|
Aloqa va axborotlashtirish sohasidagi islohotlar
|
bet | 4/4 | Sana | 15.12.2023 | Hajmi | 30,85 Kb. | | #120009 |
Bog'liq Tarmoqlar MustaqilIsh Ustida ishlash kerakAloqa va axborotlashtirish sohasidagi islohotlar
O‘zbekistonda aloqa va axborotlashtirish sohasini rivojlantirish qabul qilingan qator umummilliy davlat dasturlari asosida yondashilayotganini ta’kidlash joiz. Bu borada O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2002 yil 30 maydagi “Kompyuterlashtirish va axborot kommunikatsiya texnologiyalarini joriy qilishni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni muhim ahamiyat kasb etadi. Mazkur hujjat hamda yana qator qabul qilingan boshqa qonun va qarorlarda sohani jadallik bilan rivojlanishiga aniq maqsad hamda vazifalar bilan yondashilmoqda. Ularning asosida telekommunikatsiya infratuzilmalarini takomillashtirish, milliy Internet segmenti hamda ma’lumotni uzatish tarmog‘ini rivojlantirish, AKT sohasida raqobat muhitini qaror toptirish va boshqa shu kabilar o‘rin olgan.
O‘zbekistonda, 2007 yilni keyingi avlod tarmoqlarini joriy etilgan yil bo‘ldi, desak xato qilmagan bo‘lamiz. Bu borada, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2007 yil 23 yanvardagi “O‘zbektelekom” aksiyadorlik kompaniyasining telekommunikatsiya tarmog‘ini yanada rivojlantirish va modernizatsiya qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq Xitoy taraqqiyot banki (CDB) va Huawei Technologies kompaniyasi bilan hamkorligida O‘zbekistondagi yirik telekommunikatsiya operatori – “O‘zbektelekom” AK telekommunikatsiya tarmoqlarini rekonstruksiya qilish va modernizatsiyalash” investitsiya loyihasini tatbiq etish ishlari boshlab yuborildi.
Lizing asosida besh lotdan iborat loyiha tatbiqi amalga oshirilayotgan bo‘lib, mazkur loyihalar doirasida Toshkent shahar mahalliy telekommunikatsiya tarmog‘ini NGN (keyingi avlod tarmog‘i) va TDM (kanallarni vaqt bo‘yicha ajratish) texnologiyalari asosida modernizatsiya qilish va rivojlantirish ishlari ko‘zda tutilmoqda.
Bugungi kunda, uning dastlabki bosqichlari kompaniyaning “Toshkent shahar telefon tarmog‘i” filialida yakunlanib, NGN tarmog‘i tatbiq etilib borilmoqda. Filialning NGN texnologiyasiga asoslangan telefon stansiyalari mijozlari uchun taqdim qilinadigan yangi “Videotelefoniya” xizmat turini taqdim etish imkoniyati yo‘lga qo‘yildi.
|
| |