ettiradi.
    Ta‘lim qoidalari - o‘qitishning faoliyatini va o‘quvchilar tomonidan ilmiy bilimlarning o‘zlashtirilishi, tegishli ko‘nikma va malakalar hosil qilishning asosiy qonun va yo‘l - yo‘riqlarini o‘z ichiga oladi. Ta‘lim qoidalari deb umuminsoniy tarbiyaning maqsad va vazifalarini amalga oshirishga qaratilgan o‘qish va o‘qitish jarayonlarining yo‘nalishi, o‘quvchilar tomonidan ilmiy bilimlarning o‘zlashtirilishi, bilim va malakalar hosil qilishning asosiy qonun va qoidalarining yig‘indisiga aytiladi.
    Ta‘lim usuli - ta‘lim jarayonida o‘qituvchi va o‘quvchilarning kutilgan maqsadga erishishga qaratilgan birgalikdagi faoliyatlari tushuniladi. O‘qitish usullari ta‘lim jarayonida o‘qituvchi va o‘quvchi-talaba faoliyatining qanday bo‘lishini, o‘qitish jarayonini qanday qilib tashkil etish va olib borish kerakligini belgilab beradi.
    Tanbeh berish – eng yengil jazo chorasidir. O‘qituvchi bolaga yuzma-yuz turib tanbeh beradi, buni kundaligiga yozib qo‘yish ham mumkin.
    Tarbiya nazariyasi – pedagogikaning bir qismi bo‘lib, tarbiya jarayonining mazmuni, mohiyati, qoidalari, usuli va tashkil etilishi masalalarini o‘rganadi. Tarbiya nazariyasi Markaziy Osiyo faylasuflarining va xalq pedagogikasining tarbiya borasidagi boy tajribalariga tayanadi.
    Tarbiya qoidasi - pedagog ta‘lim va tarbiya jarayonini yaxshiroq tashkil etish maqsadida foydalanadigan boshlang‘ich holat, rahbarlik asosidir. Tarbiya qoidalari o‘qituvchi, tarbiyachilarga yo‘l-yo‘riq ko‘rsatuvchi qoidalar hisoblanadi va tarbiyaviy jarayonda bu qoidalarga amal qilish uning samarasini oshiradi, yaxshi natijalarga olib keladi.
    Tarbiya usullari - o‘qituvchi, tarbiyachining tarbiyalanuvchilarga ta‘sir ko‘rsatish usullari, ularga ijobiy xulq-atvor ko‘nikmalari va malakalarini singdirish maqsadida ularning hayoti va faoliyatini tarbiyaviy jihatdan to‘g‘ri tashkil etish yo‘llaridir. Aniqrog‘i, tarbiya usuli deb tarbiyachining bolalarda axloq-odob fazilatlarini tarkib toptirish maqsadida ularning ongi va irodasiga ta‘sir etish yo‘llariga aytiladi.
    Tafakkur - arabcha «mufakkir», «mafakkirotun» so‘zlaridan olingan bo‘lib, chuqur ma’noli, teran mazmunli, chuqur fikrlash qobiliyati degan ma’noni anglatadi. Tafakkur - buyum va hodisalarning umumiy xususiyatlarini, ular o‘rtasida mavjud bo‘lgan bog‘lanishlar va munosabatlarni bilish jarayonidir
    Tashqi nazorat - O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Davlat test markazi tarkibidagi Kadrlar tayyorlash sifatini nazorat qilish, pedagog kadrlar va ta'lim muassasalari attestasiyasi boshqarmasi tomonidan tayyorlangan "Ta'lim muassasalari va pedagogik kadrlarning davlat attestasiyasi va akkreditasiyasi haqidagi Nizom" va amaldagi me'yoriy hujjatlar asosida amalga oshiriladi.
    Test – inglizcha «sinov» degan ma'noni bildiradi. Test birinchi bor 1864 yilda Buyuk Britaniyada J. Fisher tomonidan o‘quvchilarning bilim darajasini tekshirish uchun qullanilgan. Test sinovlarining nazariy asoslarini keyinchalik ingliz psixologi F. Gamelton ishlab chiqdi. Test sinovlari dastlab psixologiya fanlari doirasida rivojlandi. Pedagogik test sinovlari birinchi marta Amerikalik psixolog E. Torndayk tomonidan ishlab chiqildi.
    «Texnologiya» - tushunchasi fanga 1872 yilda kirib keldi va yunoncha «texnos»-hunar, san‘at, «logos»-fan, so‘zlaridan olingan bo‘lib, «hunar fani» ma’nosini anglatadi.

    Download 5,55 Mb.
    1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   150




    Download 5,55 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Xalqaro innovatsion universitet pedagopgika fanlari kafedrasi pedagogika nazariyasi va tarixi

    Download 5,55 Mb.