• Mamlakatning oliy qonuni – Xitoy Konstitutsiyasi
  • Xitoy Xalq Respublikasining huquqiy tizimi




    Download 206.84 Kb.
    bet2/6
    Sana20.05.2022
    Hajmi206.84 Kb.
    #21514
    1   2   3   4   5   6
    Bog'liq
    Xitoy Xalq Respublikasining huquqiy tizimi
    10-sinf sinf soati ish reja va konspekti, file (1) (1), file, file (1) (1) (1), Variant 14 Jumayev A. 0170-22
    Boshqaruv shakliga ko`ra

    sovetlarga xos (sotsialistik) tipdagi respublika

    1982 yilgi Konstitutsiyaga binoan, Xitoy Xalq Respublikasi ishchilar sinfi yetakchilik qiladigan hamda ishchilar va dehqonlar ittifoqiga asoslangan, xalqning demokratik diktaturasiga ega bo`lgan sotsialistik davlat. Xitoy Kommunistik partiyasi (XKP) siyosiy tizimning hukmron va yetakchi kuchi bo`lib, ushbu holat XXR Konstitutsiyasida aks ettirilgan. Siyosiy tizim partiya va davlat vazifalarining, XKP va davlatning uzviy mushtaraklik xususiyatiga ega. XKPdan tashqari, Xitoyda yana sakkizta partiya mavjud.
    Butunxitoy xalq vakillari majlisi (BXVM) XXRda davlat hokimiyatining oliy organi bo`lib, BXVM Doimiy qo`mitasi uning muntazam ishlab turuvchi organidir. Ushbu ikkita organ mamlakatda qonun chiqaruvchi hokimiyatni amalga oshiradi. BXVM deputatlari provinsiyalar, avtonom tumanlar, markazga
    bo`ysunuvchi shaharlar va qurolli kuchlardan tanlov asosida ko`p bosqichli saylov yo`li bilan 5 yil muddatga saylanadilar.
    BXVM vakolatlari:

    BXVM tomonidan saylanadigan XXR Raisi davlat boshlig`idir. Uning vakolatlari muddati BXVM vakolatlari muddatiga mos keladi, lekin u yangi chaqiriqdagi BXVM tomonidan saylanadigan Rais lavozimini bajarishga kirishgunga qadar o`z vakolatlarini amalga oshiradi. XXR Raisi lavozimini ketma-ket ikki muddatdan ortiq egallab turishi mumkin emas. BXVM va uning Doimiy qo`mitasi qarorlari asosida XXR Raisi qonunlarni eʼlon qilish, bir qator oliy mansabdor shaxslarni (Davlat Kengashi raisi, uning o`rinbosarlarini, Davlat kengashi aʼzolari va boshqalarni) tayinlash, davlat ordenlari bilan mukofotlash va unvonlar berish, chet davlatlardagi diplomatik vakillarni tayinlash va chaqirib olish, chet davlatlar bilan tuzilgan shartnomalarni ratifikatsiya va denonsatsiya qilish, afv, safarbarlik, favqulodda holat joriy etish va urush holati eʼlon qilish to`g`risidagi farmonlarni ommaviy axborot vositalarida eʼlon qilish bo`yicha vakolatlarni amalga oshiradi.
    XXR Davlat kengashi davlatning markaziy ijro etuvchi organi bo`lib, u Konstitutsiyaning 85-moddasida shunday taʼriflanadi: "Markaziy xalq hukumati, davlat hokimiyatining ijro etuvchi organi, oliy davlat maʼmuriy organi". U rais, uning o`rinbosarlari, Davlat kengashi aʼzolari, vazirlar, qo`mitalarning raislari, Bosh taftishchi va kotibiyat boshlig`idan tarkib topadi. Rais, uning o`rinbosarlari, Davlat kengashi aʼzolari va kotibiyat boshlig`i Davlat kengashining Doimiy qo`mitasini tashkil etadilar. Uning vakolati muddati - 5 yil. Davlat kengashi umumdavlat miqyosidagi maʼmuriy ishlarga, vazirliklar va idoralar faoliyatiga rahbarlik qiladi hamda tegishli vakolatlarga ega. U BXVM va uning Doimiy qo`mitasi oldida javobgardir va ularga hisob beradi.
    Mamlakatning oliy qonuni – Xitoy Konstitutsiyasi . Boshqa qonunlarga (ahamiyati kamaygan tartibda) qonunlar, ma'muriy buyruqlar, mahalliy qarorlar va qoidalar kiradi. Milliy va mahalliy ma'muriy reglamentlarning qo`llanilishi tegishli ravishda Davlat Kengashi va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlariga bo`ysunadigan vazirliklar tomonidan ta'minlanadi.


    Download 206.84 Kb.
    1   2   3   4   5   6




    Download 206.84 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Xitoy Xalq Respublikasining huquqiy tizimi

    Download 206.84 Kb.