Xalqaro savdoning xususiyatlari




Download 88.5 Kb.
bet2/9
Sana04.11.2022
Hajmi88.5 Kb.
#29039
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Xalqaro savdo nazariyalari

2. Xalqaro savdoning xususiyatlari

Xalqaro savdo bir qator o`ziga xos xususiyatlarga ega:


1. Iqtisodiy resurslarning harakatchanligi mamlakatlar o`rtasida mamlakat ichidagiga qaraganda ancha past bo`ladi. Masalan, ishchilar mamlakat ichida viloyatdan viloyatga, hududdan hududga erkin o`tishi mumkin. Mamlakatlar o`rtasidagi til va madaniy to`siqlardan tashqari yana immigratsion qonunlar ishchi kuchining mamlakatlar o`rtasidagi migratsiyasiga qattiq cheklashlar qo`yadi. Soliq qonunchiligidagi, davlat tomonidan tartibga solishning boshqa tadbirlaridagi farqlar va boshqa qator muassasaviy to`siqlar real kapitalning milliy chegara orqali migratsiyasini cheklaydi.
2. Har bir mamlakat har xil valyutadan foydalanadi. Bu mamlakatlar o`rtasida xalqaro savdoni amalga oshirishda muayyan qiyinchiliklar tug’diradi.
3. Xalqaro savdo siyosiy aralashuv va nazoratga mahkum bo`lib, bu ichki savdoga nisbatan qo`llaniladigan tadbirlardan tavsifi va darajasi bo`yicha sezilarli farqlanadi.
Xalqaro savdoning tarkibiy tuzilishi ishlab chiqarish asosiy omillarining turli mamlakatlar o`rtasida joylashuvi hamda jahon ishlab chiqarishi tuzilmasiga bog’liq. Agar bundan bir asr muqaddam xalqaro savdoda ustun ravishda xomashyo, materiallar, oziq-ovqat va engil sanoat mahsulotlari ayirboshlangan bo`lsa, bugungi kunga kelib sanoat tovarlari, ayniqsa mashina va asbob-uskunalarning salmog’i sezilarli darajada o`sdi. Intellektual tovarlar va xizmatlarning ulushi ham keskin ravishda oshib, umumiy savdo aylanmasining 10 foiziga qadar etdi.
SHuningdek, xalqaro savdoni tashkil etish shakllari ham takomillashib bormoqda. An`anaviy ko`rinishdagi tovar birjalari, auktsionlar, savdo-sanoat yarmarkalari, savdo ko`rgazmalari bilan bir qatorda ikki tomonlama bitimlarning quyidagi shakllari ham keng qo`llanmoqda:
1) barter – tovarlarni to`g’ridan-to`g’ri, pul ishtirokisiz bir-biriga ayirboshlash. Barterda pul ishtirok etmasada, tovarlarning qiymatini birbiriga taqqoslash uchun pulning qiymat o`lchovi vazifasi orqali baholab olinadi;
2) eksport qiluvchilar tomonidan yetkazib berilgan tovarlar qiymatining bir qismiga import tovarlarni xarid qilish;
3) texnikaning yangi modellarini sotishda eskirgan modellarni sotib olish;
4) import qilingan asbob-uskunalar qism va detallarini importga sotuvchi mamlakat tomonidan butlab berish;
5) kompensatsion bitimlar. Mazkur bitimlar shartiga ko`ra, texnologik asbob-uskunalar etkazib beruvchi tomonlarning biri taqdim etgan kredit (moliyaviy, tovar ko`rinishidagi) bo`yicha to`lovlar ana shu asbob-uskunalarda tayyorlangan tayyor mahsulotlarni etkazib berish orqali amalga oshiriladi;
6) bir mamlakatda undirilgan xomashyoni boshqa bir mamlakat ishlab chiqarish quvvatlari yordamida qayta ishlashda ushbu qayta ishlash va tashib berish xizmatlarini qo`shimcha xomashyo etkazib berish orqali to`lash;
7) kliring operatsiyalari, ya`ni o`zaro talab va majburiyatlarni hisobga olish orqali naqd pulsiz hisoblashuv. Ikki tomonlama savdo tamoyilida amalga oshiriluvchi xalqaro operatsiyalar barcha hajmida barter bitimlari 4 foiz, ikki tomonlama xarid – 55 foiz, kompensatsion bitimlar – 9 foiz, kliring operatsiyalari 8 foizni tashkil etadi.
Xalqaro savdoda ishtirok etish har bir mamlakat uchun milliy ishlab chiqaruvchilarni tashqi raqobatdan himoya qilish vazifasini dolzarb qilib qo`yadi. Bu vazifa mamlakatlarning savdo siyosati orqali amalga oshadi. Jahon amaliyotida bu siyosatning protektsionizm (tashqi ta`sirdan himoyalash) va fritrederlik (savdoga to`liq erkinlik berish) kabi shakllari keng tarqalgan.



Download 88.5 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Download 88.5 Kb.