• MUSTAQIL ISH
  • Xususiy bolalar bog`chasi




    Download 3,01 Mb.
    bet1/10
    Sana23.05.2024
    Hajmi3,01 Mb.
    #250793
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
    Bog'liq
    Web dasturlashga kirish fanidan mustaqil ish6



    O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI
    RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR VAZIRLIGI

    MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI TOSHKENT
    AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI FARG`ONA FILIALI

    Telekommunikatsiya injinering va kasb ta`limi


    fakulteti

    “Web dasturlashga kirish “ fanidan tayyorlangan

    MUSTAQIL ISH

    Bajardi


    670-22 guruh talabasi
    Masumaxon Abdumalikova

    Qabul qildi:


    Soliyev Bahromjon

    Farg`ona-2024


    Mavzu:Xususiy bolalar bog`chasi veb-saytini yaratish
    Reja:
    I.Kirish.
    1.1)Web-sayt haqida.
    1.2)Bootsrap haqida tushuncha.
    II.Nazariy qism
    2.1)Html va Css haqida tushuncha.
    2.2)Mysql va Php haqida.
    III.Asosiy qism
    3.1)Xususiy bolalar bog`chasi veb saytni yaratish.
    IV.Xulosa
    V. Foydalanilgan adabiyotlar
    VI. Ilova qismi

    I.Kirish.


    1.1 SAYT HAQIDA MA’LUMOT
    Web-sayt atamasi har kuni bir necha marta qulog‘imizga chalinadi. Ushbu so‘z internet manzili ekanligini bilamiz-ku, ammo «web-sayt» tushunchasi, uning asl mohiyati, nima uchun kerakligi, nega bu qadar ommalashib borayotganligi va balki o‘zimiz ham saytimizga ega bo‘lishimiz kerakligi haqida o‘ylab ko‘rmaymiz…Sayt yoki web sayt inglizcha «website», web – «o‘rgimchak to‘ri, tarmoq» va site – «joy, segment, tarmoqning bir qismi», degan ma’nolarni anglatadi.Sayt – bu bitta domen nomidan foydalanadigan, bir-biriga bog‘langan web-sahifalar to‘plami. Web-saytlar shaxs, guruh, korxona yoki tashkilot tomonidan turli maqsadlarda yaratilishi mumkin. Barcha ommaviy web-saytlar butun dunyodagi internet to‘rini tashkil qiladi.Oddiy qilib aytganda, sayt – bu internetda joylashgan, ba’zi ma’lumotlarni (matn, video, fotosuratlar, hujjatlar, musiqa va hokazo) o‘z ichiga olgan manzil. Internet esa ushbu manzillar to‘plamidir.
    Saytlarning turlari
    Ayni paytda turli xil web-saytlar mavjud: ta’lim, yangiliklar, forumlar, ijtimoiy tarmoqlar, elektron tijorat saytlari (onlayn-do‘konlar), bloglar va boshqalar.Hozirda mijozlarga xizmat ko‘rsatuvchi va o‘z mahsulotlarini taklif etuvchi shaxslar, kompaniya va tashkilotlar o‘z web-saytlariga egalar. Xo‘sh, internetdagi sayt ular uchun nega kerak?
    Web-sayt orqali kompaniya xizmatlar, buyurtma shartlari va aloqalar haqida batafsil ma’lumotlarni ommaga taqdim etishi mumkin.Sayt mijozlaringizni xizmat yoki mahsulotlaringiz haqida yil bo‘yi, kecha-yu kunduz xabardor qiladi.Siz o‘z saytingizga havolani vizitkalar, suhbat davomida, reklama materiallari va kataloglarda, qidiruv tizimlarida va shu kabi turli ma’lumotnomalarda taqdim etishingiz mumkin.Qolaversa saytdagi ma’lumotlarni o‘zgartirish va yangilash ham juda oson. Bu avvalgi reklama bukletini modellashtirish, chop etish va mijozlarga yuborish kabi sarf-harajatlarning oldini oladi. Web-sayt – xizmatlaringiz va mahsulotlaringizga buyurtma berish jarayonini soddalashtirish va mijozlarni jalb qilishda yordam beradi.Potensial mijozlar kataloglar va internet orqali qidiruvda kalit so‘zlarni kiritib sizning saytingizni topadilar, xizmatlar, mahsulotlar va shartlar bilan tanishadilar. Web-sayt mavjud mijozlar bilan ishlash vositasidir. Uning yordamida internet orqali mijozlarga turli xil ma’lumotlarni taqdim etishingiz mumkin. Web-sayt kompaniya xodimlari va rahbarlarining o‘zaro axborot almashinuv vositasi sifatida ham xizmat qiladi.Agar siz hujjatlar, topshiriqlar, hisobotlar va boshqa ma’lumotlarni saytga joylashtirsangiz, kompaniya rahbariyati va boshqa xodimlari kerakli ma’lumotlarni dunyoning istalgan nuqtasidan internet orqali olishlari mumkin bo‘ladi. Sayt – siz yoki kompaniyangizning imidji hisoblanadi. Sayt mavjudligi kompaniyaning taraqqiyoti va uning zamon talablariga muvofiqligidan dalolat beradi.Domen nomi (domen) – manzil, masalan: oqila.uz, bu yerda «uz» domen zonasidir.Server (xosting) – internetga ulangan, web-resurs fayllari (kodlar, rasmlar, videolar va hokazo) joylashgan kompyuterlar yoki serverlar.Hozirgi kunda sayt ochish sirlari degan tushuncha eskirgan. Endilikda turli internet xizmatlari va CSS tizimidan foydalangan holda hatto 3-sinf o‘quvchisi ham o‘zi mustaqil ravishda sayt yaratishi mumkin. Buning uchun hech qanday maxsus bilimlar talab etilmaydi, qolaversa saytni yaratish bepul. mmo shuni ham unutmaslik kerakki, mustaqil ravishda yaratiladigan saytlarning barchasi odatiy shablon saytlar, ya’ni lending, tashrif sahifalari, bloglar, ijtimoiy tarmoqlar, internet-do‘konlar faqat eng asosiy funksional imkoniyatlarga ega bo‘ladi, xolos. Agar sizga nostandart yechimlarga ega eksklyuziv va mukammal web-sayt kerak bo‘lsa, u holda mutaxassislarga murojaat qilishingiz zarur.



    Download 3,01 Mb.
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




    Download 3,01 Mb.