Oyning Yerga nisbatan aylanish davri




Download 258.5 Kb.
bet5/5
Sana03.04.2021
Hajmi258.5 Kb.
#14028
1   2   3   4   5
Oyning Yerga nisbatan aylanish davri sinodik oy deb ataladi.

Lotinchada «sunodos» — «qo‘shilish» demakdir.

Yangi Oyning ko'rinish davri ham sinodik oyga to'g'ri keladi.

Oy o'zidan nur chiqarmaydi, balki u Quyoshdan tushayotgan nurlarni qaytaradi. Bizga qarab turgan sirtining bir qismi Quyosh bilan yoritilgan, qolgan qismi esa qorong'i bo'ladi.Oy bizga goh to'lin oy, goh yarim oy bo'lib ko'rinadi, gohida esa butunlay ko'rinmay qoladi.Nima uchun shunday bo’ladi?



a rasmda Oyning Yerni bir marta aylanish davridagi 8 ta holatitasvirlangan. Yer sirtida turgan kuzatuvchiga ko'rinish holatlari esa b rasmda aks ettirilgan.

1-holat


Quyosh endigina botgan va Oy ham g’arb tomonda bo’lsin. Bu holda Quyosh nurlari Oyning Yerga ko’rinmaydigan orqa tomonini no’liq yoritadi,Yerga o’girilgan qismi esa kuzatuvchiga ko’rinmaydi.

2-holat


Kunlar o’tishi bilan quyosh botgan paytda Oy ufqdan balandlashadiva tez kunda yangi oy bo’lib ko’rinadi. 3-4 kun o’tgandan keyin Quyosh botish paytida Oy osmon gumbazining janubi – g’arb qismida bo’ladi. Bunda kuzatuvchiga Oyning yoritilgan bir qismi ko’rinadi.

3-holat


Oradan yana 3-4 kun o’tgandan keyin Quyosh botish paytida Oy osmon gumbazining janubiy qismida bo’ladi va u kuzatuvchiga yarim oy bo’lib ko’rinadi.

4-holat


Oy kundan kunga sharq tomonga siljiy boradi, Oyning yoritilgan qismi kuzatuvchiga nisbatan kattalashavtradi.

5-holat


Yana 3-4 kun o’tgandan keyin Quyosh botgan paytda osmon gumbazining sharq tomonida to’lin oy ko’rinadi.Bunda Quyosh uning kuzatuvchiga qarab turgan yarmini to’liq yoritadi.

6-8 holatlar

Bundan keyingi kunlarda Oyning yoritilgan qismi ko’rinishi kamaya boradi.

Yerga eng yaqin osmon jismi Oy bo’lib, u planetamizning tabiiy yo’ldoshidir. Oy massasi yernikidan 81 marta kichik oy sirtidagi tortilish kuchi yerdagidan 6 marta kam. Uning sirtida erkin tushish tezlanishi 1,63 m/s2 ga teng, zichligi 3,3 g/sm3. Ya’ni yernikidan 1,5 marta kam.

Kunduzi oyning ekvatori atrofida +1200C yarim kechada -1500C ni tashkil etadi. Oyga tushgan kosmonavt birinchi navbatda o’zini juda yengil his etadi. Bu oyning tortishish kuchini kamchiligidir.

Kosmonavt o’z skafandri bilan yerda 90 kg bo’lsa, oyda atigi 15 kg bo’ladi.

Oyda quyosh ko’tarila boshlashi bilan osmonda yulduzlar yo’qolmaydi. Tim qorong’i osmonda quyosh bilan birga kun bo’yi yorug’ yulduzlar porlab turaveradi. Oyda shafaq ko’rinmasligining sababli unda atmosfyeraning yo’qligidir. Quyosh chiqqandan so’ng to tush bo’lguncha 7 kun 9 soat vaqt ketadi. Oyda tovush eshitilmaydi, chunki tovush to’lqinlarini tashuvchi muhit yo’q. Shuning uchun maxsus radioperedatchiklardan foydalaniladi. Oy rel’efining asosiy qi smini kraterlar tashkil etadi. Katta kraterlardan biriga Ulug’bek nomi berilgan.

Yerdan uchirilgan kosmik raketa birinchi marta 1959- yildaOyga yetib bordi. Sobiq Sovet Ittifoqidan uchirilgan bu avtomatik stansiya Oy va Yer suratini olib Yerga uzatdi.

1969 – yilda inson ilk bor oyga qadam qo’ydi. AQSH tomonidan uchirilgan kosmik raketa astronavtlar bilan birga oyga ohista qo’ndirildi.

Darsni mustahkamlash:



  1. Sayyora Atrofida doimiy aylanb yuruvchi osmon jisminima deyiladi?

A) sun’iy yo’ldosh B) tabiiy yo’ldosh C)Mayda osmon jismi

2) Oyning Yerdan o’rtacha uzoqligi qancha?

A) 3844000km B)405400km C)363400km

3) Oy diametri Yernikidan necha marta kichik?

A) 3 marta B) 4 marta C) 6 marta

4) Oyning yulduzlarga nisbatan Yer sharini aylanib chiqish davri nima deb ataladi?

A) Sinodik oy B) Siderik oy C) To’lin oy

5) Oy Yer atrofini qaysi yo’nalishda aylanadi?

A) g’arbdan sharqqa B) sharqdan g’arbga C)shimoldan Janubga

6) Siderik davr qanchaga teng?

A) 30 sutka B) 27 sutka 8 soat C) 29 sutka 12 soat

7) Oyning Yerga nisbatan aylanish davriga nima deyiladi?

A) Sinodik oy B) Siderik oy C) Yarim oy

8) Oyning qaysi qismi yorug’ bo’lib ko’rinadi?

A) Quyosh nurlarini yutgan qismi

B) Quyosh nurlarini qaytargan qismi

C) Quyosh nurlari tushmaydigan qismi

9) Oy sirtidaga chuqurliklarga nimalar deyiladi?

A) Jarliklar B) kraterlar C)dengizlar

10) Yerdan Oyga qachon Birinchi bo’lib kosmik raketa uchirilgan?

A)1959 yil B) 1969 yil C)1962 yil

11) Oyga ilk bor nechanchi yilda insoniyat qadami yetdi?

A)1969 yil B) 1959 yil C)1962 yil

12) Oydagi katta kraterlardan birini nomini ko’rsating?

A) Al-Xorazmiy B) Beruniy C) Ulug’bek

Masala:


Oydagi erkin tushish tezlanishi 1,6 m/s2 ga teng.Har biringiz oyda qanday og’irlikka ega bo’lardingiz?

Uyga vazifa: O’tilgan mavzuni o’qib kelish, Oy haqida qo’shimcha materiuallar to’plash va quyidagi jadvalni to’ldirish.

Oyda insoniyatni yashash ehtimolligi



Oydagi ijobiy muhit

Oydagi salbiy muhit

1







2







3














Xulosangiz


Download 258.5 Kb.
1   2   3   4   5




Download 258.5 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Oyning Yerga nisbatan aylanish davri

Download 258.5 Kb.