|
Xoldarov Diyorbekning Operatsion tizimlar fanidan tayyorlagan
|
bet | 1/3 | Sana | 23.05.2024 | Hajmi | 6,92 Mb. | | #251162 |
Bog'liq Kholdarov Diyorbek2
TAQDIMOTI
Mavzu: Operatsion tizimlarda virtual xotira tushunchasi Virtual xotira Kompyuter Xotira turlari
Reja
tushunchasi
tushunchasi
Xotira qurilmasi Xotira qurilmasi – elektron hisoblash mashinasi (EHM), raqamli hisoblash mashinasi (RHM) va kompyuterlarning axborotlarni qayd qilish, saqlash va operator izlaganda „qaytarib berish“ uchun moʻljallangan qismi. Asosan integral mikrosxemalardan iborat. Xotira qurilmasida axborotlarni qayd qilishda axborotlarni eltuvchi material (perfokarta, perfolentami mexanik tarzda surish, magnit materiallar (magnit disk, magnit lenta va boshqalar) ning magnit xossasini oʻzgartirish, dielektriklarda elektrostatik zaryadlarni toʻplash, tovush va ultratovush tebranishlaridan foydalanish, oʻta oʻtkazuvchanlik hodisasini qoʻllash va boshqa amallar bajariladi.
Xotira qurilmasining axborotlar oʻchmaydigan (diod matritsalar, perfolentalar va boshqalardagi axborotlar) va oʻlchadigan (magnit eltuvchilar, ferromagnit oʻzaklar va boshqalardagi axborotlar) turlari bor. Xotira qurilmasining asosiy ish koʻrsatkichi birligi bit yoki bayt (8 bit)da oʻlchanadigan sigʻim, yaʼni bir vaqtda Xotira qurilmasida joylashishi mumkin boʻlgan belgilar soni hisoblanadi.
Kompyuterning „miyasi“ – mikroprotsessor maʼlumot yoki dasturlarni aynan xotiradan oladi va natijalarni unga qayd kiladi. Kompyuter diskdan maʼlumotlarni „oʻqib“, maxsus qismida saqlaydi va ish jarayonida undan bevosita foydalanib turadi. Ana shu maxsus kiyem operativ xotira deb ataladi. Kompyuterning imkoniyatlari operativ xotira sigʻimiga bogʻliq. Kompyuterda operativ xotira 1 Mbayt yoki undan kichik boʻlsa, u faqat MS DOS OT muhitida, agar 4 Mbayt boʻlsa, MS DOS OT, Windows 3.1 muhitida, 32 Mbayt va undan katta boʻlsa, lokal tarmoqdar (internet, elektron pochta – Email) da ishlashi mumkin. Koʻpchilik kompyuterlarda operativ xotira orasiga qoʻshimcha KEShxotira oʻrnatiladi. Koʻp ishlatiladigan maʼlumotlar ana shu xotiraga kayd kilinadi.
|
| |