rasman band aholining 6%
i mehnat qilsada, ushbu turdagi korxonalar
jami
ishlab
chiqarish
hajmining
15%
ini
va
asosiy
kapitalga
investitsiyalarning 24%
ini ta’minlaydi.
Shuningdek, xorijiy kapital ishtirokidagi korxonalar mamlakat tashqi
savdo faoliyatida ham muhim ahamiyat kasb etadi. Bu turga mansub
korxonalar respublikadagi
jami korxonalarning 2,5%
ini tashkil qilsada,
2021-
yil yakunlariga ko‘ra, ularning mamlakat
tashqi savdo aylanmasi
dagi
ulushi
19,8%ga
,
eksportida 19,7%ga
va
importida 25%
ga teng.
Ayni turdagi ko
rxonalar to‘qimachilik va to‘qimachilik mahsulotlari
eksportida asosiy rol o‘ynaydi (respublika bo‘yicha jami eksport hamining
44,3%i). Shu bilan birga, kimyo mahsulotlari (33,5%), mashina va uskunalar
(17,3%), qora metallar va ulardan tayyorlangan mahsulotlar (35,7%),
xizmatlar (27,3%) va oziq-ovqat mahsulotlari (24,2%) eksportiga salmoqli
hissa qo‘shib kelmoqda. Xorijiy kapital ishtirokidagi korxonalarga jami import
qilinadigan rangli va qora metallarning 45%i, kimyoviy mahsulotlarning 33%i,
asbob-uskunalarning 25%i, oziq
–ovqat mahsulotlarining 20%i to‘g‘ri keladi.
Shuningdek, bu yo‘nalishdagi korxonalar tashqi savdo aylanmasida
30% miqdorida manfiy saldo kuzatilmoqda. Ular eksportining asosini
to‘qimachilik va to‘qimachilik mahsulotlari (taxminan 40%), xizmatlar (21%),
kimyo mahsulotlari (12%) va oziq-ovqat mahsulotlari (10%) tashkil etadi.
Ayni paytda, ushbu korxonalar importining asosiy qismi mashina va asbob-
uskunalar (36,6%), kimyo mahsulotlari (22%), qora metallar va ulardan
tayyorlangan mahsulotlar (
14%) hissasiga to‘g‘ri kelmoqda.
Mazkur holat bir tarafdan, xorijiy kapital ishtirokidagi korxonalarning
faoliyati ichki bozorga yo‘naltirilganligi va eksport faoliyatini rivojlantirishda
ishtirok etish darajasi pastligini ko‘rsatadi. Chunki eksport asosan qo‘shilgan
qiymati past bo‘lgan mahsulotlarga qaratilgan.
Xorijiy kapital ishtirokidagi korxonalar faoliyati tahlili ular respublikadagi
eng faol va eng samarali xo‘jalik yurituvchi subyektlar ekanligini
ko‘rsatmoqda. Biroq, ularning salohiyatidan, asosan eksportda, hanuzgacha
yetarli darajada foydalanilmayapti. Shuningdek, korxonalar soni ham ko‘p
emas.
Chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalarning respublika
iqtisodiyotidagi rolini oshirish uchun ularning eksport faoliyatiga, jumladan
chuqur qay
ta ishlangan mahsulotlar eksportiga ko‘proq e’tibor qaratish lozim.
Prognozlashtirish va makroiqtisodiy tadqiqotlar instituti
100011,
O‘zbekistan Respublikasi, Toshkent sh., Xadra mavzesi, 33-uy
E-mail:
info@ifmr.uz
Murojaat uchun telefon: +998 (71) 244-01-17
|