|
Xolatini o’zgartirib
|
bet | 1/3 | Sana | 31.01.2024 | Hajmi | 2,92 Mb. | | #149387 |
Bog'liq TAYYOR JURNALISTT
Texnologiya so’zi grekchadan tarjima qilinganda san'at, ustalik, malaka ma'nosini anglatadi. Texnologiya — bu sun'iy ob'ektlarni yaratishga yo’naltirilgan jarayonlarni boshqarishdir. Texnologiya ob'ektining dastlabki, boshlang’ich xolatini o’zgartirib, yangi, oldindan belgilangan talabga javob beradigan xolatga keltiradi. Misol uchun bug’doydan turli texnologiyalar orqali etil va texnik spirt olish yoki dukkakli eknlardan yog’ va boshqa maxsulotlarini ajratib olish mumkin. Agar boshlang’ich xom ashyo sifatida axborot olinsa, ushbu axborotga ishlov berish natijasida axborot maxsulotinigina olish mumkin. Ushbu xolda xam «texnologiya» tushunchasining ma'nosi saqlanib qolinadi. Faqat unga «axborot» so’zini qo’shish mumkin. Bu narsa axborotni qayta ishlash natijasida moddiy maxsulotni emas, balki axborotnigina olish mumkinligini anglatadi.
Axborot texnologiyasi — bu axboriy ma'lumotni bir ko’rinishdan ikkinchi, sifat jixatidan yangi Ko’rinishga keltirish, axborotni yig’ish, qayta ishlash va uzatishning usul va vositalari majmuasidan foydalanish jarayonidir.
AXBOROT TEXNALOGIYALARI
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiya sohasidagi taraqqiyot barchaning hayot tarzini oʻzgartirmoqda: qanday ishlash va biznes qilish, farzandlarga qanday taʼlim berish, oʻqib-oʻrganish va tadqiqot qilish, qanday zavq olish — bularning barchasi zamonaviy axborot texnologiyalari taʼsirida oʻzgarmoqda.
Axborot jamiyati tushunchasi asrimizning eng dolzarb fenomenlaridan biri boʻlib, koʻplab mutaxassislar oʻz ishlarida shu tushunchaga oʻz tavsiflarini berishgan. Quyida shulardan eng ommaboplarini koʻrib chiqamiz:
1)Axborot jamiyati tushunchasi — axborot-kommunikatsiya texnologiyalari toʻliq qoʻllanilgan va ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning omili sifatida kundalik hayotning bir qismi boʻlgan mamlakat yoki mintaqani nazarda tutadi.
3)Axborot jamiyati shunday jamiyatki, unda asosiy mahsulot yoki boshqa mahsulotlar uchun zaruriy shart axborot boʻladi. Aslida, axborot jamiyatida ishchilarning natijalari va tashkilotlarning muvaffaqiyati ularning axborotdan foydalanish qobiliyatiga bogʻliq.
2)Axborot jamiyati — bu axborotni yaratish, tarqatish, foydalanish, birlashtirish va manipulyatsiya qilish muhim iqtisodiy, siyosiy va madaniy faoliyat boʻlgan jamiyat.
5)Axborot jamiyati — bu axborot kommunikatsiya texnologiyalariga asoslangan ijtimoiy munosabatlar yigʻindisidir. Ushbu jamiyatning diqqat markazida axborot bilimga taʼsir qiluvchi element sifatida koʻriladi.
6)Axborot jamiyati — bu asosiy drayverlari raqamli axborot-kommunikatsiya texnologiyalari boʻlgan postindustrial jamiyat.
4)Axborot jamiyati — aksariyat fuqarolarning kundalik hayotida va ish joylarida yuqori darajadagi axborot intensivligi bilan ajralib turadigan jamiyat; bu jamiyatda shaxsiy, ijtimoiy, taʼlim va biznes faoliyatining keng doirasi uchun umumiy yoki mos keluvchi texnologiyalardan foydalanish hamda masofadan qatʼiy nazar joylar oʻrtasida raqamli maʼlumotlarni tezlik bilan uzatish, qabul qilish va almashish imkoniyati mavjud boʻladi.
|
| |