|
TAVSIFI
INSONIYATNING “AXBOROT TEXNALOGIYALARI” GACHA BOSIB O’TGAN YO’LI
|
bet | 2/3 | Sana | 31.01.2024 | Hajmi | 2,92 Mb. | | #149387 |
Bog'liq TAYYOR JURNALISTTTAVSIFI
INSONIYATNING “AXBOROT TEXNALOGIYALARI” GACHA BOSIB O’TGAN YO’LI
Birinchi informatsion inqilob yozuvning kashf etilishi bilan bogʻliq. Yozuv insoniyatga bilimlarni toʻplash va uni avlodlarga uzatish imkonini berdi.Oʻz yozuviga ega boʻlgan sivilizatsiyalar boshqalariga nisbatan yuqori iqtisodiq va madaniy darajaga erishganligi maʼlum. Bunga misol qilib, Qadimgi Misr, Mesopatamiya, Xitoy kabilarni keltirish mumkin.Bu borada piktografik va ieroglifik yozuvdan alifboli yozuvga oʻtish alohida ahamiyatga ega boʻldi.
Axborot hamisha jamiyat hayotida ham, alohida shaxs hayotida ham muhim oʻrin egallagan. Insoniyat tarixida axborotlarni yigʻish, saqlash va uzatish vositalarining rivojlanish jarayoni bir tekis kechmagan va bir necha bor axborot sohasida „Informatsion inqilob“ deb ataluvchi global ahamiyat kasb etuvchi hodisalar yuz bergan.
INSONIYATNING “AXBOROT TEXNALOGIYALARI” GACHA BOSIB O’TGAN YO’LI
Ikkinchi informatsion inqilob XVI asr oʻrtalarida kitob bosishning ixtiro qilinishi bilan bogʻliq. Bu hodisa axborotlarni saqlabgina qolmay, ularni ommaga yoyish imkoniyatini yaratdi. Savodxonlik alohida tabaqalar doirasidan chiqib, ommaviy tusga kirdi. Bular ilmiy texnika rivojlanish jarayonini tezlashtirdi. Kitoblar bilimlarning alohida mamlakat chegarasidan chiqib, umuminsoniy sivilizatsiya yaratilish jarayoniga turtki boʻldi.
INSONIYATNING “AXBOROT TEXNALOGIYALARI” GACHA BOSIB O’TGAN YO’LI
Uchinchi informatsion iqilob XIX asr oxirida boʻlgan aloqa vositalarining taraqqiyoti bilan bogʻliq. Telegraf, telefon va radio maʼlumotlarni turli masofalarga operativ uzatish va qabul qilish imkonini berdi. Insoniyat taraqqiyotining aynan shu bosqichi „globallashuv“ jarayonining debochasi boʻlib qoldi. Axborot uzatish vositalarining taraqqiyoti tezkor va ishonchli aloqa vositalariga muxtoj boʻlgan fan va texnikaning gurkirab rivojlanishiga olib keldi.
INSONIYATNING “AXBOROT TEXNALOGIYALARI” GACHA BOSIB O’TGAN YO’LI
Toʻrtinchi informatsion inqilob XX asrning 70-yillarida mikroprotsessorli texnika va xususan, shaxsiy kompyuterlarning paydo boʻlishi bilan bogʻliq. Shuni taʼkidlab oʻtish lozimki, axborot revolyutsiyasiga XX asr oʻrtalarida kompyuterlarning paydo boʻlishi emas, mikroprotsessorli tizimlarning keng tarqalishi sabab boʻldi. Ushbu jarayon axborotlarni saqlash va izlash tizimlarini radikal oʻzgartirib, kompyuterli telekommunukatsiyalarning paydo boʻlishi va rivojlanishiga olib keldi. Aynan toʻrtinchi information inqilob „Axborot texnalogiyalari“ rivojiga asos boʻldi. Buning natijasida axborotning katta oqimlari vujudga keldi. Mutaxassislar fikriga koʻra, 1900-yilgacha bilimlarning toʻplanishi va rivojlanishi juda sekinlik bilan borgan boʻlsa, 1900-yildan keyin har 50 yilda 2 baravarga, 1950-yildan keyin har 10 yilda 2 baravarga, 1970-yildan boshlab, har 5 yilda 2 baravarga, XX asr oxiridan boshlab har yili 2 baravarga ortib bormoqda.
|
| |