|
Xavflarni kvantifikatsiyalash sonli va boshqa uslublarini tahlil qilish
|
bet | 1/6 | Sana | 25.01.2024 | Hajmi | 114,88 Kb. | | #145586 |
Bog'liq Xavflarni kvantifikatsiyalash sonli va boshqa uslublarini tahlil qilish
1. Hayot faoliyati xavfsizligini taminlash asoslari va tarkibiy qismlari 2. Xavfsizlikni taminlash usullari, ta`riflari 3. Hayot faoliyati xavfsizligini boshqarishning uslubiy asoslari 5. Xavflarni o`rganish usullari 6. Faoliyat va uni xavfsizligini ta`minlash
1. Hayot faoliyati xavfsizligini taminlash asoslari va tarkibiy qismlari
Xavfsizlik umumiy nazariyasining tuzilishida asoslar va usullar ko`rilayotgan sohadagi aloqalar to`g’risida to`liq tasavvur qilishda metodologik ahamiyatga ega.
Asos, bu - fikr, g’oya, maqsad (asosiy holat)dir. Usul, bu – eng umumiy qonuniyatlarni bilish orqali maqsadga erishish yo`lidir.
Xavfsizlikni taminlash asoslari, usullari mantiq hamda dialektikaga xos umumiy usullarga tegishli bo`lmay, maxsus va ayrim usullardan hisoblanadi. Usullar va asoslar o`zaro bog’liqdir. Xavfsizlikni taminlash choralari, bu – usullarni va asoslarni amaliy, tashkiliy, moddiy gavdalantirib amalga oshirishdir.
Asoslar, usullar, choralar xavfsizlikni ta`min etishdagi mantiqiy pog’onadir. Ularni tanlab olish faoliyatning aniq sharoitlariga, xavfning darajasiga va boshqa mezonlarga bog’liq.
Xavfsizlikni taminlash yo`llari ko`p. Ularni belgilariga qarab bir necha sinfga ajratish mumkin. Masalan, yo`naltiruvchi, texnik, tashkiliy, boshqaruv.
Yo`naltiruvchi belgilari: operatorning faolligi, iqtidori; tizimning tartibsizlanishi (destruktsiya), operatorni almashtirish, tasniflash, xavflarni yo`qotish, tartiblash, xavfni kamaytirish.
Texnik belgilari: blokirovkalash, vakuumlash, germetiklash, masofadan boshqarish, mahkamlash, to`siqlar orqali himoyalash, ojiz zveno qo`llash, siqilgan havo qo`llash, harakatlarni sekinlashtirish.
Tashkiliy belgilari: vaqt bilan himoyalash, axborot (ma`lumotlar), zahiralash, mos kelmaslik, me`yorlash, xodimlar tanlash, ergonomiklik.
Boshqaruv: moslik, nazorat, qarshi aloqa, javobgarlik, rejalilik, rag’batlantirishlar, samaradorlik, boshqarish.
|
| |