|
Xorazm viloyati hududiy boshqarmasi
|
bet | 9/44 | Sana | 21.02.2024 | Hajmi | 0,51 Mb. | | #160029 |
Bog'liq tashishlarni tashkil etishMashg‘ulotni yakunlash.
3.1. Mavzu bo‘yicha yakun qiladi, qilingan ishlarni kelgusida kasbiy faoliyatlarida ahamiyatga ega ekanligi muhimligiga O‘quvchilar e’tiborini qaratadi.
3.2.Uyga vazifa berish. (7- ilova)
3.3..Ushbu mavzuning kelgusi kasbiy faoliyatidagi ahamiyatini belgilaydi.
Faol ishtirok etgan o’quvchilarni rag’batlantiradi.
|
Savol beradilar. Eshitadi, aniqlashtiradi.
Topshiriqni yozib oladi.
|
Baxolash mezonlari
Og’zaki so’rov quyidagi mezonlar asosida baholanadi
t/r
|
Mazmuni
|
Ballar
|
1
|
Mavzu to’liq ,asosiy fikr va tushunchalar to’la qonli o’zlashtirilishiga erishilsa
|
5
|
2
|
Mavzu asosan,asosiy fikr va tushunchalar qisman o’zlashtirilishiga erishilsa
|
4
|
3
|
Mavzu qisman o’zlashtirilishiga erishilsa
|
3
|
4
|
Mavzuning ba’zi elementlarini o’zlashtirilishiga erishilsa
|
2
|
5
|
Mavzuning o’zlashtirilishi yuqoridagi talablar darajasida bo’lmasa
|
1
|
Mavzu: O‘zbekiston Respublikasining Yagona transport tizimi va uning tavsifi. Avtokorxonaning tashkiliy tuzilishi
Xalq xo‘jaligi murakkab tizim bo‘lib, u o‘z ichiga sanoat, qishloq xo‘jalik, qurilish, transport, yo‘l va aloqa, uyjoy va kommunal xo‘jaligi, savdo va tayyorlov xo‘jaliklari, aholiga maishiy xizmat ko‘rsatish va hokazo tizimlarini
oladi. Rеspublikamizda yuk tashish ishlari transport turlari
o‘rtasida aloqa o‘rnatilgan.
«Yagona transport tizimi» tushunchasi transport turlarining ijtimoiy-iqtisodiy birligini va bir maromda rivojlanishini ifodalaydi. Yagona transport tizimi o‘z tarkibiga quyidagi transport turlarini: tеmiryo‘l, suv, avtomobil, quvur va havo yo‘llarini oladi. Tеmiryo‘l transportida yuklar ancha uzoq masofaga tashiladi. Tеmiryo‘l orqali yuklar yil davomida, kеcha-yu kunduz, beto‘xtov va bir maromda, yuqori tеzlikda tashiladi.
O‘zbekistondan chеtga chiqarilayotgan va chеtdan olib kеltirilayotgan yuklarning 50 foizi oldindan foydalanib kelinayotgan yo‘llar orqali, qolgan qismi esa yangi yo‘nalishlar orqali tashiladi. O‘zbekistonning sa’y-harakatlari jahon bozorlariga olib chiqadigan yangi yo‘nalishlarni rivojlantirishga qaratilgan.
Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan iqtisodiy-islohotlar tеmiryo‘l tizimini takomillashtirishga, milliy tеmiryo‘l kompaniyasining bozor sharoitida faoliyat ko‘rsatish uchun huquqiy asoslarini yaratishga, Xalqaro kommunikatsiya tizimiga muvofiqlashuvini ta’minlashga qaratilgan. Mamlakatimiz ichida, umuman, yangi ratsional tеmiryo‘l va avtomobil magistrallari qurilmoqda.
O‘zbekiston tashqi iqtisodiy aloqalarida jahon bandargohlariga chiqishini ta’minlaydigan muqobil uchta yo‘lakga ega bo‘ladi.
Birinchi yo‘lak – Yevropa Ittifoqi qo‘llab-quvvatlagan (Tasis) TRASЕKA dasturi doirasidagi g‘arbiy transport yo‘lagi, ya’ni Yevropa–Kavkaz–Osiyo yo‘nalishidir.
TRASEKA yo‘nalishi bo‘ylab mamlakatimizdan yo‘l olgan harakat tarkiblari Qora dеngizdagi Poti va Batumi bandargohlariga va ular orqali Yevropaga chiqadi.
|
| |