Javobgarlik markazlarining turlari




Download 72.15 Kb.
bet8/23
Sana23.11.2023
Hajmi72.15 Kb.
#104115
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   23
Bog'liq
Qo`shimcha mahsulot hisobi (Восстановлен)
29-tema Gáptiń sońına qoyılatuǵın irkilis belgileri, Kepler qonuni, Асосий фан олимпиадаси, Foydalanilgan adabiyotlar, Ekologiya fani va uning bo\'limlari,ekologiyaning vazifalari, 4.Ш-рларда пиё-лар ҳар-ти, MX-120 Rajabov. A, Boshlang\'ich matematika nazaryasi Mustaqil ish, IMG 20221221 0003, Alibek Rustamiy. So\'z haqida so\'z unlocked, Termiz davlat universiteti axborot texnologiyalari fakulteti, Ma’lumotlar omborini boshqarish tizimlari-fayllar.org, uzbekistan-230926010910-6216bdce (2), 1. Teylor formulasi. Teylor ko‘phadi. Peano ko‘rinishdagi qoldiq-fayllar.org
Javobgarlik markazlarining turlari. Xo’jalik yurituvchi subektlarda javobgarlik markazlari bo’yicha boshqaruv hisobini tashkil etishda ushbu markazlarning turlari mohiyatiga alohida e’tibor qaratish zarur.
Korxonada bo’linmalar bo’yicha boshqaruv hisobini samarali tashkil etish uchun ularni quyidagi belgilarga muvofiq tasniflash lozim:
- vakolatlar va javobgarlik hajmiga ko’ra;
- markaz bajaradigan funktsiyalar bo’yicha.
Vakolatlar va javobgarlik hajmidan kelib chiqqan holda javobgarlik markazlarini xarajatlar, sotish, foyda va investitsiyalar markazlariga bo’lish maqsadga muvofiqdir.
Xarajatlar markazi – bu faqat xarajatlarning maqsadli sarflanishiga mas’ul bo’lgan korxonaning bo’linmasidir (ishlab chiqarish tsexi, konstruktorlik byurosi va h.k.).
Xarajatlar markazini, o’z navbatida, boshqariladigan va erkin xarajatlar markazlariga bo’lish mumkin.
Boshqariladigan xarajatlar markazining rahbari, avvalo, mahsulot birligiga sarflanadigan xarajatlarni eng kam miqdorga keltirishga javob beradi va uning faoliyati mahsulot birligini ishlab chiqarishga sarflangan meyoriy va haqiqiy xarajatlarni taqqoslash yo’li bilan baholanadi.
Erkin xarajatlar markazi faoliyatini baholash uchun aniq mezonni belgilash murakkab, chunki korxona rahbariyati bunday markazlar xarajatlari hajmiga ta’sir qila olmaydi. Konstruktorlik byurosi, kimyoviy-texnik nazorat laboratoriyasi va h.k.lar erkin xarajatlar markazlariga misol bo’la oladi.
Boshqariladigan xarajatlar markazida mahsulot ishlab chiqarish xarajatlari va boshqa bo’limlar o’rtasida samarali munosabat o’rnatiladi. Ushbu markazlarning xarajatlarini boshqarish oldindan tuzilgan moslashuvchan byudjetlar yordamida amalga oshiriladi.
Sotish markazi javobgarlik markazining bir turi hisoblanib, bu bo’linmada rahbar faqat tushumga javob beradi. Shu sababli, unda sotishdan olinadigan tushum va uni belgilovchi ko’rsatkichlar: sotish hajmi va baho asosiy nazorat qilinadigan ko’rsatkichlar hisoblanadi.
Javobgarlik markazlari bo’yicha boshqaruv hisobini tashkil etish shuni ko’rsatadiki, har bir bo’linma faoliyati natijalarini baholash uchun muayyan javobgarlik markazining olishi kutilayoggan foydasi hajmini belgilash zarur. Bunday sharoitda javobgarlik markazlari doirasida foyda markazlari tuzish alohida ahamiyatga ega.
Foyda markazi – bu bo’linma rahbari xarajatlar va foyda uchun javob beradigan markazdir. Bunday markazlarda xarajat va daromadlar – ishlab chiqarilgan mahsulotning puldagi ifodasi bo’lib, foyda esa ular o’rtasidagi farq hisoblanadi. Foyda markazi menejeri sotish hajmi va bahoni, shuningdek, xarajatlarni nazorat qiladi.
Foyda markazi – bu kichik ko’rinishdagi korxona iqtisodidir. Foyda markazi bo’yicha boshqaruv modelidan foydalanish ko’pgina korxonalarda foyda uchun javobgarlikni nomarkazlashtirishga imkon beradi.
Foyda markazini moliyaviy natijalar to’g’risidagi hisobot, shuningdek, rejalashtirilgan foyda olish jadvali (operatsion byudjet) yordamida boshqarish mumkin.
Investitsiyalar markazi – bu rahbar nafaqat daromadlar va xarajatlarga, balki kapital qo’yilmalarga ajratilgan mablag’larga ham javob beradigan bo’linmadir.
Amaliyotda sof foydasini investitsiya qilish huquqiga ega bo’lgan bunday markazning maqsadi foyda olish hamda sarflanadigan mablag’larning rentabelligi, investitsiyalarning daromadliligi va xususiy mablag’ning ortishiga erishish hisoblanadi.
Investitsiyalar markazi faoliyatini rejalashtirilgan foyda olish jadvali (operatsion byudjet), shuningdek, pul oqimlari to’g’risidagi hisobot, buxgalteriya balansi yordamida boshqarish mumkin.
Javobgarlikning asosiy markazlari bevosita mahsulot ishlab chiqarish, ishlar bajarish va xizmatlar ko’rsatish bilan shug’ullanadi. Ularning xarajatlari bevosita mahsulot (ishlar, xizmatlar) tannarxiga kiritiladi. Asosiy ishlab chiqarish brigadalari, tsexlari va sotish bo’limini ana shunday markazlarga kiritish mumkin.
Javobgarlikning yordamchi markazlari javobgarlikning asosiy markazlariga ko’maklashish uchun tashkil etiladi. Bu markazlarning xarajatlari avval javobgarlikning asosiy markazlari bo’yicha taqsimlanadi, keyii esa asosiy markazlarning umumiy xarajatlari mahsulot (ishlar, xizmatlar) tannarxi tarkibiga kiritiladi. Ma’muriy-xo’jalik, texnik nazorat bo’limlari, ta’mirlash tsexi, asbob-uskunalar ustaxonasi va boshqalarni shunday markazlar jumlasiga kiritish mumkin.
Shuni ta’kidlash lozimki, javobgarlik markazlarini aniqlashda korxona texnologik tuzilmasini e’tiborga olish, uni gorizontal va vertikal ko’rinishlarga ajratish zarur.
Gorizontal tuzilmada markaz uchun javobgar har bir shaxs faoliyati doirasi bilan farqlanadi, vertikal tuzilmada esa boshqaruv qarorlari qabul qilishga vakolatli shaxsning harakatlari nazarda tutiladi.
Javobgarlik markazi rahbari vazifalarni bajarish bo’yicha belgilangan majburiyatlar bilan birga moliyaviy javobgarlikni ham o’z zimmasiga olishi shart. Bunda har bir markaz o’ziga tayinlangan turli funktsiyalarni bajarishi mumkin (ishlab chiqarish, marketing, texnik xizmatlar, hisob, nazorat va h.k.). Mazkur holatda, muayyan funktsiyalar yoki vositalar emas, balki xodim yoki ma’muriyat javobgarlik markazi ob’ekti bo’lib hisoblanadi.



Download 72.15 Kb.
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   23




Download 72.15 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Javobgarlik markazlarining turlari

Download 72.15 Kb.