Yangi pedagogik texnologiyalardan foydalanish




Download 25,23 Kb.
Sana25.06.2024
Hajmi25,23 Kb.
#265665
Bog'liq
Payvand 1


Yangi pedagogik texnologiyalardan foydalanish

Hozirda ta’lim texnologiyasi yordamchi vosita bo‘lib qolmay balki, о‘quv jarayonining rivojlanishida katta rol o‘ynab, uning tashkiliy shakllari, metodlari, mazmunini o‘zgartiradigan yangi sistema deb tushunilmoqda. Bu esa, o‘z navbatida, o‘qituvchi va o‘quvchining pedagogik tafakkuriga o‘z ta’sirini ko‘rsatmoqda. Pedagogik texnologiya — ta’lim va tarbiya jarayonida zamonaviy pedagogik texnologiyalarni qo‘lash, texnologik yondashuv asosida ta’lim va tarbiya jarayonining samaradorligini oshirish muammolarini o‘rganadi.[1]. Innovatsion ta’lim jarayonida qo’llaniladigan texnologiyalar innovatsion ta’lim texnologiyalari yoki ta’lim innovatsiyalari deb yuritiladi. O’qituvchi innovatsion texnologiyalarga asoslanib darsni tashkil etar ekan, turli texnik
vositalardan ham (kompyuter, proyektor,elektron doska va hokazo) foydalanishi, interfaol metodlar asosida dars o’tishi ham mumkin. O’qituvchining faoliyatida innovatsiyalar qanchalik ko’p bo’lsa, mazmun shunchalik oshadi. Ta’limda innovatsion texnologiyalar va interfaol metodlar haqidagi tasavvurlar barqaror va mukammal shaklga ega emasligini ham e’tirof etish lozim. Har bir o’qituvchi ta’limda individual ravishda yangilik kiritishi mumkin. O’z fanining mazmunmohiyati, mavzulari, shu sohadagi yaratilgan ilm-fan yutuqlari va innnovatsiyalar haqida yangi ma’lumotlarni o’rgangan holda o’qitish jarayonida ularni qo’llab, misollar keltirib, ta’limda yangi metodni yaratishi, hamda shu asosida dars o’tishi mumkin. Innovatsion texnologiyalar o’qituvchi o’z faoliyatidan qoniqmasligidan kelib chiqadi, uni yaxshilashga doir yangilik kiritishga harakat qiladi. Innovatsion pedagogik texnologiya - bu o’quv jarayonini zamonaviy tashkil etish tizimi bo’lib, u ta’limning zaruriy sifatini ta’minlaydi va jadallashgan ilmiy-texnik taraqqiyot talablariga javob beradigan, ta’lim shakllarini takomillashtirish vazifasini ko’zlagan o’qitish jarayonlarini texnika va inson omillarida, ularning birgalikdagi harakatlari vositasida yaratish, tadbiq etishning izchil metodidir. Ta’lim jarayonida innovatsion pedagogik texnologiyalardan foydalanish davr talabi bo’lib hisoblanadi. Ta’lim jarayonida yangi innovatsion texnika-texnologiyalardan foydalangan holda dars o’tish, so’nngi texnikalar bilan jihozlangan laboratoriya xonalaridan foydalangan holda mashg’ulotlar o’tkazish, mutaxasislik bo’yicha, masalan kimyo sohasidagi so’nggi innovatsiyalar haqida ma’lumotlar keltirib, jahon tajribasidan namunalar keltirib o’tish talabalarni yangilik yaratish ruhida tarbiyalashga turtki bo’ladi O’qituvchi innovatsion texnologiyalarga asoslanib darsni tashkil etar ekan, turli texnik vositalardan ham (kompyuter, proyektor,elektron doska va hokazo) foydalanishi, interfaol metodlar asosida dars o’tishi ham mumkin. O’qituvchining faoliyatida innovatsiyalar qanchalik ko’p bo’lsa, mazmun shunchalik oshadi. Ta’limda innovatsion texnologiyalar va interfaol metodlar haqidagi tasavvurlar barqaror va mukammal shaklga ega emasligini ham e’tirof etish lozim. Har bir o’qituvchi ta’limda individual ravishda yangilik kiritishi mumkin. O’z fanining mazmun-mohiyati, mavzulari, shu sohadagi yaratilgan ilm-fan yutuqlari va innnovatsiyalar haqida yangi ma’lumotlarni o’rgangan holda o’qitish jarayonida ularni qo’llab, misollar keltirib, ta’limda yangi metodni yaratishi, hamda shu asosida dars o’tishi mumkin. Innovatsion texnologiyalar o’qituvchi o’z faoliyatidan qoniqmasligidan kelib chiqadi, uni yaxshilashga doir yangilik kiritishga harakat qiladi. Ma’lumki, har qanday texnologiya ta’limning yangi mazmunini shakllantiruvchi ta’lim tamoyillariga asoslanadi va ta’lim oluvchi shaxsini tarbiyalash, unda mehnat va muayyan yo‘nalishlarda kasbiy ko‘nikmalarni hosil qilishga yo‘naltiriladi. Ta’lim jarayonining faol sub’ektlari o‘qituvchi va o‘quvchilar bo‘lib, ularning hamkorlikdagi faoliyatlari muayyan mavzu (yoki fanlar asoslari) bo‘yicha kam kuch va vaqt sarflangan holda nazariy va amaliy bilimlarni chuqur o‘zlashtirish imkonini beruvchi jarayonning umumiy mohiyatini tavsiflaydi. O‘qituvchining faol, samarali faoliyat ko‘rsatishiga yo‘naltirilgan ta’lim jarayonining metodik ishlanmasidan farqli ravishda, ta’lim jarayonini faollashtirish va jadallashtirishga yo‘naltirilgan pedagogik texnologiyalari ta’lim oluvchilarga qaratiladi, shuningdek, ularning shaxsiy va o‘qituvchi bilan birgalikdagi faoliyatini hisobga olgan holda o‘quv materiali o‘zlashtirishga sharoit yaratadi, ta’lim-tarbiyasi butun mashg‘ulot davomida o‘quvchilarning faolligi va qiziquvchanligini muntazam ravishda rivojlantirib borish maqsadini ko‘zda tutadi, o‘quv omillarini yaratishga asoslangan pedagogik texnologiya talablarini o‘quv yoki ishlab chiqarish faoliyatiga tezkor jalb qilish imkonini beradi. Aks holda, zaif, etarli darajada tushunarli bo‘lmagan yoki aniq natijani ko‘zlanmagan topshiriqlar mashg‘ulotning samarasiz yakunlanishiga olib kelishi mumkin. Innovatsion usullarda dars o‘tish jarayonini, ya’ni zamonaviy pedagogik texnologiyalarni boshlang‘ich ta’lim davridan boshlab tashkillashtirish ta’lim tizimida yuqori samara beradi. Bu degani, boshlang‘ich ta’lim umumiy o‘rta ta’limning poydevori hisoblanadi. Ana shu poydevorni mustahkam tarzda bunyod etish kelgusi davrlardagi ta’lim jarayonlarining o‘tilishida ham qulayli yaratgan bo‘ladi. O‘z-o‘zidan kelib chiqadiki, boshlang‘ich ta’limdan boshlab tashkil etilgan pedagogik texnologiyalar ta’limning keyingi davrlarida tshkil etilishida birinchi bosqich vazifasini o‘taydi.


Kirish
Payvand konstruksiyalarni yaratish haqidagi fan mashinalar, apparatlar, qurilish konstruksiyalari bosh sistemalari va tuzilishining to‘g‘ri loyihalanishini o‘z ichiga oladi, loyihalash esa o‘z navbatida mutaxassislar tomonidan amalga oshiriladi. Payvand konstruksiyalarni loyihalashda progressiv texnikani ta’minlovchi tajribadan foydalanish, tipik konstruksiyalarni qo‘llash katta ahamiyatga ega. Payvand konstruksiyalarni yaratish birinchi o‘rinda metalni to‘g‘ri tanlanishini talab etadi, bu esa payvandlash jarayonlarini texnologiyaga mosligini va loyihalanayotgan konstruksiyaning metall sig‘imini ta’minlaydi. Bunday talablar har xil xossalarga ega materiallar: po‘lat, rangli metall, qotishma, keramika, polimer materiallardan foydalanishni taqozo etadi. Payvand birikmalarni loyihalashda payvandlanuvchi materiallarni texnologik mustahkamligini hisobga olish zarur: bular qatoriga payvandlashda darzlarga qarshilik, eksplutatsion mustahkamlik, o‘zgaruvchan yuklanishlarda kuchlanishlar to‘planishiga sezgirlik, qovushqoqlik, zarbga qarshilik kabi xossalar kiradi. Payvand konstruksiyalarni loyihalashda payvandlash texnologik jarayonlarini to‘g‘ri tayinlash, yoyli va kontaktli payvandlash bilan birga elektron nur, lazer, diffuziya, ultratovush yordamida payvandlash usullaridan keng foydalanish, loyihalanayotgan konstruksiyani sinash va nazorat qilishning golografik usullarini qo‘llash zarur hisoblanadi. Payvandlashning eng sodda usullari qadim zamonlardan ishlab chiqarishda qo‘llanilib kelingan. Metallarni biriktirish bronza asrida vujudga kelgan. Payvandlash usullari bu vaqt davomida juda sekin rivojlangan, shuning uchun payvandlash usullari va qo‘llaniladigan jihozlarning o‘zgarishini ko‘rish qiyin. 1802-yilda rus olimi akademik V.V. Petrov elektr yoyini ixtiro qiladi va yoy yordamida metallarni qizdirish va suyuqlantirish mumkinligini isbotlaydi. 1882-yilda rus muhandisi N.N. Benardos erimaydigan ko‘mir elektrodi bilan elektr yoyli payvandlash usulini ixtiro qildi. 1888- 1890 yillarda rus muhandisi N.G. Slavyanov esa eriydigan metall elektrod yordamida payvandlash usulini taklif qildi. Bu usullar hozirgi zamonda metallarni payvandlashda asos bo‘lib xizmat qilmoqda.

Download 25,23 Kb.




Download 25,23 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Yangi pedagogik texnologiyalardan foydalanish

Download 25,23 Kb.