• Xulosa…………………………………………………………………….…..21 Foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati…………………………………………23 Ilovalar………………………………………………………………………..24 Kirish
  • Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati Ilovalar Kirish




    Download 497.94 Kb.
    bet1/7
    Sana30.04.2023
    Hajmi497.94 Kb.
    #55031
      1   2   3   4   5   6   7
    Bog'liq
    naxshab mehmonxonasi


    Mundarija
    Kirish…………………………………………………………………………3

    1. “Naxshab” mehmonxonasining tashkiliy tuzilmasi ………...…………...5

    2. “Naxshab” mehmonxonasining tarkibiy tuzilishi…………..…………….9

    3. “Naxshab” mehmonxonasini xizmat ko’rsatish jarayoni ……………….13

    4. “Naxshab” mehmonxonasining iqtisodiy samaradorlik omillari………..17

    Xulosa…………………………………………………………………….…..21
    Foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati…………………………………………23
    Ilovalar………………………………………………………………………..24

    Kirish
    Turizm o‘zida jahon iqtisodiyotining murakkab va har tomonlama sohalarini mujassam etgan holda, butun jahon xo‘jaligiga sezilarli ta’sir o‘tkazadi. Turizm alohida mamlakatlar xo‘jaligiga ham, hududlarga ham birday tegishli. Ayrim mamlakatlarda turizm sohasi valyuta tushumlarining yagona manbai hisoblanadi. Uning sharofati bilan iqtisodiy taraqqiyot yuqori darajasi va xalq turmush farovonligi qo‘llab–quvvatlanib turiladi. Turizm jahon xo‘jaligining uch yetakchi eksport sohalari qatoriga kirib, u faqatgina neft qazib olish va avtomobilsozlik sanoatlaridangina keyingi o‘rinni egallaydi. Hozirgi paytda turizm sohasi ulushiga butun jahon eksportining 8%ga yaqini, jahon xizmatlar savdosining 30%, jahon yalpi mahsulotining 10,8%, jahon kapital qo‘yilmalarining 9,4%, jahon iste’molchilik xarajatlarining 11%, butun jahon soliq tushumlarining 5% to‘g‘ri keldi. Bundan tashqari, turizm sohasi aholining bandligiga katta ta’sir o‘tkazmoqda. Mutaxassislar fikricha, hozirgi zamon turizmi va uning bilan bog‘liq bo‘lgan sohalarida jahondagi har sakkizinchi xodim banddir.
    Mamlakatda turizmni milliy iqtisodiyotni diversifikatsiya qilish, hududlarni jadal rivojlantirish, yangi ish o‘rinlarini yaratish, aholining daromadlari va turmush darajasini oshirish, mamlakatning investitsiyaviy jozibadorligini oshirishni ta’minlovchi strategik tarmoqlardan biri sifatida rivojlantirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda.
    Viza rejimining liberallashtirilishi, chet el fuqarolarini ro‘yxatga olish tartibining soddalashtirilishi, turizm tarmog‘ini rivojlantirish uchun imtiyoz va preferensiyalar berilishi milliy turizm salohiyatini ichki va tashqi bozorlarda samarali targ‘ib qilish imkonini berdi.
    Shuningdek, joylashtirish vositalari va infratuzilma obyektlarining, ayniqsa turizm mavsumida yetishmasligi, turli transportlarda yo‘lovchilarni tashish tizimining yetarli darajada muvofiqlashtirilmaganligi, shuningdek, turistlarni mavjud turizm salohiyati to‘g‘risidagi ma’lumotlar bilan ta’minlashni tashkillashtirish darajasining pastligi, ichki turizmni, mamlakat hududlaridagi madaniy meros obyektlarining va ziyoratning o‘ziga xosliklarini targ‘ib qilish bo‘yicha marketing kampaniyalarining samarasizligi turizmni jadal rivojlantirishga salbiy ta’sir qilmoqda.
    Davlatimiz rahbari turizm sohasiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalarni jalb etishni kuchaytirish zarurligini ta’kidladlaganlar “Turizm uchun bosqichma-bosqich hamma sharoitlarni yaratyapmiz, investorlarga, ishbilarmonlarga keng imkoniyatlar beryapmiz. 2019-yil turizm rivojida tub burilish yili bo‘ladi” – dedi Shavkat Mirziyoyev.1
    Prezident O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga Murojaatnomasida ham bu soha rivoji bo‘yicha takliflar bildirgan edi. Ushbu takliflarni amalda tatbiq etish maqsadida Prezidentning joriy yil 5 yanvardagi farmoniga muvofiq 2019-2025-yillarda O‘zbekiston Respublikasida turizm sohasini rivojlantirish Konsepsiyasi tasdiqlandi.
    2025-yilda yurtimizga tashrif buyuradigan xorijiy sayyohlar sonini 7 millionga, turizm eksportidan keladigan yillik daromadni esa 2 milliard dollarga yetkazish rejalashtirilgan.
    Shu bilan birga mehmonxona xo’jaligiga ham alohida e’tibor berilmoqda. Masalan, mehmonxonadagi qulayliklarni yaxshilash, ko’rsatilayotgan xizmatlar sifatiga e’tibor berish, qo’shimcha xizmatlar sonini oshirish, nomerlardagi qulayliklarni oshirish, mijozlar ehtiyojlarini inobatga olib barcha sharoitlarni yaratishga harakat qilinmoqda.

    Download 497.94 Kb.
      1   2   3   4   5   6   7




    Download 497.94 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati Ilovalar Kirish

    Download 497.94 Kb.