|
Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar
|
bet | 3/8 | Sana | 26.11.2023 | Hajmi | 1,42 Mb. | | #105712 |
31000 - chi shaxtali pech (Soyuzgiprostrom).
- 1-tushirish qurilmasi; 2- shamot g'ishtli
- devor; 3-asosiy futerovka; 4,25- ot
- havo uzatish tuynugi; 6,19-balkasimon
- gorelkalar; 7-harorat o'lchovchi datchik
- lar uchun tuynuk; 8-issiqlik lzzolyasiyasi
- kirish uchun pazlar; 11-obechayka;
- 14-skip ko’targich; 15-sath o’lchagichlar
- uchun tuynuklar; 16- gaz so’ruvchi mos
- 23-shlyuzli to skich; 24- ohak bunkeri.
- Gidratli ohak va ohak xamiri
- Ohakni bu turlarini olishda asosiy jarayon - so‘ndirishdir.
- Havoda qotuvchi ohakning so‘ndirishi kalsiy oksidini suv ta’sirida gidratlanishidan (ya’ni suv bilan birikishdan) iborat:
- CaO+H2O^Ca(OH)2-g
- Ko‘p miqdorda issiqlik ajralishi natijasida harorat birdan ko‘tarilib suv qaynab ketadi. Agar ohak sifatli bo‘lsa, unda so‘nish boshlanib tez o‘tib ketadi. Xlorli tuzlar NaCl, SaSl va boshqalar CaO ning gidratlanishi 1% miqdorida tezlashtiriladi. So‘nish haroratining ko‘tarilishi CaO ning gidratlanish jarayoni tezlashtiriladi, so‘nish tezligi kalsiy oksidi kristallarining kattaligiga bog‘liq. Xajmi 2 barobardan ko‘proq keskin ortishi bilan ham so‘nish reaksiyasi borishi mumkin. Xosil qilingan ohak kukun-ohak va ohak xamiriga bo‘linadi. Kukun ohak katta solishtirma yuzaga ega bo‘lgan nihoyatda mayda kukun. U suvga o‘ta moyil birikma. Ohak xamiri asosan Ca(OH)2 dan iborat bo‘lib, qaymoqsimon massadan iborat. Kukun - ohak tayyorlashda suv ohakka nisbatan 2-3 marotaba ko‘p qo‘shiladi, chunki bunda suv tez bug‘lanib ketadi. Suvning miqdori juda ko‘p bo‘lganda ohak xamiri olinadi.
- Kukun-ohak Ca(OH)2, CaO ning gidratlanish jarayoni CaO ni eritish hamda uning nisbatan to‘yingan eritmasi hosil qilishdan iborat va quyidagi texnologik sxema bo‘yicha o‘tadi . CaO ning gidratlanishi qaytar reaksiya bo‘lib, uning yo‘nalishi haroratiga, shuningdek, suv bug‘ining bosimiga bog‘liq. Suv etishmasligi natijasida so‘ndirilgan ohakning kuyishi, ya’ni kuydirilgan zarrachalar yuzasida qalin Ca(OH)2 parda hosil bo‘ladi. Bu shunday tushuntiriladi: suv qo‘shilgandan keyin dastlabki vaqtda ohakni gidratlash qaynovi juda tez boradi, suv keraklidan ko‘p bo‘lsa gidratning xamir xolidagi qavat xosil bo‘ladi. Keyinchalik gidrat qavatdagi suvni o‘zlashtirish natijasida qurib Qoladi, zichlashadi, ichki qavatlaridagi so‘nmagan ohak uchun kerakli suvni o‘tkazmaydi.
- Ohakdagi ortiqcha begona narsalar maxsulotning so‘nishini kechikishiga, sekinlashishiga, shuningdek natijada xajm kengayishi, ichki zo‘riqish, darzlar xosil bo‘lishi buzilishlariga sabab bo‘ladi. Kukun-ohakdagi namlikning miqdori 5% oshmasligi kerak.
- Sanoatda ohak uzlukli va uzluksiz moslama so‘ndiriladi: uzlukli barabanli so‘ndirgich - so‘ndirish bug‘ bilan 0,3 - 0,65 MPa bosim ostida bajariladi. 3-5 sm kattalikdagi ohak bo‘laklari yuklovchi tuynuk orqali tepadan barabanga yuklanadi, bug‘ beriladi va baraban 15-20 min. davomida aylanishi natijasida ohak so‘ndiriladi. Umumiy sikl 30-40 minutga boradi.
- Uzluksiz so‘ndirish - parrakli etti barabanli gidratorlarda olib boriladi. Ohak oldindan 3-6 mm gacha kattalikda maydalanib etti barabanli gidratorga suv bilan uzatiladi. Xar qaysi barabanda parrakli val bo‘lib, massani siqib chiqaradi.
- O‘rada qorishtirib so‘ndirish - 10 kun ichida ushlab turiladi. YUz tipidagi so‘ndirgich ichida ohak bo‘laklarini va so‘nmagan donalarini yaxshi maydalash uchun chopqichlar o‘rnatilgan, elektrodvigatellar yordamida harakatga keltiradi va prujina yordamida so‘ndirgich ostiga to‘kiladi. Mo‘l miqdorida suv qo‘shish bilan so‘ndiriladi. Ohak xamiri elak orqali tindirgichga quyiladi. Ohak xamiri qo‘shimcha saqlab turmasdan ham ishlatish mumkin.
- Issiq suv ishlatilganda so‘nish tezligi ortadi. Uzluksiz ishlovchi ohak so‘ndirgichning termomexanik konstruksiyasi ana shunga asoslangan. Ohak
- so‘ndirilishida chiqqan issiqlik hisobiga suv isiydi. So‘ndirish barabani ikki silindrdan iborat bo‘lib, biri ikkinchisiga joylashtirilgan. Orasidagi bo‘shliq issiqlik almashtirgich
- vazifasini o‘taydi. Silindming 1 kamerasi so‘nish ro‘y beradi, ikkinchi kamerada po‘lat sharlar yordamida so‘ndirilmagan zarrachalar maydalanadi.
- Chexiyada karbonat xom ashyolardan bo‘lakli va kukunsimon ohak ishlab chiqarish o‘zlashtirilgan. Kukunsimon so‘ndirilmagan ohak ishlab chiqarish shaxta pechlarida ishlab chiqarish bilan birgalikda amalga oshiriladi. SHaxta pechlarida maxalliy ochiq konlardagi 7-8 sm o‘lchamdagi maydalangan ohaktosh bo‘laklari ishlatiladi. 7 sm dan kichik bo‘laklar qayta bolg‘ali maydalagichda maydalanib keyin havoli separotorlarda 2 fraksiyaga ajratiladi: ohakning (0,2-2,5) yuqori dag‘al qismi qayta ohakka ishlanadi.
|
| |