-bob. Stajirovkaga rahbarlik qilish




Download 486.14 Kb.
bet14/21
Sana04.10.2023
Hajmi486.14 Kb.
#86381
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   21
Bog'liq
maftuna stajirovka
ALT ergonomika 6 mavzu, RD, 4- ma’ruza. Chiziqli tenglamalar sistemasi Reja, MUSTAQIL ISH, IF, Barcha tadbirlar-64-betlik, Mavzu; Har xil bosqichlarda mehnat gigienasi, 978-5-8050-0542-9, Boshlang\'ich sinflarda axborot texnologiyalari, Boshlang\'ich sinflarda axborot texnologiyalari, B.B.Tugalov , 2017 35 UYKURR, Faoliyat xavfsizligini taminlashning ergonomik ko`rsatgichlarini, Cyber Security Task 2 - Model Answer
3-bob. Stajirovkaga rahbarlik qilish
17. OTMdan stajirovka rahbari stajirovka davomida magistratura talabasi tomonidan stajirovka dasturining o‘z vaqtida bajarilishini nazorat qiladi va zarur hollarda, unga amaliy ko‘maklashib boradi.
Stajirovka nazorati elektron ravishda yoki boshqa telekommunikatsiya vositalari (telefon, faks va boshqa vositalar) orqali amalga oshirilishi mumkin.
18. OTMdan stajirovka rahbari:
magistratura talabalarini stajirovka o‘tash joylariga taqsimlashda ishtirok etadi;
magistratura talabasiga berish uchun OTMning tegishli bo‘linmasidan stajirovka kundaligini qabul qilib oladi;
stajirovka o‘tash dasturini ishlab chiqadi;
magistratura talabasining stajirovkasiga umumiy rahbarlik qiladi;
stajirovka o‘tash uchun ketayotgan magistratura talabasiga zarur yo‘l-yo‘riqlar beradi;
magistratura talabasining stajirovka o‘tash joyiga yetib borishi va qaytishini nazorat qiladi;
qabul qiluvchi tashkilotdan stajirovka rahbari bilan stajirovka o‘tash holati bo‘yicha muntazam ravishda aloqada faoliyat olib boradi;
magistratura talabasiga stajirovka o‘tash dasturini bajarish bo‘yicha uslubiy yordam ko‘rsatadi;
zarur hollarda, stajirovka o‘tash joylariga borish orqali stajirovka o‘tash tartibiga magistratura talabasi tomonidan rioya qilinishini, stajirovka o‘tash dasturi bajarilishini nazorat qiladi;
stajirovka o‘tashni takomillashtirish yuzasidan o‘z taklif va mulohazalarini OTM kengashida ko‘rib chiqish uchun taqdim etadi.
19. Qabul qiluvchi tashkilot rahbari:
stajirovkani tashkil etish bo‘yicha buyruq (qaror) qabul qiladi;
malakali va tajribali mutaxassislar orasidan stajirovka rahbarini tayinlaydi;
magistratura talabasiga stajirovka o‘tash dasturiga muvofiq stajirovka o‘tash uchun zarur sharoitlar yaratilishini ta’minlaydi.
20. Qabul qiluvchi tashkilotdan stajirovka rahbari:
tashkilotda magistratura talabasining stajirovkasiga umumiy rahbarlik qiladi;
magistratura talabasiga zarur yo‘l-yo‘riqlar va tushuntirishlar beradi;
magistratura talabasini qabul qiluvchi tashkilot obyektlarining tuzilishi, faoliyat yo‘nalishlari va boshqa o‘ziga xos xususiyatlari bilan tanishtiradi;
magistratura talabasining stajirovka o‘tash dasturiga taalluqli zarur materiallardan foydalanishini ta’minlaydi;
magistratura talabasiga stajirovka o‘tash dasturida nazarda tutilgan masalalar bo‘yicha zarur maslahatlar beradi;
magistratura talabasi tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar va stajirovka kundaligining yuritilishi ustidan doimiy nazoratni amalga oshiradi;
OTMdan stajirovka rahbari bilan stajirovka o‘tash holati bo‘yicha muntazam ravishda aloqada faoliyat olib boradi;
stajirovka kundaligining tegishli qismlarini imzolaydi, imzo qabul qiluvchi tashkilot muhri (muhr mavjud bo‘lgan taqdirda) bilan tasdiqlanadi;
OTMdagi stajirovka rahbari yoki OTM rahbariyatini magistratura talabasining stajirovka o‘tash uchun kelmayotganligi yoki u tomonidan stajirovka o‘tash dasturi bajarilmayotganligi yoxud mehnat intizomi buzilayotganligi haqida xabardor qiladi;
21. Qabul qiluvchi tashkilotdan stajirovka rahbari magistratura talabasidan stajirovka o‘tash dasturi bilan bog‘liq bo‘lmagan vazifa va topshiriqlarni bajarishni talab etishga haqli emas.

Download 486.14 Kb.
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   21




Download 486.14 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



-bob. Stajirovkaga rahbarlik qilish

Download 486.14 Kb.