Xududiy ishlab chiqarish komplekslarini shakllantirish va rivojlantirish




Download 22.54 Kb.
Sana26.12.2019
Hajmi22.54 Kb.
XUDUDIY - ISHLAB CHIQARISH KOMPLEKSLARINI SHAKLLANTIRISH VA RIVOJLANTIRISH REJA: Hududiy ishlab chiqarish majmualarini joylashtirishdagi tarmoqlar tizimi Iqtisodiy aloqalarini XCHIM dagi ahamiyati XCHIM ni hududiy belgilari Mustaqil hamdo’stlik davlatlarida XCHIM ning shakllanishi o’ziga xos xususiyatlari Iqtisodiy adabiyotda hududiy-ishlab chiqarish kompleksi deyilganda toraytirilgan hududda to’plangan va muhim iqtisodiy aloqalar bilan bog’langan rejali shakllantirish, ishlab chiqarish ob‘ektlari bilan aholini barqaror uyg’unlashtirish tushuniladi.
Aholi - Yer yuzida yoki uning muayyan hududi, qitʼa, mamlakat, tuman, shaharida istiqomat qiluvchi odam (inson) lar majmui. Aholini tadqiq etish bilan maxsus fan - Demografiya shugʻullanadi.aholi oʻrtasida sodir boʻlayotgan jarayonlar biologik, geografik, ijtimoiy-iqtisodiy omillar taʼsirining natijasidir.
Ishlab chiqarish, moddiy ishlab chiqarish - jamiyatning yashashi va taraqqiy etishi uchun zarur boʻlgan moddiy boyliklar (turli iqti-sodiy mahsulotlar)ni yaratish jarayo-ni; ishlab chiqarish omillarini isteʼ-mol va investitsiyalar uchun moʻljallangan tovarlar va xizmatlarga aylantirish. I.ch.
Hududiy ishlab chiqarish komplekslari (XIK) ni jonlantirish imkonini beradigan eng muhim belgilarga quyidagilar kiradi; butun xalq xo’jaligi doirasida muayyan ixtisoslashuviga ega bo’lgan ishlab chiqarishlar o’zaro bog’liq tizimining mavjudligi: hududning umumiyligi va cheklanganligi; mahalliy resurslardan kompleks foydalanish mumkinligi; ishlab chiqarish va ijtimoiy infratuzilmaning birligi. Mehnatga yaroqli butun aholini o’z ichiga oladigan mehnat resurslari XIK tuzilmasining asosiy faol unsuridir. Ishlab chiqarish va transport ob‘ektlari, infratuzilma hamda milliy boylikning takror ishlab chiqariladigan unsurlaridan tashkil topgan mavjud ishlab chiqarish apparati komplekslar umumiy tuzilmasining eng harakatchan qismidir. XIK o’zagi-turli tarmoqlar ishlab chiqarish korxonalari jami bo’lib, ular mazkur kompleks harakterini va uning xalq xo’jaligi mehnat taqsimotida tutgan o’rnini hamda o’z navbatida yordamchi va xizmat ko’rsatuvchi ishlab chiqarishlarga ajratiladigan butlovchi ishlab chiqarishlarini belgilovchi ixtisoslashuv tarmoqlariga bo’linadi. Ixtisoslashuv tarmoqlari to’dasi, ularning o’rni, vaqti va sur‘atlari kompleks resurslari tarkibi, ularga xalq xo’jaligi ehtiyoji mahsuloti ishlab chiqarish va uni iste‘molchilarga yetkazib berish harajatlari bilan belgilanadi.
Mahsulot - iqtisodiy faoliyatning ashyolar va xizmatlarda mujassam etilgan natijasi. Uning moddiy-buyum shakli moddiy M. koʻrinishiga ega. Maʼnaviyat sohasida gʻoya, ixtiro va kashfiyotlar, yangi texnologiyalar, i.t.
Hududiyi ishlab chiqarish komplekslari ixtisoslashuvlari tarmoqlari o’z xalq xo’jalik ahamiyati va hududiy belgisiga ko’ra rayonlararo va rayon tarmoqlarga bo’linadi. Ixtisoslashuv tarmoqlari rivojini va qisman o’z ehtiyojlarini ta‘minlovchi ikkinchi guruh tarmoqlarini shartli ravishda yordamchi tarmoqlar deb atash mumkin. Rivojlantirish tuzilmasi, vaqti va ko’lamlari, aloqalar hamda yordamchi ishlab chiqarishlarni joylashtirish ixtisoslashuv tarmoqlari talabi, mahalliy resurslar miqdori hamda bu ishlab chiqarishni kompleks tarkibida bunyod etish shunga o’xshash mahsulotni XIK da boshqa joylardan keltirish harajatlaridan ko’ra samaradorligi bilan belgilanadi. Tarmoqlarning uchinchi guruhi-bu bevosita aholi ehtiyojlariga xizmat ko’rsatish tarmoqlaridir. Bu tarmoqlar mahalliy aholini oziq-ovqat mahsulotlari, madaniy-maishiy hamda xo’jalik mollari bilan ta‘minlashga da‘vat etilgan. Sanoat tarmoqlari mazkur guruhlari o’rtasidagi ichki o’zaro aloqalar, shuningdek ularni ayni sanoat kompleksining boshqa ob‘ektlari hamda undan tashqaridagi ob‘ektlar bilan ham o’zaro aloqalari birgalikda XIK ning asosiy ichki va tashqi o’zaro aloqalarini tashkil etadi. Kompleks aloqalari juda xilma-xil va murakkabdir. Ular ishlab chiqarish jarayoni, moddiy texnika ta‘minoti, tabiiy hamda mehnat resurslaridan va kompleksning ishlab chiqarish hamda ijtimoiy infratuzilmasi unsurlaridan birgalikda foydalanish bo’yicha amalga oshiriladi.
Texnika (techne - mahorat, sanʼat) - moddiy boylik olish hamda odamlar va jamiyatning extiyojlarini qondirish maqsadida inson atrofdagi tabiatga taʼsir qilishiga imkon beradigan vositalar va koʻnikmalar majmui.
Ichki ishlab chiqarish-iqtisodiy aloqalari XIK ni shakllantirishda muhim rol o’ynaydi. Ular quyidagi guruhlarga ajratish mumkin: a) turli xil xom ashyo, yarim fabrika va detallardan bita tayyor mahsulot ishlab chiqarishda birga qatnashuvchi korxonalar o’rtasidagi kooperatsiyalash bo’yicha aloqalar; b) kombinatsiyalash bo’yicha aloqalar-ishlab chiqarishning o’zaro harakati, bunda biron-bir xom ashyodan ayni vaqtda boshlang’ich xom ashyoni izchil qayta ishlash, undan kompleks foydalanish va chiqindilarni o’tilizatsiyalash yo’li bilan turli xil tayyor mahsulotlar olish mumkin; v) xom ashyo, yonilg’i, yordamchi materiallar, asbob-uskunalar va tayyor mahsulotni o’z ichiga oluvchi moddiy-texnika aloqalar; g) hudud umumiyligi, ya‘ni korxonalar transport-jug’rofiy mavqeining birligi bilan shartlangan va turli korxonalar muayyan xizmat ko’rsatuvchi qurilmalardan foydalanganda vujudga keladigan aloqalar: Kompleks tashqi va ichki aloqalari jamini rivojlanish va takomillashish jarayonida ko’rib chiqish zarur. Bunda rivojlanish kompleksda optimal mutanosibliklar yaratilishini ta‘minlashi lozim. Optimal mutanosiblik hududiy-sanoat komplekslarining asosiy tuzilmalari o’rtasida ham, ularning ichida ham mavjud bo’lishi kerak. Ijtimoiy infratuzilma madaniy-ma‘rfiy, tabobat, savdo muassasalari va uy-joy fondini birlashtiradi. XIK bir qancha belgilarga ko’ra tavsiflanadi. Masalan, BMT ning rayonlararo seminarii XIK ni ikkita asosiy belgilar-tarmoq va hududiy belgilarga ko’ra tavsiflashni tavsiya etadi. Tarmoq belgisiga ko’ra qazib olish sanoati, energetika, qurilish materiallari, metallurgiya, mashinasozlik, kimyo, oziq-ovqat va yengli sanoat komplekslarini, shuningdek, agroiqlimlarni ko’rib chiqish tavsiya etiladi.
Metallurgiya (yun. metallurgeo -yerdan qazib chiqaraman) - rudalardan yoki tarkibida metall boʻlgan moddalardan metallar ajratib olish va metall qotishmalarga tegishli xossalar "berish" haqidagi fan; sanoat tarmogʻi.
Bunday tasniflashning asosiy kamchiligi shundaki, u asosan tarmoq sanoat komplekslariga taaluqli bo’lib, tarmoqlararo ishlab chiqarish komplekslari talabalariga javob bermaydi. Frantsuz olimi Jak Shardoen XIK ning boshqa bir tasnifini tavsiya etadi. U komplekslarni tasniflash uchun quyidagi 4 ta mezoni ajratib ko’rsatadi; sanoatning ustun tarmog’i: sanoat qudratining darajasi; moliyaviy jamlamasining darajasi; kompleks barpo etishni shartlovchi asosiy omillar. Lekin u faqat so’nggi mezonni oqilona tasniflash uchu nasos bo’la oladi, deb hisoblaydi. Shu mezonga asoslangani holda J.SHardone hozirgi komplekslarni 2 ta turga ajratadi: tabiiy resurslar bazasidagi hamda iqtisodiy va ijtimoiy omillar bazasidagi turlar. XIK ga vatan adabiyotida tasnif berishga birinchi marta N.N.Kolosovskiy urinib ko’rdi. Komplekslarni hududiy belgilariga ko’ra quyidagilarga bo’lish mumkin: 1. Respublika. 2.
Adabiyot (arab. - adab so‘zining ko‘pligi) - 1. Fan va amaliyotning biror sohasidagi yutuqlarni umumlashtiruvchi asarlar majmui (texnikaviy A., qishloq xo‘jaligi A.i, siyosiy A. va boshqalar). 2. San’atning bir turi (badiiy A. deb ham ataladi)
Respublika (lot. respublica, res - ish va publicus - ijtimoiy, umumxalq) - davlat boshqaruvi shakli, unda bar cha davlat hokimiyati organlari saylab qoʻyiladi yoki umummilliy vakolatli muassasalar (parlamentlar) tomonidan shakllantiriladi, fuqarolar esa shaxsiy va siyosiy huquqlarga ega boʻladilar.
Mintaqa komplekslari. 3.
Mintaqa - Yer yuzasining tabiiy geografik kenglik zonalligining eng yuqori bosqichi. Yer pusti yoki geografik qobiqning biror jihatdan oʻxshash boʻlgan, kenglik boʻylab choʻzilgan nisbatan kambar qismi. M.
Yirik iqtisodiy rayonlar kompleksi (mikrokompleks). 4. Rayon (kichik rayon) komplekslari-sanoat uzellari hamda markazlari (shaharlar). 5. Qishloq joylar kompleksiga (mezo va mikrokomplekslarga) ajratish mumkin. Komplekslar shakllantirishning belgilovchi-omillar-tarmoqlar va ishlab chiqarishlarning o’zaro tortilishi, mehnat resurslari hamda ishchi kadrlar, tabiiy resurslar, qishloq xo’jalik xom ashyosi, sotish sharoiti va iste‘mol tig’izligi, ishlab chiqarishlarni kooperatsiyalash imkoniyati hamda boshqa omillarga ko’ra ham farqlanadi. Modellarning mazkur guruhi doirasida quyidagi masalalar izchil ravishda va o’zaro bog’liqda hal etilishi lozim: XIK ixtisoslashuvini belgilash, XIK bosh ob‘ektlarini barpo etish tuzilmasi va navbati asosiy parametrlarini belgilash, XIK ni makoniy uyushtirish tarxini belgilash, XIK ni shakllantirish rejasini belgilash. Sanab o’tilgan modellar ulardan foydalanish maqsadining birligi, ularni tadqiqot jarayoniga kiritishning muayyan izchilligi va axborot ayirboshlash bilan o’zaro bog’liqdir. Bu ularni guruxga birlashtirish asosi hisoblanadi. Modellar guruhidan foydalanish noxiyachi XIK ni shakllantirish optimal variantini belgilashga qabul qilingan yondashuvga muvofiq keladi. Unga tahlilni tadrijiy tarzda chuqurlashtirish, umumiy masalalarni hal qilishdan xususiy masalalarni hal qilishga, iqtisodiy rayon XIK i butun tizimini shakllantirish muammolaridan har bir kompleks xalq xo’jaligi ayrim unsurlari va uning hududiy birliklarini rivojlantirish hamda joylashtirish muammolariga izchil o’tish printsipi asos qilib olingandir. XIK modellari guruhi yordamida har bir kompleks uchun ayrim komplekslarni shakllantirish va ishlatish bilan bog’liq quyidagi asosiy masalalar aniqlanadi: a) resurslarning barcha turlaridan foydalanish ko’lamlari va yo’nalishlari hamda ularning kompleks xalq xo’jaligi unsurlari o’rtasida taqsimlanishi: b) butun XIK va uning ayrim qismlari ixtisoslashuvi hamda ishlab chiqarish tuzilmasi-ixtisoslashuv tarmoqlari rivoji va butlanadigan ishlab chiqarishlar uyg’unlashuvi hamda mutanosibligi, moddiy-buyumli tashqi va komplekschi ishlab chiqarish aloqlari: v) komplekslar xalq xo’jaligi rivojining ko’lamlari va nisbatlari: g) XIK ni makoniy tashkil etish-XIK doirasida xalq xo’jaligi bu unsurlarini joylashtirish: d) asosiy komplekschi unsurlarining joylashuvi, ko’lamlari, ishlab chiqarish tuzilmasi va ishlab chiqarish aloqalari. Yechimlari bosqichlari miqdori va foydalaniladigan modellar jami tadqiqotlar maqsadi, ko’rib chiqilayotgan kelgusi davr davomiyligi, o’rganilayotgan hududning o’ziga xos xususiyatlari hamda boshlang’ich axborot bilan ta‘minlanganlik darajasi bilan aniqlanadi. Asosiy bosqichlarga quyidagilar kiradi: I bosqich-yirik nohiyachi XIK lari ixtisoslashuvini aniqlash: II bosqich-ayrim komplekslarning asosiy parametrlarini xo’jalik tuzilmasi, rivojlantirish ko’lamlari, resurslarga ehtiyoj va uni qidirish manbalari, ixtisoslashtirish tarmoqlari asosiy ob‘ektlarini yaratish sur‘atlari hamda izchilligini aniqlash: III –bosqich-ishlab chiqarishni joylashtirish tarxini va ayrim kompleks xalq xo’jaligini makoniy tashkil etishni aniqlash. Umumiy masalaning bosqichli yechimi kelgusi reja oldi tadqiqotlarining izchilligiga mos bo’lib tushadi va XIK ni barpo eti shva ishlatish harajatlarini kamaytirish imkoniyatini to’laroq aniqlashga yordam beradi. Kapital va joriy harajatlar tejamiga quyidagicha erishiladi: - I bosqich ixtisoslashgan tarmoqlar korxonalarini rivojlantirish va joylashtirish, resurslarni ishlatish hamda taqsimlash, ishlab chiqarish aloqalarini takomillashtirishning oqilona ko’lamlari hisobiga: - II bosqichda asosiy ob‘ektlarni ko’rish, butlovchi ishlab chiqarishlar jamini rivojlantirish, XIK xo’jaligining infratuzilmasi va boshqa unsurlari, mehnat resurslaridan foydalanish ko’lamlarining oqilona izchilligi hisobiga: - III bosqichda XIK xo’jaligi barcha unsurlarini oqilona joylashtirish ishlab chiqarishni kooperatsiyalash, infratuzilma unsurlaridan birgalikda foydalanish, yagona transport shaxobchasi va muayyan joylashtirish tizimini shakllantirish hisobiga. Xaqiqatda Rossiya Fanlar akademiyasining ba‘zi bir oliygohlarida ko’rsatib o’tilgan barcha XIK bo’yicha Sibir materiallarida sinov yoki katta o’lchovli amaliy masalalar yechimi amalga oshirilgan. Tadqiqotlar Sayan XIK idan boshlangan edi. Keyinchalik Prichulim sanoat rayoni, Sayan XIK i, Irkutek viloyati, Abakan sanoat uzel iva Abakan aglomeratsiya bo’yicha masalalar hal etildi.
Viloyat - maʼmuriy-hududiy birlik. Oʻrta asrlardan maʼlum. Sharqning ayrim mamlakatlari (Afgʻoniston, Turkiya va boshqa), shuningdek Oʻrta Osiyo xonliklari viloyatlarga boʻlingan. 1924-yil shoʻrolar oʻtkazgan milliy-davlat chegaralanishi arafasida Turkiston ASSR 6 V.
Prichulim va Irkutsk viloyati hamda Krasnoyarsk o’lkasining rayon rejalashtirish tarxlarini ishlab chiqishda va butun Sharqiy Sibir hamda Krasnoyarsk o’lkasi bo’yicha reja oldi materiallarini tayyorlashda foydalandi. O’zbekistonda XICHK larining shakllanishi va rivojlanishi sohasida professorlar Z.M.Akramov, K.N.Bedrentsev va boshqalarning xizmatlari kattadir. Chunki respublikada mavjud bo’lgan XICHK lari iqtisodiy rayonlar hududiga to’g’ri kelib, ishlab chiqarish kuchlarini rivojlantirishda turli omillar hisobga olingan bo’lib ajratilgan. XIK ni optimallashga boshqa yondashuvda tizim tarkibiga rayon pirovard mahsulotini, xo’jalik optimal tarmoq tuzilmasini, ishlab chiqarish ayrim tarmoqlarini rivojlanitirishni, sanoat markazlari, egrar komplekslar, iqtisodiy rayon hududidagi aholi yashaydigan joylar shaxobchasi, yagona transport tarmog’i, rayon energetika tizimi va ayrim manzilgohlarini loyihlash modellari kiradi. Bu ikkala blokni hosil qiluvchi normativ modellar mezonli axborotning prognoz modellarini o’z ichiga oladigan, o’zaro texnologik aloqalar sharoitlari hamda normativlarini cheklaydigan prognozlash bloki bilan to’ldiriladi. Iqtisodiy rayondagi ishlab chiqarishning barcha turlari sanoat markazlari va agrar komplekslarni shakllantiruvchi hamda ularni to’ldiruvchi va ularga xizmat ko’rsatuvchi turlarga tabaqalanadi. Iqtisodiy rayon xo’jaligini rivojlantirish to’g’risidagi takliflarni ishlab chiqishda uning hududida birinchi guruh tarmoqlarini rivojlantirish va joylashtirishni sanoat markazlari va agrar komplekslar o’zaklarini eng ko’p foyda mezoni bo’yicha shakllantirish tarzida rayon boshqaruv organlari rejalashtirishi mumkin.


Download 22.54 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa


Xududiy ishlab chiqarish komplekslarini shakllantirish va rivojlantirish

Download 22.54 Kb.